Figuralarni klassifikatsiya qilish. Hamma to'rtburchaklarni
ajrating. Nima uchun ularni to'rtburchaklar deb o'ylaysiz? Siz
ularning to'rtburchak ekanligini qanday bildingiz? Ko'pburchak,
to'rtburchaklar haqidagi tasavvurlarini maxsus mashg'ulotlarda
shakllantirish kerak.
Tevarak-atrof 0«y)ni bilish. Bolalarning maktabdagi ko'pgina
faoliyatlari tevarak-atrofdagi o'rnini aniqlash (mo'ljal ola bilish)
bilan bog'liqdir. Shuning uchun bolalar maktabga chiqqunga qadarharakat yo'nalishlari (o'ngda, chapda, to'g'ri, burchakdan
burchakka va hokazo) ni bilishlari, tevarak-atrofdagi narsalarningo'zlariga nisbatan (o'ng tomonda, chap tomonda, yuqorida, pastda,orqada, oldinda) joylashishini bilishlari; bir-biriga nisbatanjoylashishini (stolning oldida stul) xonada, uchastkada, mo'ljal olaIfcihshm, bog'chadan uyga qaytishiijj-ko'chadan o'tish qoidasinibihshlari lozim. Bolalarni qog'oz sathini aniqlay bilishga o'rgatish
muhimdir. Chunki bu bilimlar kitobning kerakli betini topishda, varaq qog'ozning yuqorigi chap burchagi, yuqorigi o'ng burchagi,daftarning yuqori, past tomonlari burchaklarini topishi, kerakliyo'nalishda daftarda chiziqlar chizishga o'rgatadi. Bolalaiga quyidagi topshiriqni berish mumkin: pastki chap burchagiga 4 ta kvadrat,
yuqorigi o'ng burchagiga 1 ta ortiq uchburchak chizing. Bolalarnibajargan ishlarini to'laroq so'zlab berishga o'rgatish zarur. Tevarak-atrofni bilish vazifasi matematika mashg'ulotida kam vaqtni oladi,uni ko'proq boshqa bilimlar bilan birgalikda olib borish kerak(kundalik turmush faoliyatida, o'yinda, mehnatda, jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida, gimnastika vaqtida).
Didaktik o'yinlar bolalarning tevarak-atrofni aniqlash ko'nik-
malarinitakomillashtiradi. (Masalan: ,,Narsani top!", ,,Xonabo'ylab sayohat" va hokazo o'yinlari.) Barcha asosiy harakat yo'nalishiga
ko'rsatma berib turiladi: ,,To'g'riga borasan, keym chapga burilib,shkaf oldidan o'tasan" va hokazo. Bunda bolalaJlparak-atrofda o'z o'rinlarini aniqlay biladilar. ^Sjg.
Do'stlaringiz bilan baham: |