20-modda. Turistlarni sug‘urta qilish
Turistlarni sug‘urta qilish majburiydir va u turistik faoliyat subyektlari tomonidan sug‘urta faoliyati olib borish huquqiga ega bo‘lgan tegishli sug‘urta tashkilotlari bilan tuziladigan bitimlar asosida amalga oshiriladi.
21-modda. Nizolarni hal etish
Turizm sohasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
22-modda. Turizm to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Turizm to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 20-avgust,
830-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 227-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 113-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
6. Mehmonxonalar klassifikatsiyasi
Mehmonxona binolari bir nechta asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha toifalandi:
Sig‘imi bo‘yicha:
kam sig‘imli – o‘rinlar soni 100 tagacha;
o‘rtacha sig‘imli – o‘rinlar soni 100 dan 500 gacha;
katta sig‘imli – o‘rinlar soni 500 dan 2000 gacha.
Qavatliligi bo‘ycha:
kam qavatli – 1-2 qavat;
o‘rtacha qavatli – 3-5 qavat;
yuqori qavatli – 6-9 qavat;
ko‘p qavatli – 10-40 qavat;
osmono‘par – 40 va undan ko‘p qavatli.
Vazifasi bo‘yicha (mehmonxona binolari uchun asosiy tipologik belgi –ularning vazifasi):
umumiy;
konferens-otel, kongress-otel;
sayyohlar uchun mo‘ljallangan;
kurort;
kempinglar.
-xostellar.
Do'stlaringiz bilan baham: |