Bunyodkor g'oyalar


AMIR TEMURNING BUNYODKOR G'OYALARI


Download 23.31 Kb.
bet2/2
Sana01.12.2021
Hajmi23.31 Kb.
#178422
1   2
Bog'liq
Bunyodkor g'oyalar

AMIR TEMURNING BUNYODKOR G'OYALARI

Amir Temur o'z davrining yetuk davlat arbobi, siyosatchi, harbiy sarkarda va tom ma'noda yuksak fazilatli buyuk shaxs sifatida El-yurt va fuqaroning tashvishi, ma'rifatparvarlik, Vatanparvarlik kabi yuksak insonparvarlik g'oyalarini ilgari surdi. Quyida keltirilayotgan Sohibqiron Amir Temurning so'zlari fikrimizga dalil bo'la oladi: Amir Temur: «Yaxshi podshoh – derdi u ulug' zot, - podshohlik qilish uchun xech qachon yetarli vaqtga ega bo'lmaydi, shuning uchun qudratli alloh bizga muqaddas qarz sifatida topshirib qo'ygan fuqaro foydasiga ishlashga majburmiz. Bu hamisha mening asosiy mashg'ulotim bo'lib qoladi. negaki qiyomat kuni faqirlar etagimdan tortib, mendan qasos olishni talab etishlarini men istamayman».

Amir Temur o'z hayotiy faoliyati davomida adolat tamoyillariga qat'iy rioya qilib yashadi. «Kuch adolatdadir» shiori uning hayot tarziga aylangan edi. «Adolat va insof bilan tangrining yaratgan bandalarini o'zimdan rozi qildim. Ochiq yuzlilik, rahm – shavqat bilan xalqning o'zimga rom qildim, adolat bilan ish yuritib, jabr – zulmdan uzoqroqda bo'lishga intildim», - deb takidlaydi.

Amir Temur o'z shoxlik faoliyatida ijtimoiy – siyosiy masalalar bilan birga, madaniyat, va ilm-fanning rivojiga alohida etibor berdi. Buni mamlakatni boshqarishda olimlar, din ulamolari bilan bo'lgan muloqoti misolida ko'rish mumkin.

Amir Temur davlat ishlarida islomga tayanib, musulmon dinini nufuz-e'tiboridan foydalanadi, islom dinining ulug' namoyondalarini e'zozlab hurmat qiladi.

Amir Temur umrining asosiy qismini bunyodkorlik ishlariga bag'ishlaydi.

Birinchidan, u mamlakatda kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o'z tug'i ostiga birlashtirdi, markazlashgan yirik feodal davlatiga asos soldi: bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va ma'daniyat rivojiga mustahkam zamin yaratdi.

Ikkinchidan, Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakachilar zulmidan ozod bo'lishida yordam berdi. Masalan, o'sha davrning eng qudratli podshohlaridan hisoblangan Boyazid Ildirmni (1389-1402 y.)tor-mor qilib (1402 y.), Usmoniy turklarning istibdodiga tushib qolgan Bolqon yarim orolidagi xalqlar va mamlakatlarga ozodlik bag'ishladi.

Uchunchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va ma'daniyati rivojlangan ilg'or mamlakatga aylantirdi.

Amir Temur xukumronligi davrida o'rnatilgan tinchlik mamlakatda madaniyat, ilm-fan, xalq og'zaki ijodi, adabiyot va san'atning rivojida, madrasalarda ta'lim – tarbiyaning yuqori saviyada bo'lishida muhim omil bo'ldi.

«Sulton har narsada adolatpesha bo'lsin, qoshida insofli adolatli vazirlar saqlasin, toki podshoh zulm qilgudek bo'lsa, ko'p vaqt o'tmay saltanat uyi qulaydi». «Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi azmi qat'iy tadbirkor va hushyor bir kishi, - deb ta'kidlaydi Sohibqiron, - ming-minglab tadbirsiz loqayd kishilardan yaxshidir».

«Davlat – deb aytadi Amir Temur, - lashkarlaru fuqarolarning sadoqati va fidoiyligila qudratlidir». «Hamishalig' ta'kid etur edim: xon bo'lsang-da bog' yarat gadoy bo'lsang-da bog' yarat – bir kun mevasini tatirsan»

O'zbek xalqining ulug' mutafakkiri, shoiri, davlat arbobi, o'z davrining oqil siyosatchisi, xalqparvar, insonparvar alloma – Alisher Navoiy o'zining butun umrini, kuch - quvvatini ijodini xalqning tinchligi, osoyishtaligini saqlashga, uning orzu – istaklarini ro'yobga chiqarishga sarf qildi.

Alisher Navoiy jahon adabiyoti, madaniyatiga buyuk xissa qo'shish bilan birga, insonlar baxt saodati, mamlakat obodonchiligi uchun kurashdi.

Alisher Navoiy saroyda dastlab muhrdorlik, vazirlik vazifalarni ado etadi, shaharning obodonchiligiga, fuqarolar tinchligi farovonligiga alohida e'tibor beradi va o'zining ijodiy ishini ham davom ettiradi: «Hamsa», «Lison-ut-tayr», («Qush tili»), «Mahbub-ul-qulub» («Ko'ngillarni sevgani») va boshqa asarlarini yozadi.

U o'z asarlarida tarixiy-ma'rifiy, ijtimoiy – tarbiyaviy, insonparvarlik, xalqlar do'stligi haqidagi g'oyalarni ifodaladi.

Navoiy buyuk insonparvar, taraqqiyparvar davlat arbobi, xassos shoir edi. Jomiiy orqali tasavvufning Naqshbandiylik sulukiga qo'shilgan edi. U yurtiga adolatli, ma'rifatparvar shoh rahbarlik qilishini orzu qilar edi.

O'zining «Saddi iskandariy» dostonida Iskandar obrazi axloqiy – bunyodkorlik g'oyalariga monand tasvirlanib, u yetuk olim va donishmand podshoh, iste'dodli sarkarda va xalqparvar davlat arbobi sifatida gavdalanadi.

Ayni vaqtda Iskandarda komil insonga xos xususiyat ham tasvirlanadi: u dili va niyati pok, dono podshoh va dunyo sirlarini bilishga qiziquvchan aql zakovat egasi. Iskandar obrazi orqali Navoiy o'zining ezgu orzusi – jamiyatni hikmat, adolat va insoniylik tamoyillari bilan boshqarish kerak, degan g'oyani ilgari surgan.

«Odami ersang, demagil odami,

Onikim yo'q xalq g'amidin g'ami»

Jamiyat a'zosi bo'lgan har bir odam o'z xalqiga xizmat qilishi, yordam berishi, foyda keltirishi, xalq manfaatini o'z manfaatidan yuqori qo'ymog'i – xalq uchun, Vatan uchun foyda ekanligini unutmasligi kerak.

Alisher Navoiy xalqqa ish bilan ham, so'z bilan ham, ko'ngil bilan foyda keltirish kerakligini aytadi, xalq manfaatini o'ylaydigan, xalqning baxt saodati uchun kurashadigan kishilarni haqiqiy odam deb biladi.

Alisher Navoiyning insonga muhabbati Vatanga muhabbati bilan bog'langan. Navoiy el-yurtning obod, farovon, mustaqil bo'lishini va unda insonlarning do'st-yor, ahil, hur yashashini istaydi. Navoiy odamlarni Vatanni sevishga davat etadi.

Ijod etgan barcha asarlarida Navoiy insonparvarlik, el-yurt farovonligi g'oyalarini ifodaladi, ta'lim-tarbiyaga oid fikrlarni bayon etdi. Buyuk alloma o'zining ahloqiy va ijtimoiy – bunyodkorlik g'oyalarini yuzaga chiqarishning asosiy vositalari sifatida ilm- ma'rifat va axloqiy tarbiya, deb bilgan.

Mutafakkirning fikricha, yaxshilikni o'ziga maqsad qilib olgan odam baxtli bo'ladi. bunday odamlar sahiy va himmatli bo'ladilar. «Sahiylik kishilar bog'ining hosildor darahtidir, balki u darahtning shirin mevasidir, odamgarchilik o'lkasining to'lqinli daryosi, balki u to'lqinli daryoning asl gavharidir»



Alisher Navoiy sahiylikni xalqqa, davlatga faqat mol-mulk bilan emas, balki o'zida bo'lgan kuch, bilim ma'naviy yordam-bilim berish kerakligini aytadi. Shoir sahiylik himmatli bo'lish bilan bog'liqligini uqtirib: «Sahiylik odamning badanidir, ximmat uning joni: himmatlilardan dunyoga yuz ming kushoyish bo'lar, himmatsiz kishi er sonidan emas, jonsiz badanni kishi trik demas»

Uning bu g'oyalari barkamol avlodni yetishtirishga xizmat qiladi. Buyuk alloma izhor etgan benazir g'oyalar milliy pedagogikaga boy meros tarzida alohida o'rinda turadi.
Download 23.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling