Bularga rivojlanayotgan mamlakatlar va iqtisodiy jihatdan kam taminlangan


Mamlakatning umumiy yer fondi. Uning tarkibi va tuzilishi


Download 120.46 Kb.
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi120.46 Kb.
#1579316
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ruxsora

2. Mamlakatning umumiy yer fondi. Uning tarkibi va tuzilishi. O‘zbekiston Respublikasining umumiy yer fondi 44797,7 ming gektarni tashkil etadi. Uning 70 % dan ziyodroq qismi yoki 32 mln ga qismidan qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida foydalanilmoqda. Yer fondining o‘rmon xo‘jaligi korxonalariga 12,4 % i (5,5 mln.ga), cho‘l-tog‘ mintaqasida joylashgan davlat zahirasidagi unumdorligi past yerlarga 10,4 % i (4,7 mln. ga), sanoat va transport yerlariga 4,1 % i (1,8 mln. ga) va aholi punktlari egallagan yerlarga 0,5 % i (0,2 mln.ga) to‘g‘ri keladi. 0,5 mln ga yer boshqa maqsadlarda foydalanilmoqda.
Jami qishloq xo‘jaligi maydoni yerlari 27987 ming gektar, shundan sug‘orishga yaroqli yerlar 5,0 mln. gektar, sug‘oriladigan yerlar maydoni esa 4238,6 ming gektar, qishloq xo‘jalligida foydalaniladigan yerlarning umumiy maydoni deyarli 32 mln. gektar, ekiladigan yerlar 4090,2 ming gektar, haydaladigan yerlar 4474,5 ming gektardan iborat.
Qishloq xo‘jaligi yerlari ichida eng katta ulush (83,5 % ) o‘tloqlar va, ayniqsa, yaylovlarga to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinlarni haydaladigan yerlar (14,9 % ), ko‘p yillik ekinlar-bog‘ va tokzorlar (1,4 % )egallaydi. O‘zbekistonda bo‘z yerlar ulushi ancha past, ya’ni (0,2 %) ga teng. Qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan va boshqa turdagi yerlarning ulushi respublika jami yer fondining 37,3 % ini tashkil etadi.
Hududi cho‘l va dasht mintaqalarda joylashgan viloyatlarda yaylovlarning salmog‘i nisbatan ancha yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bu ko‘rsatkich Navoiy viloyatida jami qishloq xo‘jaligi yerlarining 98,7 % ini, Buxoro viloyatida-92,5 %, Surxondaryo viloyatida-73,8 %, Qashqadaryo viloyatida-68,8 %, Samarqand viloyatida-61,6 %, Xorazm viloyatida-59,8 %, Toshkent viloyatida-54,8 %, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 91,6 % ni tashkil etadi.
Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi mahsulotining deyarli 97,0 % i haydaladigan yerlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Lekin ular respublika hududi bo‘yicha notekis taqsimlangan.
Haydaladigan yerlarning eng katta maydonlari Qashqadaryo (16,9 %), Jizzax (11,1 %), Samarqand (10,9 %) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (10,5 %) joylashgan. Shu vaqtning o‘zida eng past ko‘rsatkichlar Namangan (4,8 %), Buxoro (4,9 %), Andijon (5,0 %), Xorazm (5,2 %) va, ayniqsa, Navoiy (2,7 %) viloyatlariga xos bo‘lmoqda(2-jadvalga qarang).
Haydaladigan yerlarning eng mahsuldor samarali qismi sug‘orma yerlardir.
O‘zbekistonda keyingi yillarda uy-joy tomorqa xo‘jaligini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda mamlakat tomorqa va dala-bog‘ yerlarining umumiy maydoni salkam 0,6 mln. gektarni tashkil etadi. Uning nisbatan katta maydonlari Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonda yuqorida qayd etib o‘tilganidek, jami yer fondining 37,3 % i qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan hamda boshqa turdagi yerlardan iborat. Mazkur yerlarning juda katta maydonlari Ustyurt platosi, Qizilqum cho‘llari hamda Turkiston, Zarafshon, Hisor va G‘arbiy Tyanshan tog‘lari egallagan ma’muriy-hududiy bo‘laklarga to‘g‘ri keladi. Shundan, 66,6 % yoki 11103 ming gektar yer birgina Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri keladi. Bundan ko‘rinadiki, ushbu respublikadagi yer fondining 70 % i qishloq xo‘jaligida foydalanib bo‘lmaydigan yerlardan, ya’ni Ustyurt platosi va Qizilqum cho‘lining shimoli-g‘arbiy qismidan iborat.
Respublikada haydaladigan va sug‘oriladigan yerlarning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkichlari yildan-yilga kamaymoqda. 1987-1997 yillarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi yerlar hajmi 16,5 % ga, sug‘oriladigan yerlarning hajmi esa 9,0 % ga qisqardi. Ana shu davr mobaynida aholi jon boshiga nisbatan haydaladigan yer 0,04 gektar ga qisqarib 0,19 gektarni, qishloq yerlarda esa 0,31 gektarni tashkil etdi. Bu aholini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi korxonalarini esa asosiy ishlab chiqarish vositasi-yer bilan ta’minlash borasida qo‘shimcha qiyinchiliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Yerlarning sifati ham keyingi yillarda bir oz yomonlashib, ularning unumdorligi kamaymoqda.
Tuproq unumdorligining eng muhim omili-gumus bilan ta’minlanganlik darajasi so‘nggi chorak asr ichida nihoyatda pasayib ketdi (0,4-1,0 %) va bunday tuproqlar sug‘oriladigan yerlarning salkam 40 % ini egallaydi.
Respublikaning sug‘oriladigan yerlarida yuz berayotgan sho‘rlashish jarayoni ortib borishi tashvishlanarli holdir. Ma’lumotlarga qaraganda, bebaho boyligimiz hisoblangan sug‘oriladigan yerlarning deyarli 52 % i sho‘rlangan. Shundan 40 % ga yaqini o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan yerlardan iborat.
Respublika miqyosida yerlarning sho‘rlashish darajasi Xorazm viloyatida (100 %, shundan 25 % i o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan), Qoraqalpog‘iston Respublikasida(86 %, shundan 57 % i o‘rtacha va kuchli) hamda Sirdaryo viloyatida (87 % sho‘rlangan, shundan 44 % i o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan) nisbatan yuqori ko‘rsatkichlarga ega.
Andijon va Surxondaryo viloyatlarida sho‘r bosgan yerlar maydoni nisbatan kam bo‘lsa ham, ana shu yerlar kuchli sho‘rlanganligi (72 va 46 %) bilan ajralib turadi. Minerallashgan grunt suvlar sathining balandligi va tuproqning sho‘rlanganligi sug‘oriladigan yerlarning sifatini va unumdorligini pasaytirib, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini keskin kamayishiga olib kelmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, paxta hosildorligi kam sho‘rlangan yerlarda 20-30 %, o‘rtacha sho‘rlangan yerlarda-40-60 %, kuchli sho‘rlangan yerlarda 80 % gacha va undan ham ko‘pga qisqaradi. Buning natijasida, respublikada paxta yalpi hosili(yiliga 0,5-0,6 mln. t ga yaqin, paxta tolasi esa 170 ming t ) kam tayyorlanmoqda.
Tuproq unumdorligiga suv va shamol eroziyasi ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Suv eroziyasi ta’sirida bo‘lgan haydaladigan yerlar Toshkent, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida hamda Farg‘ona vodiysida katta maydonlarni egallaydi. Respublikada sug‘oriladigan 2,1 mln. ga yer shamol eroziyasi ta’siriga berilgan. Shundan 0,65 mln. ga da ana shu omilning ta’siri ancha kuchli hisoblanadi. Mazkur omil ta’sirida bo‘lgan sug‘orma yerlar Farg‘ona (165 ming ga), Surxondaryo (106 ming ga), Qashqadaryo (80 ming ga) va Buxoro (53 ming ga) viloyatlarida katta maydonlarni egallaydi. Shamol eroziyasi ta’sirida bo‘lgan sug‘orma yerlarning salmog‘i Sirdaryo (jami sug‘oriladigan yerlarning 88 % ), Buxoro (78 %), Xorazm (73 %) viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (71 %) yuqori ko‘rsatkichlarga ega.
Shamol va suv eroziyasi asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini 10-15 % ga qisqartirishiga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda 20-asrda sug‘oriladigan yerlar maydoni salkam 3 barobarga ko‘paydi. Agar asr boshlarida sug‘oriladigan yerlar maydoni 1809,6 ming ga ni tashkil etgan bo‘lsa, hozirga kelib ularning maydoni 4238,6 ming ga ga yetdi. Bunga irrigatsiya-melioratsiya tadbirlariga e’tibor kuchaytirilishi hisobiga erishildi. Yirik suv omborlari va kanallar barpo etildi. Qo‘riq yerlar o‘zlashtirildi. Respublika aholisi sonining o‘sish sur’atlari sug‘oriladigan yerlarni kengaytirish sur’atlaridan yuqori bo‘lib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sug‘oriladigan yerlar maydoni yildan-yilga qisqarib bormoqda. Respublikada yer munosabatlariga oid yerlardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish, tuproqning tabiiy unumdorligini tiklash, tabiiy muhitni asrash va yaxshilash, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlar asosida rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish kabi masalalar O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi asosida muvofiqlashtirilib turiladi.

Download 120.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling