Urtacha yonish muddati (xizmat vaqti)
YUqori harorat natijasida paydo bo‘ladigan, volfromning qizish jismdan sochilishi bilan birinchi navbatda aniqlanadi. Bu chiroqning asosiy xarakteristikasidir.
Bu parametr chug‘lanma chiroqlar uchun juda zarur, chunki bu chiroq uchun yorug‘lik unumini oshishiga, xizmat vaqtini qisqarishiga olib keladi.
Ko‘rinib turibdiki, chug‘lanma chiroqlarning yorug‘lik xarakteristikalari ko‘pincha qizish jismining o‘lchamlari, chiroq tuzilishi va qizish jismining harorati bilan aniqlanadi. Qizish jismining eng yuqori harorati u yasalgan temirning erish haroratidir. Haqiqiy harorat esa kichikroq olinadi, (chiroqning kerakli yonish muddatini ta’minlash uchun).
Ko‘pincha, qizish jismining harorati:
- vakuumli chiroqlar uchun-2400 K;
- gaz to‘ldirilgan chiroqlar uchun - 2900 K ni tashkil qiladi;
Agar tarmoq kuchlanishi oshsa. qizish jismining harorati oshadi. Bu esa chiroqning yonish muddatini qisqartiradi. Tarmoq kuchlanishining kamayishi yorug‘lik unumini kamaytiradi (chunki quvvatga qaraganda yorug‘lik oqimi tezroq kamayadi) SHuning uchun tarmoqning haqiqiy kuchlanishi nominal kuchlanishga teng bo‘lishi yoki "PUE" da ko‘rsatilgan kichik oraliqda og‘ishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |