Buralish deformatsiyasi. Reja: Buralish deformatsiyasi haqida tushuncha. Burovchi moment epyuralari
Tekis kesim yuzalarining geometrik xarakteristikalari
Download 0.66 Mb.
|
буралиш
Tekis kesim yuzalarining geometrik xarakteristikalari.
Cho‘zilish va siqilish, kesilish deformatsiyalarid a sterjenlarning mustahkamligi, bikrligi va ularda hosil bo‘ladigan kuchlanish asosan ko‘ndalang kesim yuza F ga bog‘liqdir. Buralish, egilish va murakk ab qarshilik deformasiyalariga ishlayotgan sterjenlarda mustahkamlik va boshqalarni yuzaning boshqa murakkab xarakteristikalariga bog‘likligi ko‘rinadi.Ular shu xarakteristikalarni o‘rganishni taqozo etadi. Bu xarakteristikalar tekis yuza .ning statik momenta, inersiya momenta va qarshilik momentlaridir. Kesim yuzaning statik momenti Kesim yuzaning ixtiyoriy o‘qqa nisbatan statik momenti deb, kesimdan ajratilgan elementar d F yuzachaning yuzacha markazidan o‘qqacha bo‘lgan masofaga ko‘paytmasining butun kesim yuza bo‘yicha olingan integraliga aytiladi. Statik moment S harfi bilan belgilanadi va indeksiga uning nomi qo’yiladi (3-rasm): n ta bo‘lakchadan tashkil topgan murakkab shakl uchun statik moment quyidagicha yoziladi: bunda va — i qismning z va u o‘qlariga nisbatan statik momentlari, Sz va Sy . — o‘qlarga nisbatan olingan statik momentlarning yig‘indisi. 3-rasm Kesimning og‘irlik markazini S harfi bilan, uning koordinata o‘qlarigacha bo‘lgan masofalarini zS va YS bilan belgilasak, og‘irlik markazining koordinatalarini topish formulasi kelib chiqadi. Murakkab shakl uchun: Agar kesim yuzaning og‘irlik markazi ma’lum bo‘lsa, uning o‘qlariga nisbatan statik momenti formulaga asosan quyidagicha topiladi: Kesim yuzaning inersiya momentlari 1. Biror o‘qqa nisbatan kesim yuzaning inersiya momenti deb, shu kgsimdan ajratilgan elementar yuzachaning o‘qgacha bo‘lgan masofaning kvadratiga ko‘patmasining butun kesim yuza bo‘yicha olingan integraliga aytiladi (3-rasm). U J harfi bilan belgilanadi: 2. Kesim yuzaning qutb inersi momenti deb, shu yuzadan ajratilgan elementar yuzachaning koordinatalor boshigacha bo‘lgan oraliq kvadratiga ko‘paytmasining butun yuza bo‘yicha olingan integraliga aytiladi (15-rasm): 3. Kesim yuzaning markazdan qochirma inersiya momenti deb, kesim yuzadan ajratilgan elementar yuzachaning yuzacha markazidan bir-biriga perpendikulyar ikki o‘qqacha bo‘lgan masofaga ko‘paytmasining butun yuza bo‘yicha olingan integraliga aytiladi. U Jzy bilan belgilanadi: Jz , Jy , Jzy lar tekis kesim yuzalarning markaziy o‘qlariga nisbatan olingan inersiya elementlari bo‘lib, ularga parallel bo‘lgan o‘qlapra nisbatan olingan inersiya momentlari quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: Demak, tekis kesim yuzaning markaziy o‘qlariga parallel yo‘nalgan o‘qlarga nisbatan inersiya momentlari, shu yuzadan markaziy o‘qlarga nisbatan olingan inersiya momentlari bilan o‘qlar oralig‘i kvadratining kesim yuzasiga ko‘paytmasining yig‘indisiga teng. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling