“Bulutli” hisoblash tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash usullari 413-19-guruh talabasi: Sobirov Muzaffar


Download 29 Kb.
bet2/11
Sana24.12.2022
Hajmi29 Kb.
#1050995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
“Bulutli” hisoblash tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash-fayllar.org

Bulutli hisoblash - elektron hisoblash xizmatlarini komputer tarmoqlari orqali yetkazib berishni nazarda tutadi. Bunda kompmyuter resurslari foydalanuvchiga internet xizmati tarzida taqdim etiladi. Amazon Web Services kabi bulutli xizmatlar platformalari tarmoqqa ulangan uskunalarga ega bo‘lib, bunday dasturiy taʻminot xizmatlaridan zarur bo‘lgan texnik xizmatni amalga oshirayotganda, Internet resurslaridan zaruriy resurslarni tarqatish va ishlatishda foydalaniladi. Bulutli hisoblash (inglizcha cloud computing) - maʻlumotlarni taqsimlangan holda hisoblash texnologiyasi bo‘lib, bunda kompyuter resurslari foydalanuvchiga internet xizmati tarzida taqdim etiladi. Bulutli hisoblash tizimlari avvalo mijoz-server tartibida ishlaydi: mijoz tarmoqdagi bir guruh serverlarning resurslari - protsessor vaqti, operativ xotira, disk maydoni, tarmoq kanallari, ixtisoslashgan kontrollerlar, dasturiy taʻminot va hokazolardan foydalanadi. Ammo, bu guruh mijoz uchun yagona virtual server shaklida ko‘rinadi. Foydalanuvchi o‘z ehtiyojlariga mos ravishda isteʻmol qilinayotgan resurslar hajmini o‘zgartirib borish imkoniyatiga ega. Masalan, maʻlum bir haq evaziga o‘zi egallab turgan disk maydonini kengaytirishi mumkin.

Bulutli hisoblash tizimi modellari

Xizmat sifatida infratuzilma (Infrastructure as a Service IaaS) buyurtmachiga xizmatlar sifatida taqdim etiladigan serverlar, tarmoq uskunalari va saqlash qurilmalariga o’xshash jismoniy resurslar majmuidan iborat. Infratuzilma xizmatlari zaruriyatiga ko’ra hisoblash quvvatini taqdim etgan holda ma’lumotlarga ishlov berish markazini to’g’ri va samarali jihozlash masalalarini hal qiladi. Afzalliklari. Texnik ta’minotga kapital qo’yilmalarni qisqartiradi. Odatda, bu modelda virtuallashtirish usullari qo’llanganligi sababli resurslardan yanada samarali foydalanish orqali tejamkorlikka erishish mumkin. Sarmoyalarni yo’qotish riski va joriy etish muddatini kamayishi, avtomat tarzda masshtablanuvchanlik. Kamchiliklari. Biznes-samaradorligi va mehnat unumdorligi yetkazib beruvchining imkoniyatlariga bog’liq. Uzoq muddat salohiyatli xarajatlar talab qilish ehtimoli mavjud. Markazlashtirish ham xavfsizlik choralarida yangicha yondashuvlarni talab etadi. IBM SmartCloud Yenterprise, VMWare, Amazon YEC2, Win-dows Azure, Google Cloud Storage, Parallels Cloud Server kabilarni infratuzilma xizmatlariga misol sifatida keltirish mumkin.


Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling