Bundan 100-150 yil ilgari odamizot sun’iy (elektrik)


YOritilganlikni va zaxira koeffitsientini tanlash


Download 1.41 Mb.
bet33/69
Sana09.01.2022
Hajmi1.41 Mb.
#261705
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69
Bog'liq
2 5220112696191487152

YOritilganlikni va zaxira koeffitsientini tanlash

Ma’lumotnomalarda 1974 yilda kiritilgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, SniPII -A.9-71 normalari keltirilgan.

Ma’lum ish turi uchun yoritilganlik darajasi aniqlanganda qurilayotgan yorug‘lik uskunasi uchun qabul qilingan yorug‘lik manbasi va yoritish sistemasining xili (turi) hisobga olinishi lozim.

SNiP normalari bo‘yicha yoritilganlik darajasi farqlovchi ob’ekt o‘lchamlariga (burchak o‘lchamlari), fonli ob’ektni kontrastiga va fonning qaytarish koeffitsientiga (ish yuzasini) bog‘liq holda aniqlanadi.

Demak, bu parametrlarning hammasini aniqlash kerak:

1. Darajani tanlash uchun burchak o‘lchami harflar yoki sonlar chiziqini qalinligi bilan aniqlanadi, bunda qurish ishi oq qog‘oz fonida ularni ajritishni tashkil qiladi.

2. Fonli ob’ektning kontrasti obekt bilan fonning qaytarish koeffitsientlari ayirmasini fonning qaytarish koeffitsientiga nisbati bilan aniqlanadi va ish yuzasini r si bilan darajani tanlash uchun qo‘llaniladi.

Ma’lumotnomalarda ish yuzasi va ishlab chiqarish joylarining eng kichik yoritilganligini normasi keltirilgan. Hamma ishlar aniqligi bo‘yicha obektni farqlash o‘lchamiga (bunda, ob’ektdan ko‘zgacha bo‘lgan masofa 0,5 m dan oshmasligi sharti bilan) bog‘liq holda 6 ta darajalarga bo‘lingan.

Bulardan tashqari, o‘z-o‘zidan nurlanuvchi materiallar va mahsulotlar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar, masalan, issik metalni qayta ishlovchi sexlar (VII - daraja), ishlab chiqarish jarayoni borishini faqat nazorat qilib turish ishlari (alohida kichik ob’ektlarni farqlash talab qilinmaydi) (VII - daraja) va beso‘naqay va sochiluvchan materiallar omboridagi ishlar (IX - daraja).

Birinchi 5 ta darajalar aniq ishlarni o‘z ichiga oladi va har biri fondagi ob’ektni farqlash kontrasliga va fonning qaytarish xususiyatlariga (yoritilayotgan yuza) bog‘liq holda 4 ta darajalarga bulinadi.

Bunda kontrastlarni 3 ta guruhi belgilangan.

Kichik K<0,2), o‘rta (0,2≤K≤0,5) va katta (K>0,5).

Qaytarish koeffitsienti bo‘yicha yoritilayotgan yuzalar 3 ta guruhga bo‘linadi (buni yuqorida qurilgan).

Har qaysi darajacha uchun yoritilganlikni eng kichik qiymati aniqlangan. Har qaysi darajadagi minimal yoritilganlikni eng katta qiymatini qurish ishining eng og‘ir sharoitiga to‘g‘ri keladi, ya’ni kichik kontrostli qorong‘i fonda ob’ektni farqlash hollari;

Jadvallardan ko‘rinib turibdiki, yoritilganlikni eng yuqori qiymatlari kombinatsilangan (aralash) (umumiy + mahalliy) yoritish sistemasi uchun normallangan. Bu mahalliy yoritishni xususiyatlari bilan belgilanadi, ya’ni kichik quvvatli chiroqlar yordamida ularni ish yuzasiga maksimal yaqinlashtirib, yoritilganlikni yuqori darajalarini hosil qilish.

Agar ishlab chikarish joylarida gaz razryadli chiroqlarini ishlatish mumkin bo‘lmasa yoki maqsadga muvofiq bo‘lmasa, unda chug‘lanma chiroqlarni qo‘llash ruxsat etiladi. Bunda, ish joylarini eng kichik yoritilganligi jadvaldan olinadi.

Jadvalda ko‘rsatilgan yoritilganlikni qiymati ma’lum sabablarga ko‘ra bir pog‘opaga oshirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.


Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling