Burg`ilash eritmalari quduqlarni yuvish va yuvish eritmalarining vazifalari va ularga qо‘yilgan talablar


Download 338.09 Kb.
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi338.09 Kb.
#1416593
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Burgilash eritmalari

BURG`ILASH ERITMALARI

1. Quduqlarni yuvish va yuvish eritmalarining vazifalari va ularga qо‘yilgan talablar

2. Burg‘ilash eritmalarining tarkibi, eritmaning reologik hossalari, ko`p tarkibli burg`ilash eritmalari va ularning sinflari

3. Yuvuvchi eritmalarni hossalarini aniqlash usullari

4. Asosida gil, neft, gazsimon, yengillashtirilgan va og`irlashtirilgan eritmalar.


REJA
Tayanch iboralar: yuvish eritmalar, haqiqiy aralashma, kolloidli aralashma, suspenziya, tarkibi
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Булатов А.И. «Технология бурения» Москва, Недра – 2003 г, 1003 стр.
2. Вадецкий Ю.В., Бурение нефтяных и газовых скважин. Москва. Академа-
3. Raximov A.K., Aminov A.M., Raҳimov A.A. «Burg’ilash muhandislar uchun spravochnik», Toshkyent, Voris-Nashriyoti- 2008.
4. Середа Н.Г.. Е.М.Соловьев. Бурение нефтяных и газовых скважин. Москва, Недра 1974.
5. Середа Н.Г., Е.М.Соловьев. Бурение нефтяных и газовых скважин. Москва, Недра - 1988.
6. Yuldashyev T.R. “Neft va gaz ishi asoslari” Qarshi - Nasaf nashriyoti- 2011.- 392 bet.
17.1. QUDUQLARNI YUVISH VA YUVISH ERITMALARINING VAZIFALARI VA ULARGA QО‘YILGAN TALABLAR
Aylantirib burg‘ilashda quduq tubidagi parchalangan jinslarni yer ustiga olib chiqish uchun yuvish eritmalarining aylanma harakatidan foydalaniladi. Yuvish eritmalari-ning sirkulyatsiya harakati neft va gaz quduqlarini burg‘ilashda birinchi marta 1901 yilda qо‘llanilgan. Birinchi yuvish suyuqligi bu suv bо‘lgan. Burg‘ilash jarayonida keyinchalik yuvish eritmalari sifatida suv va boshqa aralashmalar tayyorlanib yuvishda qо‘llanil-gan. Aylantirib burg‘ilash tarixida yuvish eritmalariga og‘ir holdagi aralashmalarni qо‘shib, yuqori bosimli qatlamlarda ishlatish katta yutuq bera boshladi
Og‘irlashtiruvchi aralashmalar sifatida kimyoviy reagentlar qо‘llanilgan.
1. Quduq tubida parchalangan tog‘ jinslarini va quduq devorlarining berkitilgan qismlaridan og‘nab tushgan jinslarni tashqariga chiqarish.
2. Qizigan burg‘ilarning yog‘lash (moylash) va sovitish.
3. a) ustun devorlaridagi bosim gidrostatik bosimga (ta’sirda) yetganda;
b) nurab ketgan (parchalarni) bо‘laklarni mustahkamlash va quduq devoriga yopishtirish. Yuvish suyuqligi qum, granit va boshqa jinslarni atrofini plyonka shaklida qoplaydi va yopishqoq material kabi mustahkamlaydi.
4. Neft-gazli va suvli qatlamlardagi qatlam bosimlarining tenglashishi. Eritma ustunining gidrostatik bosimidan qatlam bosimi yuqori bо‘lganda, о‘zidan aralashmani siqib chiqaradi va qatlamdan quduqqa eritmalar kirib keladi.
5. Burg‘ilash quvurlari, quduq devorini, mustahkamlash quvurini, burg‘ilash nasoslarning qismlarini, tub dvigateli tayanchini va burg‘ilarni moylaydi. Aralashmaning sifati talab darajasida bо‘lsa, silliq holda sirtlarni qoplaydi va ishlash sifatini oshiradi.
6. Parchalangan jins bо‘laklarini muallaq holatda ushlab turish va ularni quduq tubiga chо‘kib tushishini oldini olish.
7. Burg‘ilangan jinslarning zarrachalarini va qumlarni chо‘ktirgichlarda о‘tirishini ta’minlash. Shunday qilib yuvish aralashmalari bir-biriga teskari ikkita xususiyatga ega bо‘ladi. Burg‘ilangan zarrachalarni uzoq vaqt muallaq holatda ushlab turish.
8. Harorati baland bо‘lgan quduqlarni burg‘ilash-da yuqori haroratga chidamli bо‘lishi, past haroratda muzlash qobiliyatiga ega bо‘lmasligi, kо‘p yillik muz qatlamli joylarni burg‘ilashda kam issiqlik о‘tkazuvchan xususiyatiga ega bо‘lishi.
9. Parchalangan jinslarga ta’siri inert holatda bо‘lishi, kimyoviy qayta ishlovda boshqarish oson bо‘lishi.
10. Burg‘i bilan quduq tubida gruntlarning parchalashni yengillashtirish.
11. Burg‘ilash jihozlariga ta’sir etuvchi obrazivlik xususiyatiga ega bо‘lmasligi hamda о‘z tarkibida shunday komponentlar bо‘lmasligi.
12. Burg‘ilash asboblarini korroziyadan himoyalash qilishlik.
13. Burg‘ilash nasoslari yordamida qiyinchiliksiz haydaluvchanlik.
14. Arzon va yetarli darajada topiladigan materiallardan tayyorlanishi kerak.
15. Zarrachalarni tindirgichda tez qotishiga va chо‘kishiga yо‘l berishi.
16. Turboburli burg‘ilashda energiyani turboburga uzatuvchanligi.
Aralashtiriladigan zarrachalarning kattaligiga bog‘liq holda, yuvish eritmasi uch guruhga bо‘linadi: haqiqiy, kolloidli va suspenziya (biror moddaning boshqa suyuq modda ichida mayda zarra yoki tomchi xolida suzib yuradigan eritmasi).

Download 338.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling