Bunda, garchi tadqiqotchilar ko‘pincha birinchi o‘ringa ularning
Rad qilishga bardoshli bolgan vizantiya generallari algoritmi
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Blokcheyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Paxos
Rad qilishga bardoshli bolgan vizantiya generallari algoritmi
Vizantiyacha izdan chiqishga bardoshlilik (Byzantine Fault Tolerance (BFT)) deb tizimning ba’zi tarkibiy komponentlari yoki qismlari noto’g’ri yoki 93 chala ishlayotgan xolatlarda ham tizim o’z faoliyatini davom ettira olishi tushuniladi. Bunday rad qilishga bardoshli tizimni sovuq urush davrida harbiylar murakkab tizimlarning (masalan DARPA - Defense Advanced Research Projects Agency tarmog’i) to’xtovsiz ishlashini ta’minlab berish uchun ishlab chiqqanlar. Shunday qilib, taqsimlangan hisob-kitoblar va blokcheynlar sohalarida tizimning ishdan chiqmasligini Paxos (ma'lumotlarni ikki bosqichli kommunikatsiya orqali uzatib, taqsimlangan tizimlarda konsensusga erishishga imkon beradigan algoritm) va Tandermint (vizantiya generallari muammosini yengishga yordam beradigan yana bir consensus algoritmi)lari ta’minlab bera oladilar. Bu algoritmlarni yoki protokollarni ishonchli bo’lmagan tugunlarga ega bo’lgan tarmoqlarda konsensusga erishishga yordam beradigan algoritmlar deyish mumkin. Shunday qilib, blokcheyn texnologiyasida asosiy urg’u bir rangli tarmoqlar va haqiqiylikning kriptografik aniqlanuviga qaratiladi. Texnologiyaning nomi esa informatsiyani bloklarga guruhlashdan kelib chiqqan desak to’g’ri bo’ladi. Bloklar zanjirining har bir bloki esa oldingi blokning kriptografik xeshini (xesh algoritm yordamida hosil qilingan) o’z tarkibiga oladi. Istalgan inson mayner bo’lishi mumkin, ammo tranzaktsiyalar juda ham ko’payib ketganda elektr energiya narxi past bo’lgan xududlardagina mayning qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bitkoin blokcheynida har bir blok bir megabaytdan kam bo’lgan o’lchamli mingta tranzaktsiyadan iborat. 2009 yil yanvaridan ishga tushirigan bitkoin blokcheynida blok yechimini topganlik uchun mukofot ellik bitkoin bo’lgan va bu qiymat har 210 ming blokda ikki marta kamaytirilgan. Hozirgi paytda maynerlar bitta blok uchun 12,5 bitkoin oladilar, 2021 yildan boshlab esa bu kattalik 6,75 BTC ga tushadi. Hozirgi davrda GHASH, IO, Ant-Pool, BW.COM, F2Pool… larga o’xshash bir qancha megapullar bitkoin topish (mayning)ga monopoliyaga egadirlar. Buni tushunish uchun Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling