Bukhara, O'zbekiston Samarkand, O'zbekiston
-modda. Turizm to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Download 80.85 Kb.
|
turizm 17 may
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-modda. Asosiy tushunchalar
2-modda. Turizm to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
O‘zbekiston Respublikasining turizm to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizm sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining turizm to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: turizm — jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan bir yil muddatga jo‘nab ketishi (sayohat qilishi); turist — O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yoki boshqa mamlakatga sayohat qiluvchi (doimiy istiqomat joyidan turizm maqsadida jo‘nab ketgan) jismoniy shaxs; turistik faoliyat — ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablariga muvofiq sayohatlarni va ular bilan bog‘liq xizmatlarni tashkil etish borasidagi faoliyat; ekskursiya faoliyati — turistik faoliyatning madaniy meros obyektlari va boshqa obyektlar bilan tanishtirish maqsadida oldindan tuzilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ekskursiya yetakchisi hamrohligidagi 24 soatdan oshmaydigan ekskursiyalarni tashkil etishga doir qismi; (3-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son) turistik resurslar — tegishli hududning tabiiy-iqlim, sog‘lomlashtirish, tarixiy-madaniy, ma’rifiy va ijtimoiy-maishiy obyektlari majmui; turistik faoliyat subyektlari — belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan va turistik xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar; turistik industriya — turistik faoliyatning turistlarga xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi turli subyektlari (mehmonxonalar, turistik komplekslar, kempinglar, motellar, pansionatlar, umumiy ovqatlanish, transport korxonalari, madaniyat, sport muassasalari va boshqalar) majmui; tur — muayyan yo‘nalish bo‘yicha turistik xizmatlar majmui (joy bandlash, joylashtirish, ovqatlantirish, transport, rekreatsiya, ekskursiya xizmatlari va boshqa xizmatlar) bilan ta’minlangan aniq muddatlardagi turistik sayohat; turistik xizmatlar — turistik faoliyat subyektlarining joylashtirish, ovqatlantirish, transport, axborot-reklama xizmatlari ko‘rsatish borasidagi, shuningdek turistlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan boshqa xizmatlari; turistik guruh rahbari — turistik faoliyat subyektining vakili bo‘lgan va uning nomidan ish ko‘rib, turistlarga hamrohlik qiluvchi, turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi shartlarining bajarilishini ta’minlovchi jismoniy shaxs; gid (ekskursiya yetakchisi) — tur qatnashchilariga turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi doirasida ekskursiya-axborot, tashkiliy yo‘sindagi xizmatlar va malakali yordam ko‘rsatuvchi jismoniy shaxs; turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya — turistik faoliyatni amalga oshirishga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi maxsus ruxsatnoma; sertifikat — turistik xizmatlar sifatini va ularning muayyan standartga yoki boshqa normativ hujjatga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat. Download 80.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling