Haqiqiy jismlarining nurlanishi
To‘la nur tarqatgichlar nurlanishini xarakterlovchi ifodalarni haqiqiy jismlar nurlanishiga (asosan, metallarning nurlanishi) butunlay o‘tkazish mumkin emas.
Metallarning nurlanishini baholash uchun spektrial nurlanish koeffitsienti tushunchasi ishlatiladi. U metall uchun energetik nurlanganlikning spektrial zichligini, to‘la nur tarqatgich uchun energegik nurlanganliganing spektrial zichligiga nisbatiga tengdir (bu erda harorat va to‘lqin uzunligi bir xil bo‘lganda)
bu erda: ;
-shu metall uchun energetik nurlanganlikning spektrial zichligi;
-nurlanishning spektrial koeffitsienti, bu to‘lqin uzunligiga va haroratga bog‘liq, shuning uchun, metallar tanlab nurlanish qobiliyatiga ega.
Juda yuqori haroratda oshadi (tanlangan nurlanish kamayadi) va haqiqiy jismlarning nurlanishi spektr bo‘yicha to‘la nur tarqatuvchining nurlanishiga yaqinlashadi. Boshqa harorat uchun nurlanishning spektrial koeffitsienti, to‘lqin uzunligi oshishi bilan kamayadi.
Haqiqiy jism chiqargan nurlanish oqimini aniqlash uchun nurlanishning to‘la koeffitsienti tushunchasi kiritiladi.
Nurlanishning to‘la koeffitsienti berilgan metall (jism) ning energetik nurlanganligi, to‘la nur tarqatuvchining energetik nurlanganligiga nisbatiga aytiladi (bir xil haroratda):
Bu erda: -nurlanayotgan jismning (metalning) energetik nurlanganligi (nurlanayotgan jismning 1 m yuzasidagi nurlanish oqimi, Vt/m).
Nurlanishning to‘la koeffitsienti qiymatini, metallar uchun emperik tenglamadan aniqlanadi:
Bu erda: β-metall turiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient, (masalan, volfram uchun β=1,47*109).
Volfram eng qiyin eruvchi metaldir (erish harorati3665 K), shuning uchun, qizish jismini tayyorlash uchun juda keraklidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |