Bularga rivojlanayotgan mamlakatlar va iqtisodiy jihatdan kam taminlangan


Download 120.46 Kb.
bet9/9
Sana18.06.2023
Hajmi120.46 Kb.
#1579316
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ruxsora

Tuproq bonitirovkasi deb yer resurslarini sifat jihatdan qiyosiy baholashga aytiladi. Tuproq bonitirovkasi tuproq hosildorligiga qarab belgilanadi va odatda 100 balli shkala asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda bonitirovka asosini paxta hosili tashkil etadi. Paxtadan gektariga 40 s hosil beradigan yerlar 100 balli bonitetga teng deb olinadi. Tuproq bonitirovkasi yuqori, o‘rta va past bonitetga bo‘linadi. Eroziyaga uchramagan tipik va bo‘z tuproqlar yuqori bonitet (80-100 ball), daryo deltalarida joylashgan sho‘rlashgan, sug‘oriladigan o‘tloq-qayir tuproqlar o‘rtacha bonitet (40-60 ball), kuchli sho‘rlangan, toshloq, taqirli, sur-qo‘ng‘ir va gilli tuproqlar past bonitet (10-39 ball) bilan baholanadi.
Tuproq bonitirovkasida ekin maydonlarining ayrim o‘simliklarni yetishtirish uchun nisbiy yaroqli ekanligi aniqlanadi. Shu asosda tuproq qishloq xo‘jaligi guruhlari bo‘yicha taqsimlanadi.
Bugungi kunda respublika hududlari bo‘yicha yer kadastriga oid ishlar amalga oshirildi va bu ishlar takomillashtirilib borilmoqda. Yer kadastri ma’lumotlari yerdan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ilmiy asosda joylashtirish va ixtisoslashtirish, yer-suv melioratsiyasi, shuningdek ilmiy jihatdan asoslangan yerga soliq solish qonuniyatlarini ishlab chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Yer kadastrida yerni iqtisodiy bahosi muhim o‘rin tutadi. Turli yer maydonlarini birini ikkinchisiga nisbatan bir yoki bir necha iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha nisbiy baholashga yerni iqtisodiy baholash deb ataladi. Ishlab chiqarilgan iqtisodiy baholash usullariga ko‘ra haydaladigan yerlar, ko‘p yillik bog‘lar, yaylov va pichanzorlar, o‘tloqlar, kam foydalaniladigan va foydalanilmaydigan yerlar, qisqasi barcha qishloq xo‘jaligi yerlarida yuqori samara keltiruvchi ekinlar yetishtirish bo‘yicha umumiy iqtisodiy baholash ishlari amalga oshiriladi.



11 Асанов Г.Р. Социал-и=тисодий география: термин ва тушунчалар изощли лу\ати.-Т.:Ы=итувчи, 1990,-Б 69.

22 Асанов Г.Р. Социал-и=тисодий география: термин ва тушунчалар изощли лу\ати.-Т.:Ы=итувчи, 1990,-Б 68.





Download 120.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling