Bunday sharoitda chizmalarni aniq va to‘g‘ri o‘qish talab qilinadi


Insonning amaliy faoliyatida chizmachilikning ahamiyati


Download 1.94 Mb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1577243
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
80cd54aa5448583fe9186b8d0e4ddf0d CHIZMACHILIK - 1

Insonning amaliy faoliyatida chizmachilikning ahamiyati.
Chizma — o'ziga xos grafik til, u baynalmilal (internatsional) til bo‘lib, texnik jihatdan savodli har bir kishi uchun, u qanday tilda gapirishidan qat’iy nazar, tushunarlidir. Ko‘pincha, chizma- ni axborot (informatsiya) uzatishning grafik vositasi deb ham atashadi, chunki u texnik g‘oyani ifodalashning eng lo'nda va qulay vositasi hisoblanadi.
Chizmalarni chizish va o‘qish qoidalarini bilmay turib, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida yangi texnika yaratish va joriy qilish, mamlakatning fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish mumkin emas.
Chizma bir korxona (zavod) dan ikkinchi korxonaga, bir mamlakatdan boshqa mamlakatga yuboriladi. Chizmani o‘qiy oladigan har qanday ixtisosdagi kishi ularni tushunadi, ularga qarab eng murakkab mashinaning tuzilishini o‘rganadi. Shuning uchun texnika sohasida savodli bo‘lishni Lstagan har qanday shaxs chizmachilikni yaxshi bilishi lozim.
Biroq, chizmalar faqat texnikadagina zarur bo‘lib qolmay, insonning ko‘p kasblari uchun ham doimiy yo‘ldoshdir. Chizma- larga qarab turar joy binolari, to‘g‘onlar, shaxtalar, elektr stansiyalari, temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari quradilar, kiyim-


4




bosh, poyabzal tikadilar, mebel yasaydilar, shahar qishloqlarni ko‘kalamzorlashtiradilar. Chizmalar murakkab tibbiyot texnikasini o'rganishda, maktabda fizika, matematika, geometriyani va boshqa fanlarni o‘rganishda ham zarur hisoblanadi.
Texnikaviy chizmachilikning turlari.
Texnik chizmalarni to‘g‘ri chizish usullari, shuningdek, chizma xo‘jaligining barcha sohasini to‘g‘ri tashkil qilish haqidagi fan chizmachilik deyiladi.
Chizmachilikda uchraydigan turli geometrik yasashlarni geometrik chizmachilikda, narsalarning tekislikdagi tasvirini, ya’ni proeksiyalarini yasash usullari proeksion chizmachilikda o‘r- ganiladi.
Xalq xo‘jaligining tarmog‘iga qarab, unda foydalaniladigan chizmalar har xil nom bilan yuritiladi. Mashinalar mexanizm- lari, ularni tashkil qiluvchi tugunlar (uzellar) va detallar chiz- malari mashinasozlik chizmalari deyiladi. Chizmachilikning mashinasozlik chizmalarini bajarish usullarini o‘rgatadigan bo‘limi mashinasozlik chizmachiligi bo‘limi deyiladi.
Bino, ko‘prik, to‘g‘on, kanal va mudofaa inshootlarini qurishda ishlatiladigan chizmalar muhandislik-qurilish chizmalari deyiladi. Bu chizmalarni bajarish muhandislik-qurilish chizma­chiligi bo ‘limida o‘rgatiladi.
Yer sirtini tasvirlash chizmalari topografik chizmalar deyi­ladi. Topografik chizmalardan ba’zi injenerlik inshootlarini loyihalashda va ularni berilgan ma’lum uchastkada to‘g‘ri joylashtirish maqsadida ham foydalaniladi.
Elektr va radiotexnik chizmalar elektr va radio-elektron qurilmalarda foydalaniladi.
0‘rta Osiyoda chizmaning rivojlanish tarixi
Chizma atrofimizda mavjud olamdagi narsalarni o‘rganish vositalaridan biri hisoblanadi. U uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Grafik tasvirlar hozirgi ko‘rinishni olgunga qadar minglab yillar o‘tdi. Chizmalar insonning amaliy faoliyatida qal’a, shahar va boshqa qurilishlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Dastlab chizmalar qurilish olib boriladigan yerning o‘ziga chizilgan, keyinchalik ularni tosh va sopol plitalariga chizadigan bo‘lishgan.
Qadimgi Sharq mamlakatlari, shu jumladan, 0‘rta Osiyo shaharlaridagi noyob arxitektura (me’morchilik) yodgorliklarini, inshootlarini qadimgi me’morlar o‘ziga xos chizmalardan foydalanib qurishgan.
O'zbekiston arxeologlari tomonidan Qo‘ymozor va Oqtomda qazilmalar olib borilganda eramizdan oldingi II—I ming


5




i

mm»






















a



L


  1. chizma.

  • tishli g‘ildirak, shkivlar va shunga o‘xshash detallar gup- chagidagi teshiklarni, shponka pazlarini ko‘rsatishda ularning to'la tasviri o‘rniga faqat teshik konturini chizib ko‘rsatish mumkin (4.25- a, b chizma);

  • detallarda uchraydigan mustahkamlash qovurg‘alari bo'y- lama qirqimga tushsa, kesilgan joy shtrixlanmaydi (4.26- chizma). Bunday qovurg‘alar ko‘ndalang qirqimga tushsa, kesilgan joy shtrixlanadi (4.26- chizmadagi A-A qirqim);


  • Download 1.94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling