TARQATMA MATERIALNING TAXMINIY NUSXASI.
(F)- Fikringizni bayon eting.
(S)- Fikringizni bayoniga biron sabab ko`rsating.
(M)- Ko`rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring.
(U)- Fikringizni umumlashtiring.
TRENING “MULOQOT”
TRENING HAQIDA TUSHUNCHA.
Ushbu trening o`quvchi-talabalarda dars jarayonida mustaqil fikrlashga, o`z fikrlarini erkin holda bayon eta olishga hamda ularda bahslashish madaniyatini tarbitalashga qaratilgan bo`lib, odatda bunday mashg`ulot tinglovchilarni kichik guruhlarga bo`lgan holda o`tkaziladi.
MAQSAD.
Tanlangan mavzu, muammo asosida tinglovchilarning fikrlarini hamda ushbu mavzuga bo`lgan munosabatlarini aniqlash, mustaqil holda umumiy bir fikrga kelishlariga va to`g`ri xulosa chiqarishlariga yordam berish, erkin holda bahslashishlariga sharoit yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |