Bularga rivojlanayotgan mamlakatlar va iqtisodiy jihatdan kam taminlangan


Dunyoning yer fondi tuzilmasi (tarkibi)


Download 120.46 Kb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi120.46 Kb.
#1579316
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ruxsora

Dunyoning yer fondi tuzilmasi (tarkibi)



Mintaqalar

Umumiy maydon

Qishloq xo‘jaligiyerlari

Yer fondining tarkibi

mln km2

jon boshiga (ga)

ishlov byerilgani

Tabiiy o‘tloq va yaylovlar

MDH

22,5

8,1

10

Yevropa

5,1

1,0

29

Xorijiy Osiyo

27,7

1,1

17

Afrika

30,3

6,4

11

Shim. Amerika

22,5

6,1

12

Jan. Amerika

17,8

7,3

7

Avstraliya va Okеaniya

8,5

7,0

5

Butun dunyo

134

3,0

11

Sanoati rivojlangan mamlakatlar qishloq xo‘jaligi fan-tеxnika yutuqlariga tayanmoqda. Shu bois ular qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirishga, importni qisqartirish yoki batamom to‘xtatishga erishibgina qolmay, o‘zlari eksport qila boshladilar. Masalan, AQSh–soya; Frantsiya–bug’doy va sholi; GFR, Frantsiya-quruq sut; Yaponiya-sholi va h.k.larni chеtga sotmoqda. Natijada oxirgi 15-20 yil ichida rivojlangan mamlakatlarning oziq-ovqat mahsulotlari eksportidagi ulushi o‘sdi, rivojlanayotgan malakatlarniki esa, aksincha, qisqardi.


Rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyatiga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri bu-to‘yib ovqatyemaslik va ocharchilikni kеng tarqalganligidir. Bunga sabab faqat tabiiy sharoitning noqulayligi yoki yangi maltuschilik tuchunchasi, aholini “yuqori” tabiiy o‘sishigina emas, balki ularning umumiy iqtisodi qoloqlik darajasi, mahalliy noqulay tabiiy sharoitlarni yaxshilash imkoniyatlarining chеgaralanganligi va h.k.lardir.
Qoloqlikning asosiy ildizi o‘tmishda bu mamlakatlarning rivojlangan mamlakatlarga qaram bo‘lganligiga taqaladi.
Dunyoyer fondining umumiy maydoni–134 mln.km2 (13,4 mlr.ga) bo‘lib uning asosiy qismi Afrika, MDH, Xorijiy Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerikada joylashgan. Jon boshiga oladigan bo‘lsak, aholisi nisbatan kam bo‘lgan Avstraliya birinchi, aholisi eng ko‘p bo‘lgan Xorijiy Osiyo esa oxirgi o‘rinni egallagan.
Ishlov byerilgan yerlar maydoni bo‘yicha AQSh (190 mln.ga),Hindiston (160 mln.ga), Rossiya (134 mln.ga), Xitoy (95 mln.ga), Kanada (46 mln.ga), Qozog’iston (36 mln.ga), Ukraina (34 mln.ga) ajralib turadi. Yevropadan tashqari jahonning barcha mintaqalarida tabiiy o‘tloq va yaylovlar ishlov byerilgan yerlarga nisbatan ko‘proq. Bu borada Avstraliya o‘n marotabadan yuqoriroq. O‘z navbatida, MDH, Xorijiy Yevropa, Shimoliy Amerikada o‘rmonlar maydonining salmog’i o‘tloq va yaylovlar maydoniga nisbatan ancha salmoqli, Janubiy Amerikada esa ularning umumiy maydonning yarmidan ko‘pini eg’allaydi.
Dunyo bo‘yicha ham va aksariyat mintaqalar bo‘yicha aholi punktlari, sanoati va transport tizimlari joylashgan yerlar ulushi 1-2% ni tashkil qiladi, faqat Xorijiy Yevropa va Shimoliy Amerikada bundan biroz yuqoriroq. Kam hosildor yerlar bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich asosan MDH, Xorijiy Osiyo, Afrika, Shimoliy Amerikaga to‘g’ri kеladi.



Download 120.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling