Topqirlikka old masalalar. ,,Tdp7kim qayerda turibdi?" ,Agar
Salimaning oldida Alisher, Nodiraning orqasida Akmal turgan bo'lsa,Nodira qayerda turgan bo'ladi?" ,,Xonaning har burchagida bittadan
mushuk o'tirgan bo'lsa, har bir mushukning qarshisida nechtadan
mushuk o'tiribdi?" Asta-sekin vazifa murakkablashtirilib, ular
o'rtasidagi munosabatlar, narsalar soni ko'paytirib boriladi.
Awal tevarak-atrofni aniqlash ko'rgazmali materiallar asosida
olib borilsa, keyinroq xayoliy dastur asosida olib boriladi.
Vaqtni bilish. Bu bo'lim eng awal bolalarni mo'ljallangan vaqtda hamma ishni bajara olishga odatlantirish, vaqtdan unumli foydalanish,vaqtni seza bilish hissini tarbiyalaydi. Masalan, 5 minutda, 10 minutdanima ish qilish mumkin? Bolalar soatdan foydalana bilishlari, vaqtnisoat modeli yordamida aniqlay olishlari kerak. Tayyorlov guruhidabolalar kunning qismlari — erta, kech. kun, tun, hafta, oy, fasllarnibilishlari lozim. Bu bo'lim ham matematika mashg'ulotlarininganchagina qismini egallaydi. Mashg'ulotlarda bolalar hafta kunlari, oyva fasllarning birin-ketin kelishi bilan tanishadilar. Bundan tashqari bolalar hafta kunlarini aytib, raqamlar bilan yozishni o'rganadilar.Kalendardan foydalanish oylar birin-ketin kelishi haqidagitasawurlarini o'stiradi. Bolalar kalendari oddiy bo'ladi — oq va qora rangli tasmalar va raqamlar yopishtiriladi. Har bir kun ma'lum rang bilan belgilanadi. Masalan, dushanba—sariq, seshanba—ko'k rang,yakshanba — qizil rang va hokazo. Kunda bolalar kalendami yirtib 1 ta
qutichaga solib qo'yadilar. Har oyning oxirida tarbiyachi qaysi oy o'tganligi, qaysi oy kelishi haqida suhbatlashadi. Kalendami o'rganish 1 yilda 12 oy, har bir oy birin-ketin kelishi, har bir oyning o'z
nomi borligi haqidagi tushunchani kengaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |