Булунғур туман -сон касб-ҳунар мактабида Ёшлар маънавиятини юксалтириш, уларнинг бўш вақтини мазмунли ташкил этиш бўйича ташаббус доирасидаги 4-ташаббус “Ёшлар маънавиятини юксалтириш


Yoshlar bilan ishlash bo`yicha direktor o`rinboasari: S.Omonov


Download 44.65 Kb.
bet15/17
Sana17.06.2023
Hajmi44.65 Kb.
#1537966
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
китоб такдимоти 2020 й

Yoshlar bilan ishlash bo`yicha direktor o`rinboasari: S.Omonov


Bayonlashtirdi: Ch.Asadova
Bulung'ur tuman 1-son kasb-hunar maktabida Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularning bush
vaktini mazmunli tashkil etish buyicha 5 tashabbus doirasidagi 4- tashabbus “Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish” bo'yicha 23-gurux o'quvchilari
Abdulla Qaxxor hikoyalari asosida o'tkazilgan tadbir
BAYONI
22.12.2022 yil
Kasb-xunar maktab kutubxona o`quv zali
Qatnashdi: Yoshlar bilan ishlash bo`yicha direktor o`rinbosari S.Omonov, Maktab psixologi O.Komolov, maktab ona tili va adabiyot o'qituvchisi Z.Mirzanova, Maktab yoshlar yetakchisi O.Mamarajabova, AKM xodimlari, o'quvchilar.
Bulung'ur tuman 1-son kasb-hunar maktabida Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularning
bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 tashabbus doirasidagi 4 tashabbus “Yoshlar
ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish” bo'yicha 23-gurux
o'quvchilari Abdulla Qaxxorning hikoyalari asosida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirni ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Z.Mirzanova boshlab Abdulla Qaxxorning hayoti va unung asarlari to`g`risida o`quvchilarga gapirib berdi. Abdulla Qahhor 1907 yil 17 sentyabrda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1967). O‘rta Osiyo Davlat unversitetining pedagogika fakultetini tamomlagan (1930). Uning ilk «Oy kuyganda» (1924) hajviy she’ri Norin shilpiq taxallusi ostida «Mushtum» jurnalida bosilgan. Yozuvchi «Boshsiz odam» (1929) hikoyasini e’lon kilgach, umrining oxirigacha nasrda samarali ijod qilgan. Dastlabki hikoyalar to‘plami — «Olam yasharadi» (1935). Shundan so‘ng uning «Hikoyalar» (1935, 1936) to‘plamlari ketma-ket nashr etilgan. Bu davrda u «Sarob» (1935) romanini ham yozgan. «Qo‘shchinor chiroqlari» (1951) romani, «Sinchalak» (1958), «O‘tmishdan ertaklar» (1965), «Muhabbat» (1968) qissalari o‘zbek nasri taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilgan. U o‘zining «Shoxi so‘zana» («Yangi yer», 1949—53), «Og‘riq tishlar» (1954), «Tobutdan tovush» (1962), «Ayajonlarim» (1967) sahna asarlari bilan dramaturg sifatida ham tanilgan.23-gurux o'quvchisi Bektemirov Javohir va Jo`raqulov Diyorbeklar Abdulla Qaxxorning xayoti va ijodi to'g'risida o'quvchilarga to'liq ma'lumot berib o'tdi. Abdusaitov Iskandar, haqberdiyev G`olibjon, Nurullayev Orzubek, Zafarov Sherzodlar rus yozuvchisi Chexovning “Ustoz” deb bilgan yozuvchining kichik xajmdagi katta ma'nolarni beruvchi hikoyalariga sharxlar berib o'tildi.
Shundan so'ng yozuvchining “Bemor” hikoyasi asosida ko'rsatilgan saxna ko'rinishlari
tadbirga yig'ilganlarga iliq taassurot qoldirdi.
1-son kasb-hunar maktabi ona tili va adabiyot o'qituvchisi Z.Mirzanova so'zga chiqib, Abdulla
Qaxxor o'zbek adabiyotida o'z salmoqli ijodi bilan yuksak pog'onalarni egallagan xaqiqiy
hikoyanafis yozuvchidir. Uning “Sarob” romani, “Qo'shchinor chiroqlari”, “Sinchalak” qissasi,
“O'tmishdan ertaklar” asari, “Daxshat”, “O'g'ri”, “Anor” kabi hikoyalari tarbiyaviy ahamiyatga
ega. A.S.Pushkin, L.Tolstoy, N.V.Gogol, Chexov asarlarini o'zbek tiliga mahorot bilan
tarjima qilgan.
A.Qaxxor 1968 yil 25 mayda Moskva shaxrida vafot etgan. Xamza nomidagi O'zbekiston Davlat
mukofati (1966) laureati. Vafotidan so'ng “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan
(2000)
Tadbir so'ngida maktab Yoshlar bilan ishlash bo`yicha direktor o`rinbosari S.Omonov so'zga chiqib, tadbir qatnashuvchilarga o'z minnatdorchiligini bildirdi.
Tadbir qiziqarli va jonli tarzda o`tdi.

Download 44.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling