Neolit davri yodgorliklarini manbalarda oʻrganish jonizoqov Shohrux Bo’riboy o’g’li
Download 278.93 Kb. Pdf ko'rish
|
Jonizoqov Shohrux Bo’riboy o’g’li
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit soʻzlar
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
NEOLIT DAVRI YODGORLIKLARINI MANBALARDA OʻRGANISH Jonizoqov Shohrux Bo’riboy o’g’li (Kaltaminor,Hisor,Joytun yodgorliklari misolida) JDPU Tarix fakulteti talabasi Annotatsiya: Mazkur maqolada neolit davri yodgorliklarining ahamiyatini manbalarda bogʻlab oʻrganish.Shu bilan birgalikda adabiyotlardagi ma'lumotlarni taqqoslash, yodgorliklarning oʻrganishdagi fikr mulohazalarning turlichaligi bir toʻxtamga kelinmaganligi haqida Kalit soʻzlar: Neolit yodgorliklari, Kaltaminor, Hisor, Joytun. Soʻnggi yillarda jahonda xususan mamlakatimizda neolit davri yodgorliklarini koʻplab topilishi ularning oʻziga xos xususiyatlari olingan topilmalar, qatlamlari jihatdan farqlanishi, jahonda Chatal-Guyuk, Xoʻjilar topilmasining mamlakatimizda Hisor, Kaltaminor, Joytun, Sazagʻon, Markaziy Fargʻona kabilarning topilishi mazkur holatda ushbu yodgorliklarning Breydved, Jeyms Mellaart, Djeyms, Asqarov, Sagdullaev, Islomov, Tolstov, Gʻulomov, Messanlarning yodgorlikni oʻrganishdagi ma'lumotlarni tahlil qilarkanmiz ular oʻzlarining arxeologik izlanishlaridan kelib chiqqan holda har bir yodgorlikka tavsif berib oʻtadi.Bularning bironta ma'lumotini notoʻgʻri deb boʻlmaydi chunki jahon arxeologlari oʻzimizning arxeologlar turli davrlarda izlanishlar olib borganligidan kelib chiqqan holda tahlil qilishimiz oʻrinlidir.Bizda manbalarda ma'lumki Oʻzbekiston neolit davri yodgorliklari deganda koʻz oldimizga oʻsha mashhur uch yodgorlik gavdalanadi.Xususan Kaltaminor, Hisor, Joytun shu yodgorliklar misolida yoritib oʻtadigan boʻlsak Kaltaminor madaniyati N.A.Egamberdiyevaning ma'lumotlariga qaraganda bu madaniyat oʻtgan asrning 30-40- yillarda S.P.Tolstov tomonidan Amudaryoning quyi havzasida topiladi va fanga Kaltaminor madaniyati nomi bilan kirgan.Unga Amudaryoning Oqchadaryo oʻzanidan chiqqan qadimgi Kaltaminor kanali etaklaridan topilgani uchun shu nom berilgan.Kaltaminor madaniyati asosan Oʻzbekiston hududida tarqalganligi sababli quyidagi shu haqda Oqchadaryo havzasidan koʻplab neolit davriga oid yodgorliklar topilgan boʻlib faqat 3-4 ta manzilgohning madaniy qatlami buzilmasdan saqlanib qolgan.[1]Bular Jonbos-4, Qavat-7, Tolstov manzilgohi, Tumek Kichidjik manzilgohlaridir.Kaltaminor madaniyatining 3 bosqichi aniqlandi-Daryolisoy (mil.avv Vl-lV ming yilliklar),Jonbos(mil.avv lV-lll ming yilliklar), Saksovul (mil.avv lll ming yillik oxiri-ll ming yillik boshlariga oid. Gʻulomov Ya,Al-baum L.I va Gerasimov M.larning ma'lumotlariga qaraganda bu yodgorlik Oʻrta Osiyo oʻlkasining gʻarbiy va shimoliy-gʻarbiy tomonlarida keng tarqalgan boʻlib, uning chegarasi Ural daryosi hamda Kaspiy dengizi bilan tutashgan deb aytib oʻtadi.Janubda Qoraqum va Qizilqum etaklarida, sharqda esa Orol dengizi shimoli-sharq va janub tomonlarda quyi Sirdaryoga borib Kaltaminor madaniyati asos solgan kishilar qadimda koʻl va daryolar boʻylarida, qamishzorlar yonida yashagan.Joylarning tabiiy sharoitiga koʻra, Kaltaminor madaniyatini yaratgan kishilar asosan yovvoyi hayvonlarni ov qilib, ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirgan.Mevali daraxtlar koʻp boʻlganligi uchun ham ularning xoʻjalik hayotlarida termachilik ham katta oʻrin egallagan.Kaltaminor qabilalari xoʻjaligida qisman chorvachilik xoʻjaligi ham boʻlgan.Bu atxeoglar ham Tolstov oʻrganganini aytib oʻtadi va Oqchadaryo havzasidagi bir necha manzilda madaniy qatlamlar saqlangan boʻlib,ulardan Jonbos-4 makondir.Manzilgohda chaqmoqtoshdan yasalgan minglab mehnat qurollari,sopol parchalari,hayvon suyaklari va baliqlarning suyaklari topilgan.[2] U yerni oʻrganish jarayonida yarim yertoʻla shaklidagi kulba(chayla)ga duch keladi.Kulbaning markaziy qismida katta oʻchoq qoldigʻi topilgan.Bu oʻchoq atrofida yuzga yaqin mayda oʻchoq qoldiqlari joylashgan.Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqib Tolstov katta oʻchoqni muqaddas olov saqlanadigan otashqada, uning atrofidagi oʻchoqlar esa oilalarning oʻchoqlari boʻlgan degan fikrni aytib oʻtadi.Kulbaning maydoni 300m2 boʻlib,bu yerda 120-125 kishi istiqomat qilgan.U katta urugʻ jamoasining makoni boʻlgan.Kaltaminor madaniyati jamoalari sopol ishlab chiqarishga usta boʻlgan.Sopol yasashda ham kulolchilik charxidan foydalanish oʻzlashtirilmagan boʻlsa-da,qurollar sopol buyumlar yasashning ibtidoiy usullarini koʻnikma sifatida egallaganlar.Idishlar tayyorlashda loyga yantoq va qamishning toza kulidan qoʻshishgan.Sopol qozon loylariga esa maydalangan tosh qoʻshishgan.Bu qoʻshilmalar sopol idishlarning mustahkam chiqishini,olovga tushganida oʻzida issiqlikni uzoq vaqt saqlab qolishni ta'minlagan.Sopol buyumlarning sirtiga odatda naqsh berilgan.Naqshlar chizma uslubida ishlangan.Bular turli geometrik shakllarda oʻz aksini topgan.Naqshlar uchi uchli yogʻoch yoki suyak pichoq yordamida ilon izi,romb, uchburchak,egri chiziq va boshqa shakllarda chizilgan.Soʻnggi bosqichiga kelganda ba'zi sopollarning gardishiga rangli gul naqshlar chizilgan.Dastlabki bosqichida esa sopol buyumlar aksariyat hollarda tuxumsimon shaklda boʻlgan.Ammo yana soʻnggi bosqichda (Oʻzboy)da tuxumsimon,tosh dumaloq idishlar oʻrnini tuvaksimon,osti tekis idishlar egallaydi.Dastlab idishlar mato xalta qoliplarida tayyorlangan boʻlsa,endi loy lentalarda qoʻlda yasalgan, idishlarda joʻmraklar ham paydo boʻlgan.Ular bir qavatli xumdonlarda pishirilgan.Urugʻ jamoalari tabiat kuchlari oldida ojiz edi,suv va ov orqasidan ergashib yurganlar.Kulbalari qurib borayotgan daryo yoqalarida,koʻl boʻylarida qumlar ustida qad koʻtargan.Daryo va koʻl suvlarining oʻzgarishi bilan Kaltaminorliklar jamoasi ham oʻz manzilgohlarini oʻzgartirganlar. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlariga koʻra asosan madaniyatni yurtimizda neolit davriga oid ilk topilgan arxeologik madaniyat(mil.avv.7-3 ming yillik).Shu nomdagi koʻl yonida joylashgan,1939-1940 va 1945- yillar Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi tekshirgan.Qoʻshimcha tariqasida Qizilqum, Yuqori Oʻzboy,Mohondaryo,Orolning shimoli-sharqiy boʻylarida, Qozogʻiston va sharqiy Kaspiy,ya'ni Balxan va Manqishloq hududlarigacha tarqalgan.Albatta,bu juda katta hududda yagona bir oilaga oid odamlar yashagan emas,bu yerlarda bir-biriga yaqin boʻlgan qabilalar yashagan deyish toʻgʻri keladi.Yaqinlik asosan tosh qurollarda yaxshi koʻrinadi.Tosh qurollarni yasash texnikasi va uning tiplarida oʻxshashlik farqlari esa sopol idishlarda,yaʼni uning bezaklarida - bezak buyumlarida,taqinchoqlarda koʻrinadi.Asosiy qurollarning oʻxshashligi va farqlarini saqlab qolgan qurollar -shu vohalarda bir-biriga oʻxshash,bir xil turmush tarziga ega boʻlgan urugʻlar boʻlganini koʻrsatadi.Bular Oqchadaryo,quyi Zarafshon,Lavlakon, yuqori Oʻzboy,Ustyurt guruhlaridan iborat.Shu hududlarda yashagan neolit odamlari 7-3 ming yillikda yashab ovchilik, baliqchilik, terimchilik bilan tirikchilik oʻtkazishgan.Ovchilik, baliqchilik, terimchilik bilan bogʻliq qurollarni ishlash texnikasi neolit davrida eng choʻqqiga chiqqan davr hisoblanadi.Bogʻliqlar,kesuvchi,teshuvchi qurollar,oʻq-yoylar,kamon oʻqlari va shunga oʻxshash qurollarni yasash eng takomillashgan davr hisoblanadi.Yuqorida aytib oʻtilganidek sopol buyumlar ishlab chiqish texnikasi paydo boʻlganini koʻramiz aynan davrlarga ham shunga qarab ajratganlar.Idishlar qoʻlda hali loyligida yoʻgʻoch bilan chizib,daryo va dengiz toʻlqiniga,archa ignalariga oʻxshash bezak berilgan.Ularning tagi yassi boʻmasdan,qumga botirib qoʻyishga moʻljallangan konus shaklida boʻlgan.Sopol idishlarning ixtiro etilishi Kaltaminor aholisining ovqat pishirishini osonlashtirgan.Ular oʻchoq yasab,qozonning tagiga olov yoqib ovqat pishirishgan.Hattoki ular ovqatni idishlarda quyib yeyishgan bu juda katta ixtiro boʻlib,kishilik tarixida faqat neolit davridan boshlab shunday yashash imkoniyatiga ega boʻldilar. Hisor madaniyatiga keladigan boʻlsak N.A.Egamberdievaning manbasida keltirilgan maʼlumotni koʻrib chiqamiz.Xususan bu yodgorlik Tojikistonning togʻli mintaqalarida keng tarqalgan.Hisor madaniyati togʻli mintaqalarda yashab,asosan hayvon ovchiligi bilan shugʻullangan qabilalar madaniyatidir.Ularning izlari 300 dan ortiq joydan topilgan.Bu madaniyatga oid dastlabki yodgorlik Dushanbe shahri yaqinidagi Hisor vodiysidan topilganligi sababli Hisor madaniyati nomini olgan.Hisor madaniyatining harakterli tomoni,uning aholisi qayroqtosh tosh qurolariga oʻziga xos ishlov berishgan.Uning ishlanish uslubi oʻrta paleolit davridagiga oʻxshaydi.Sopol idishlar qoʻlda ishlanib,geometrik naqshlar berilgan.Arxeologlar Turtkovul makonidan yarim yertoʻla shaklidagi uy qoldigʻini va 4 ta qabrni oʻrganganlar.Jasadlar gʻujanak holda yotqizilib,oyoq-qoʻllari bogʻlangan holatda koʻmilgan.Bu mozorlar Hisor madaniyatining soʻnggi bosqichiga tegishlidir. Gʻulomov Ya,Al-baum L.I,Gerasimov M.larning maʼlumotlarida esa Markaziy Osiyoning neolit davri makoni Hisor madaniyati Hisor-Pomir togʻlaridan topib oʻrganilagan.Hisor madaniyatining asosiy markazi Tojikiston Respublikasining Hisor-Bobotogʻ-Qoratogʻ oraligʻidagi yerlar boʻlib,ular mil.avv V-lll ming yilliklar bilan belgilanadi.Hisor madaniyati jamoalari sopol idishlar yasab,asosan chorvachilik, ovchilik,qisman dehqonchilik va termachilik bilan shugʻullangan.[3] Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) sidan foydalanadigan boʻlsak unda Hisor madaniyati mill.avv 6-3 ming yilliklarga oid neolit davri arxeologik majmuasi.Asosiy yodgorliklari Tojikistonning Yovonsu,Vaxsh,Qizilsuv,Kofirnihon daryolari havzalarida qayd etilgan.Hisor madaniyati 1948-yil A.P.Okladnikov kashf etgan;asosiy yodgorliklari Turtkovul, Sayyod,Qozi Berdi va boshqalar.Bu madaniyat davriy jihatdan Kaltaminor va Turkmanistondagi Joytun arxeologik madaniyatlari bilan bir vaqtga toʻgʻri keladi.Topilmalar tosh va suyakdan yasalgan qurollar har xil maishiy oʻchoqlardan iboratdir.Tosh qurollar yasashda ohaktosh,kvarsit,serpantin,yashma kabi materiallardan foydalanilgan.Hozirgacha Hisor madaniyati yodgorliklarida sopol buyumi namunalarini uchramasligi tadqiqotchilar uchun yechilmagan muammo boʻlib qolmoqda.Holbuki Kaltaminor madaniyati davrida-Oʻrta Osiyoda sopol idish tayyorlangani maʼlum edi.Hisor madaniyati sohiblari xoʻjalik jihatdan endigina oʻtroqlashayotgan ovchilar,terimchilik bilan tirikchilik qiluvchilar tashkil etadi deb hisoblash mumkin.Dehqonchilikning ilk belgilari faqat Hisor madaniyatining soʻnggi davrida paydo boʻlgan. Joytun madaniyatini N.A.Egamberdievaning manbasida koʻrishimiz mumkunki Joytun madaniyati Oʻrta Osiyoning janubiy-gʻarbiy hududida ilk dehqonchilik bilan shugʻullangan qabilalar yodgorligidir.Uning izlari faqat Turkmanistonning janubiy-gʻarbiy hududlaridan topilgan.Olimlar uni mill.avv VI ming yilliklar oxiri V ming yilliklar boshlariga oid deb hisoblashadi.Uni A.Kuftin,V.M.Masson,D.Durdiev,O.Berdievlar tadqiq qilgan.Joytun madaniyatiga Bami,Togʻoloqtepa,Chagʻillitepa,Munchoqlitepa,Choʻpontepa,Joytun,Na yzatepa kabi bir qator ibtidoiy dehqonlarning manzilgohlari kiradi.Joytun qishlogʻida uch qurilish bosqichi aniqlangan.Unda uylar toʻrtburchak shaklida qurilib,devorlari guvaladan ishlangan va somon bilan suvalgan.Uylarning yonida xoʻjalik xonalari -omborxona,saroy va oʻralar ham Joytun uylari devorining qalinligi 30 sm ni tashkil etgan.Har bir uyda (xonadonda)5-6 kishidan iborat oila yashagan deb taxmin qilingan.Joytun madaniyati yodgorliklaridan topilgan moddiy manbalar ularning dehqonchilik bilan,birga, chorvachilik , ovchilik bilan ham shugʻullanib oʻz davrining katta yutuqlarini qoʻlga kiritganligini koʻrsatadi Gʻulomov Ya, Al-baum L.I,Gerasimov M.larning fikrlarida esa Joytun madaniyatiga mansub qabilalar paxsa va guvalasimon aralashtirib qurilgan uylarda yashab,boʻyoq bilan naqshlangan idishlardan foydalangan.Joytun makoni ibtidoiy qishloq boʻlib,u bir necha uylardan tashkil topgan.Uylarning maydoni 25-30 m2 boʻlib,ular paxsadan qurilgan.Uylar toʻgʻri toʻrtburchakli va bir xonali boʻlib,har bir xonaning oʻchoqlari boʻlgan.Devorlari somon loy bilan suvalib,oxro tabiiy boʻyoq bilan boʻyalgan.Turarjoy uylari yonida omborxona,saroy,xoʻjalik uchun oʻralar ham joylashgan.Joytun qishlogʻida 30 ga yaqin uy boʻlib,ularda 160-180 kishi yashagan.Bu yerdan boshoqli don ekinlarining qoldiqlari,munchoq- taqinchoqlar,shaxmat-shashka donalari shaklidagi buyumlar topilgan.[4]Hatto koʻplab loydan yasab pishirilgan odam va hayvon haykalchalari ham uchraydi.Joytunliklarda ona urugʻi hukmron boʻlgan.Ular mil.avv VI-V ming yilliklarda yashab asosan, dehqonchilik,chorvachilik qisman ovchilik bilan shugʻullangan. Masson.V.M, Massoy.V.M.larning maʼlumotlarida esa Joytun-Oʻrta Osiyoning neolit davriga oid eng qadimgi oʻtroq dehqonchilik madaniyati markazlaridan biri(mol.avv.6-5 ming yilliklar). Ashxoboddan 30 km shimolda qadimgi oʻtroq dehqonlar qishlogʻi harobosi nomidan olingan.1952-yildan Janubiy Turkmaniston arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi qazish ishlari olib borgan.10 dan ortiq yodgorliklar (Chagʻillitepa,Pessijiktepa, Choʻpontepa, Nayzatepa,Joytun va b.) ni tekshirgan.Bu urugʻdoshlik manzilgohlarining har biri 0.5-2 ga maydonni egallagan.Aomonli guvaladan qurilgan bir xonali uylar(25-45 m2),sathi oq ganchli loy bilan suvalgan,ayrimlari qizil va qora rangga boʻyalgan.Har bir xonada oʻchoq,gʻalla oʻrasi, supa boʻlgan.[5]Ayrim xonalar oʻrtasida katta otashkada boʻlib, umumiy sajdagoh vazifasini oʻtagan.Manzilgohlarda ombor,sopol idishlar pishiriladigan maydonchalar boʻlgan.3 ta madaniy qatlamdan iborat Joytun manzilgi toʻla oʻrganilgan.Uning maydoni 0.5 ga yuqori qatlami 35- 40 xonadan,oʻrta qatlami 29 xonadan iborat.Manzilgohlardan bolalar suyagi topilgan,kattalar tashqariga koʻmilgan.Aholi asosan dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik bilan shugʻullangan.Aholi chaqmoqtoshdan qirgʻich,oʻroq,randa,pichoq;suyakdan igna,bigiz va boshqa buyumlar yasagan.Sopol idishlarning sirti qizil angob bilan boʻyalgan.Tosh va loy(sopol)dan ishlangan ayol va hayvon haykalchalari,tosh,suyak va chigʻanoqlardan yasalgan tumor,munchoq va b.turli taqinchoqlar keng tarqalgan.Joytun madaniyati Kaspiy boʻyidagi mezolit davri madaniyati asosida vujudga kelgan.U ibtidoiy dehqonchilik madaniyatining jahondagi noyob obidalaridan biri.[6] Xulosa qilib aytganda yuqoridagi maʼlumotlarning har biri yaʼni berilgan uch madaniyat yodgorligini biz shu katta uch manbadan yoritib oʻtdik.Bu yerdagi maʼlumotlar turlichaligi boʻlsa,yana bir tomondan bir- biriga oʻxshash jihatlari avval boshidanoq aytganimizdek qazishma chogʻlarida davrlar oʻtib topilgan buyumlar,dalillar xususiyatlari oʻzgarishini inobatga olgan holda manbalar turlichaligi tabiiydir.Bitta manbada masalan Kaltaminordagi sopol buyumlar davrlar jihatdan izohlangan boʻlsa,yana boshqasida insoniyat yashash tarzini butunlay oʻzgartirib yuborganligini koʻramiz.Huddi shunga oʻxshash holatni Hisor va Joytun yodgorliklarida ham uchratishimiz mumkin.Biz bularning barini solishtirish orqali maʼlum bir bitta madaniyat yodgorligini har tomonlama chuqurroq oʻrganishimizga koʻmaklashadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI: 1.N.A.Egamberdieva 2.Gʻulomov Ya.Oʻzbekiston arxeologiya Toshkent 1956.37-38 bet. 3.Al- baum L.I."Bolaliktepa". Toshkent 1960 4.Gerasimov M."Lyudi kamennoga veka"M.1964 5.Masson V.I."Poselenie Djaytun"M.1971 6.Massoy V.M.Srednyaya Aziya i Blijniy Vostok.M- L.1964 Download 278.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling