Xizmat sifatida platforma (Platform as a Service – PaaS) - foydalanuvchiga ilovalarni xizmatlar to’plami sifatida (yaratilgan yoki sotib olingan) taqdim etuvchi xizmat ko’rsatish modeli. Xususan, xizmat sifatida oraliq DT, xizmat sifatida xabarlar almashish, xizmat sifatida integratsiya, xizmat sifatida axborotlar, xizmat sifatida aloqa va shu kabi boshqa xizmatlarni o’z ichiga oladi. Masalan, xizmat sifatida ish joyi (Workplace as a Service – WaaS), xizmat sifatida ma’lumotlar (Data as a Service – DaaS), xizmat sifatida xavfsizlikk (Security as a Service – SaaS). Afzalliklari. Yangi versiyalarini sezilarsiz-oson joylashtirish. Sezilarsizlik-osonlik, odatda foydalanuvchining bulutda dasturiy ta’minotni o’zgarganligi ta’sirini sezilarsiz his etishi yoki ideal ma’noda mutlaq his yetmasligini bildiradi. Kamchiliklari. Avvalgi xizmat modelida bo’lgani kabi, markazlashtirish ishonchli xavfsizlik choralarini talab etadi. IBM SmartCloud Application Services, Amazon Web Services, Windows Azure, Boomi, Cast Iron, Google App Engine kabilarni platforma xizmatlariga misol sifatida keltirish mumkin. Xizmat sifatida ilovalar (Software as a Service – SaaS) ilovalarga xizmat sifatida kirishni e’tiborga oladi, ya’ni, provayderning ilovalari bulutda ishga tushiriladi va foydalanuvchining talablariga ko’ra xizmat kursatish sifatida ishga tushiriladi. Iste’molchi bulutning bazaviy infratuzilmasi, shu jumladan tarmoq, serverlar, operatsion tizimlarni boshqarmaydi. Oxirgi foydalanuvchiga faqat kirish parametrlari (login, parol va shu kabilar) xavfsizligi va provayderning ilovalarni xavfsiz sozlash bo’yicha ko’rsatmalarini bajarish mas’ulyati yuklanadi. Ilovalar xizmati Internetda ko’p ishlaydigan foydalanuvchilar uchun juda yaxshi tanish. Bu turdagi ilovalarning eng keng tarqalgan namunasi - GMail, Mail.ru, Yahoo Mail pochta xizmatlaridan iborat. Umuman olganda minglab SaaS ilovalar mavjud va Web 2.0 texnologiyasi tufayli ularning soni kun sayin ortib bormoqda. Afzalliklari. Apparat ta’minoti va mehnat resurslariga sarflanadigan sarmoyalarni qisqarishi; sarmoyalarni yo’qotish riskini kamayishi; sezilarsiz-oson yangilanish. Kamchiliklari. Avvalgi ikki modelda bo’lgani kabi, markazlashtirish ishonchli xavfsizlik choralarini talab yetadi. SaaSga Gmail, Google Docs, Netflix, Photoshop.com, Acrobat.com, Intuit QuickBooks Online, IBM LotusLive, Unyte, Salesforce.com, Sugar CRM i Webex kabilarni namuna sifatida keltirish mumkin. Rivojlanib borayotgan mobil ilovalar bozorining asosiy qismi SaaSni samarali yo’lga qo’yilganligi natijasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |