Buyumlar Internetini ta’riflash - Buyumlar Internetini ta’riflash
- Bugungi kunga kelib, mutaxassislar Buyumlar Interneti nima ekanligini aniqlash borasida bir fikrga kela olishmadi. Quyida nufuzli tashkilotlar tomonidan aytilgan ta’riflar keltirilgan [2, 5] .
- "Buyurmalar Interneti" atamasi ( inglizcha - Internet of Things, qisqartirilgan IoT ) Internetga ulangan va bir-biri bilan yoki tashqi muhit bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan jismoniy obyektlar ("Buyumlar") tarmog‘ini anglatadi.
- Internet – buyum ( Internet of Things, IoT ) - bu tashqi muhit bilan o‘zaro aloqada bo‘lish, ularning holati to‘g‘risida ma’lumot uzatish va tashqaridan ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi ichki texnologiyalarga ega bo‘lgan jismoniy ob’ektlar tarmog‘I [5].
- Internet – buyum ( Internet of Things, IoT ) - jismoniy obyektlarga o‘rnatilgan va internetni bog‘lovchi Internet protokol (IP) yordamida kabel yoki simsiz tarmoq orqali ulangandatchiklar va uzatgichlar (bajaruvchi moslamalar) [2].
- ITUning Telekommunikatsiya standartlar bo‘limi (International Telecommunication Union, Xalqaro, telekommunikatsiya ittifoq’i ) "Buyumlar Interneti haqida tavsilot» deb nomlangan Tavsiya Y.2060 (Overview of the Internet of Things) e’lon qilindi. Ushbu hujjat IoTni tavsiflovchi quyidagi ta’riflarni o‘z ichiga oladi:
- "Internet of Things" (IoT): Axborot jamiyati uchun global infratuzilma bo‘lib, mavjud va rivojlanayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslanib, bir-biriga (jismoniy va virtual) buyurmalarni ulash orqali yanada murakkab xizmatlarni taqdim etish imkoniyatini beradi.
- Buyumlar Internetining asosiy modellari
-
- Birinchi biznes modeli "meyoriy nazorat"dir. Tartibga soluvchi tashkilotlarning talablariga rioya qilish biznesni amalga oshirishning zaruriy shartidir, ammo ular sezilarli xarajatlarga qaramasdan kompaniyalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy foyda keltirmaydi. Ushbu vaziyatdan kelib chiqib IoT ushbu sohada xarajatlarni kamaytirish uchun ulkan imkoniyatlarga ega.
- Ikkinchi biznes modeli – bu "profilaktika nazorati": IoTlar favqulodda vaziyatlarning zaruriy sabablarini o‘z vaqtida aniqlash va uskunalarning ishlash samaradorligini pasaytirishga imkon beradi. IoT yordamida masofaviy monitoringni va uskunalar ishini onlayn real vaqtdakuzatish imkonini yaratadi.
- Uchinchi biznes modeli bu "masofadan turib diagnostika". IoT sensorlaridan ular o‘rnatilgan qurilmalarni tashxislash va ularning holatidagi o‘zgarishlarga avtomatik javob berish uchun foydalanish mumkin. Aqlli tizimlar sanoat konveyerini kuzatib boradi, omborlarda tovarlarni hisobga oladi va odamlar o‘rniga harakatni tartibga soladi. Har qanday ob-havoda, kun bo‘yi va haftada etti kun.
- To‘rtinchi biznes modeli operatsiyalarni boshqarishdir.
- IoTni sanoat va transportda qo‘llanilishi favqulotdagi holatlar kamayishi, hom ashyo va ishlatilgan resurslar hajmini yuqotishlarni qisqarishi xarajatlarni kamaytiradi. IoTdan foydalanib, texnologik operatsiyalar zanjirini boshqarishingiz, har qanday qurilmalarning harakatini boshqarishingiz va real vaqt rejimida ularning xususiyatlarini avtomatik ravishda kuzatib borishingiz mumkin. Bu o‘g‘irlik va nazoratsiz yo‘qotishlardan xalos bo‘lish, aqlli sensorlar o‘rnatilgan nazorat qilinadigan obyektlarning samaradorligini oshirish va ularning ishlashini oldindan aytib berishga imkon beradi. Energetika sohasida - elektrenergiyani ishlab chiqarish va taqsimlash samaradorligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |