17.3. BURG‘ILASH ERITMASINING REOLOGIK XOSSALARI
Tabiatda uchraydigan jismlarning deformatsiyasi (shu jumladan oqishi) reologiya deb ataladi (reo-oqish). Jismlarning oqishga moyilligi reologik xossa hisoblanadi. Suyuqliklar nyuton qonunlariga bо‘ysunsa, nyuton suyuqliklari (suv, kerosin, yog‘), bо‘ysunmasa, nyuton suyuqliklari emas deyiladi (burg‘ilash qorishmalari va sement qorishmalari). Reologik xossa ikki parametr orqali aniqlanadi: τ – qо‘zg‘alishdagi yondosh kuchlanish va η – oquvchanlik. Burg‘ilash qorishmalari strukturali qorishma hisoblanadi, τ, η kо‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Nyuton suyuqliklari Nyuton qonuniga bо‘ysunadi, qо‘zg‘alishdagi yondosh kuchlanish quyidagi tenglama bilan aniqlanadi
bu yerda: τ – qо‘zg‘alishdagi yondosh kuchlanish, din/sm2;
η – dinamik oquvchanlik sP (santipuaz);
- tezlik gradiyenti
Strukturali suyuqliklar Bingam – Shvedov qonunlariga bо‘ysunadi. Bu qonun quyidagicha ifodalanadi
bu yerda: τ – qо‘zg‘alishdagi yondosh kuchlanish
τ0 – qо‘zg‘alishdagi yondosh kuchlanishning chegarasi, mg/sm2;
ηpl – plastik oquvchanlik, sP.
τ ni о‘lchab bо‘lmaydi, faqat hisob yо‘li bilan aniqlanadi. Buning uchun VSN-2M yoki VSN-3 asboblarida τ0, ηpl aniqlanishi kerak:
bu yerda: A – о‘lchov asbobining kо‘rsatgichi (pasportda berilgan); φ – о‘lchov asbobining burilish burchagi, gradusda;
bu yerda: ηpl – plastik oquvchanlik, sP; V – о‘lchov asbobining kо‘rsatgichida о‘lchov asbobining burilish burchaklari (ikki xil tezlikda aylanish gradusda; n – asbobning aylanish tezligi, ayl/min bu yerda: ηpl – plastik oquvchanlik, sP; V – о‘lchov asbobining kо‘rsatgichida о‘lchov asbobining burilish burchaklari (ikki xil tezlikda aylanish gradusda; n – asbobning aylanish tezligi, ayl/min Burg‘ilash qorishmalarining umumlashgan ta’rifini berish uchun samarali oquvchanlik ( ) qabul qilingan
bu yerda: – samarali oquvchanlik, sP; V – о‘lchov asbobining kо‘rsatgichi φ2 – asbobning burilishi, gradusda; n – asbobning aylanish tezligi, ayl/min
Do'stlaringiz bilan baham: |