Burg`ilash eritmalari quduqlarni yuvish va yuvish eritmalarining vazifalari va ularga qо‘yilgan talablar


Download 338.09 Kb.
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi338.09 Kb.
#1416593
1   2   3   4   5
Bog'liq
Burgilash eritmalari

17.4. SUV ASOSLI BURG‘ILASH ERITMALARI


Burg‘ilash jarayonida suv asosli burg‘ilash aralashmalari kengroq qо‘llaniladi.
Gilli eritmaning kalloid-suspenziya tizilmasi deganda, loylar, suvlar va burg‘ilangan jins zarrachalari tushiniladi. Har xil moddalarning suv bilan aralashtirib quyidagi eritmalarni hosil qilish mumkin:
1. haqiqiy eritmalar – butunlay bir jinsli va tiniq eritma, kо‘p saklanganda ham о‘zining xossasini yо‘qotmaydi;
2. kalloid eritmalar – u yoki bu darajadagi loyqa eritmalar, saqlangandan keyin ilviraga aylanadi;
3. suspenziya – qattiq moddalarni suv bilan aralashmasi gilli aralashma, qattiq jinslarni tubga chо‘kishi bilan tezda ajralib (bо‘linib) ketadi.
Kolloid aralashmalarda qattiq zarrachalarning о‘lchamlari 0,000001 dan 0.0001 mm gacha; suspenziyada esa 0,0001 dan 1,1 mm gacha.
Kolloid eritmalarni va suspenziyalarni xossalari zarrachalarning solishtirma sirti va sirt yuzasining xossalariga bog‘liq.
1 sm2 sig‘imda joylashga kolloid tizimi zarrachalarining umumiy yuzasiga solishtirma yuza deyiladi. Zarrachalarning yuzasiga suv har xil ta’sir qiladi, u yuza xossalarining har xilligi bilan tushuntiriladi. Agar qattiq jismning molekulalari oralig‘idagi sirt taranglik kuchi qovushqoqlik kuchidan yuqori bо‘lsa, suv jism yuzasiga yopishadi, qaysiki qattiq jismni suvdan olganda ham qoladi. Agarda suv molekulalari orasidagi qovushqoqlik kuchi kuchli bо‘lsa, u holda jism yuzasiga yopishmaydi va namlanish yuz bermaydi.
Suv bilan namlanadigan jism gidrofil, namlanmaydigan esa gidrofob deyiladi. gidrofilli kolloid zarrachalar suvda mustahkam bо‘lib suvli parda (qobiq) bilan qoplangan. Eritmalardagi zarrachalar bir-biridan о‘lchamlari, namlanishi va elektr zaryadlari bilan farq qiladi. Zarrachalar qancha yirik bо‘lsa, og‘irlik kuchi ta’sirida shuncha tez chо‘kadi. Kolloid eritmalardagi zarrachalarning og‘irlik kuchi ta’sirida chо‘kishiga sedimentatsiya deyiladi.

17.5. Yuvish eritmalarining xossalarini aniqlash usullari


17.1-rasm. SNS-2 statik kuchlanishni siljishini aniqlash asbobi.
1-elastik sim; 2-limb; 3-ichki silindr; 4-tirgak; 5-aylantiruvchi tasma; 6-aylantiruvchi stol va elektr dvigatel; 7-tashqi silindr; 8-aylantiruvchi о‘q; 9-daraja kо‘rsatkich
Standart dala viskozimetri (standartniy polevoy viskozimetr) (17.2-rasm). Yuqori qismida 300 mm karnay, yuqori asosning diametri 150 mm, pastki qismiga 100 mm uzunlikdagi diametri 5 mm quvurcha (naycha) payvandlangan.

Download 338.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling