Bulung‘ur tuman 1-son kasb-hunar maktabida yoshlami Vatanga sadoqat, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik ruhida tarbiyalash maqsadida


Download 15.58 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi15.58 Kb.
#1372692
Bog'liq
Yoshlar festivali 05.04.202311


Bulung‘ur tuman 1-son kasb-hunar maktabida yoshlami Vatanga sadoqat, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik ruhida tarbiyalash maqsadida 2023 yil 5-aprel kuni tashkil etilgan “O‘zbekiston-yoshlar mamlakati” shiori ostida o’tkazilgan “Yoshlar festivali” tadbirining
B A YO N N O M A S I
05.04.2023 yil

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “2022-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 310-sonli qarorining ijrosini ta’minlash hamda Samarqand viloyat hokimligining 2023 yil 3-apreldagi 07-01/31-sonli yig’ilish bayoni qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlami Vatanga sadoqat, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik ruhida tarbiyalash maqsadida 2023 yil 5-aprel kuni kasb-hunar maktabida tuman hokimligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida “O‘zbekiston-yoshlar mamlakati” shiori ostida “Yoshlar festivali” o’tkazildi.


Yoshlar festivali” da yoshlarni “Yoshlar mamlakat tayanchi” g‘oyasi atrofida birlashtirish, ularni yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqimizning buyuk tarixi va ma’naviy merosiga hurmat ruhida kamol toptirish, ularni hududlarning o‘ziga xos milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analari bilan yaqindan tanishtirishga alohida ahamiyat qaratildi.
“Yoshlar festivali” doirasida

"O'zbekiston - yoshlar mamlakati" festivali Bulung‘urda


Ayni vaqtda Bulung‘ur tumanida "O'zbekiston - yoshlar mamlakati" shiori ostidagi yoshlar festivallari bo‘lib o‘tmoqda.


Tumandagi 1-sonli kasb-hunar maktabida bo‘lib o‘tayotgan festival doirasida "O'zbekiston - Yoshlar mamlakati" mavzusida insholar tanlovi, "Konstitutsiya bilimdoni" viktorinasi, "Zakovat" intellektual o'yini, "Shaxmat seansi" loyihasi davom etmoqda.


ESlatib o‘tamiz, festival kun davomida bo‘lib o‘tishi, soat 17:00 da loyihada ishtirok etgan g‘oliblarni taqdirlash marosimi hamda festival doirasida gala-konsert bo‘lishi rejalashtirilgan.


Bulung‘ur tumanida "O'zbekiston - yoshlar mamlakati" shiori ostida o’tayotgan yoshlar festivali doirasida gala-konsert boshlandi.


Eslatib o‘tamiz Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi tomonidan tashkil etilgan festival tadbirlari tumandagi 1-sonli kasb-hunar maktabi (sobiq Bulung‘ur qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji)da bo‘lib o‘tmoqda.


Yoshlar ishlari agentligi Bulung‘ur tuman bo’limi tomonidan "O'zbekiston - yoshlar mamlakati" shiori ostida o’tkazilgan yoshlar festivali so’ngida taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.


Unda kun davomida o’tkazilgan loyihalarning g’olib va sovrindorlariga tuman sektor rahbarlari hamda DXX tuman bo'limi rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar, pul yutuqlari topshirildi.




Yuqori kayfiyatda o’tgan taqdirlash marosimi festival doirasidagi gala-konsertga ulanib ketdi…
Download 15.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling