Burg`ilash ishlarida xavfsizlik qoidalari
Portlatish ishlarida xavfsizlik qoidalari
Download 25.16 Kb.
|
1 2
Bog'liqReja Burg`ilash ishlarida xavfsizlik qoidalari
Portlatish ishlarida xavfsizlik qoidalari
1. Portlatish ishlari karyerlarda «Portlatish ishlarida xavfsizlikning yagona qoidalari», «Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, tashish, ishlatish va hisobga olish tartibi tartibi toʼg`risida yoʼriqnoma», «Oʼzbekiston Respublikasi hududi boʼyicha portlovchi moddalarni avtomobil transportida tashish qoidalari» va boshqa meʼyoriy-texnik hujjatlar talablariga rioya qilingan holda bajarilishi kerak. Portlatish ishlarini olib boruvchi korxonalar Oʼzbekiston Respublikasi «Sanoatkontexnazorat» davlat inspektsiyasi tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega boʼlishi kerak. Bunday korxonalar tegishli hujjatlar, portlovchi moddalarni saqlash uchun omborlar va tashish uchun transportlarga, shuningdek ijrochilar va rahbarlarni oʼz ichiga olgan tegishli xodimlarga ega boʼlishi kerak. 2. Yoppasiga portlatish Oʼzbekiston Respublikasi «Sanoatkontexnazorat» davlat inspektsiyasi tomonidan tasdiqlangan va u bilan kelishilgan yoʼriqnomalar talablariga muvofiq ravishda bajarilishi kerak. Yoppasiga portlatishni qoʼllash bilan portlatish ishlarini olib boruvchi har bir korxona aniq sharoitlarda yoppasiga portlatish loyiћalari va pasportlarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanuvchi namunaviy burg`ilash-portlatish ishlari loyihasi ega boʼlishi, va portlatish ishlarini bajaruvchi xodimlar uni bilan imzo chekib tanishishlari kerak. 3. Portlatish ishlarini olib borishda faqat standartlar (texnik shartlari) va Sanoatkontexnazorat» davlat inspektsiyasi ruxsatnomasiga ega boʼlgan portlovchi moddalar, portlatish ishlari mexanizatsiya vositalari, jihoz, qurilma, asbob va apparaturalaridan foydalanishga ruxsat etiladi. 4. Portlatish ishlari yozma naryad va tegishli naryad-yoʼl varaq boʼyicha muhandis- texnik xodim rahbarligida portlatuvchilar tomonidan bajarilishi va faqat ishlar xavfsizligi boʼyicha qoidalar va yoʼriqnomalar talablariga javob beradigan joylarda oʼtkazilishi kerak. Ekstremal vaziyatlarda (avariyani oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda) yozma naryad boʼlmasa ham portlatish ishlari bajarishga ruxsat etiladi. 5. Portlovchi moddalarni omborlardan karyerdagi ish joyiga yetkazish, korxona rahbari (portlatish ishlari rahbari) tomonidan belgilangan yoʼnalish boʼyicha bajarilishi kerak. 6. Bloklardagi portlovchi moddalar va zaryadlangan quduqlarni qoʼriqlash xizmati yoki yoʼriqdan oʼtgan ishchilar tomonidan qoʼriqlanishi, qorong`i paytda albatta yoritilishi shart. Bloklardagi portlovchi moddalar va zaryadlangan quduqlar qoʼriqlashga topshirish tartibi korxona rahbari tomonidan belgilanadi. 7. Odamlar, binolar va inshootlarni jinslar boʼlaklari, seysmik va havo toʼlqinlarining jarohatlovchi va qulatuvchi taʼsiridan himoya qilish, shuningdek portalatishning zaharli taʼsirini oldini olish uchun, yoppasiga portlatishni tayyorlash va qoʼllashda oʼlchami hisob kitob asosida Namunaviy burg`ilash-portlatish ishlari loyihasiga binoan aniqlanadigan xavfli zona obʼektlar va portlatish joylari orasiga kiritilishi va rioya etilishi kerak. Hisob kitob bilan loyihada aniqlangan xavfli zona quyidagi hollarda kiritiladi: - avvalo boeviklarni yotqazish bilan elketrodetonatorlardan foydalanib portlatishda; - avvalo portlatish tarmog`ini montaj qilish bilan portlatuv piligidan (portlatuv tasmasidan) foydalanib portlatishda; - bevosita montaj qilingan yuza tarmog`ini birlamchi harakatlantirish manbayiga ulashdan oldin past energetik toʼlqin oʼtkazgichlar bilan harakatlantirish tizimining noelektrik qurilmalarini qoʼllashda. Xavfli zona kiritilashidan oldin, uni chegaralariga qoʼriqlashni taʼminlaydigan postlar qoʼyilishi, zaryadlash va portlatish tarmog`ini montaj qilish bilan band boʼlmagan kishilar xavfli joydan texnik nazorat shaxsi tomonidan chiqarilishi kerak. Xavfli zona chegaralari belgilash va qoʼriqash postlarini qoʼyish Namunaviy burg`ilash-portlatish ishlari loyihasiga binoan aniqlangan boʼlishi lozim. 8. Karyerlarda yoppasiga portlatishni tayyorlashda xavfli zonadan tashqari taqiqlangan zona ham belgilanishi kerak, qaysiki uni chegarasida quduqlarni zaryadlash bilan band boʼlmagan kishilarning boʼlishlari taqiqlanadi. Taqiqlangan zonani oʼlchamlari kon-texnik sharoitlar va ishni tashkil etishga bog`liq ravishda Namunaviy burg`ilash-portlatish ishlari loyihasiga binoan aniќlangan boʼlishi kerak. Uzoq vaqt (bir smenadan ortiq muddat bilan) zaryadlashda taqiqlangan chegaralari yaqin joydagi zaryaddan kamida 20 m uzoq masofada belgilanishi kerak. Taqiqlangan zona chegaralarini belgilash Namunaviy burg`ilash-portlatish ishlari loyihasiga binoan aniqlangan boʼlishi lozim. 9. Texnik nazorat shaxslari va nazorat qiluvchi organlar xodimlarining xavfli va taqiqlangan hududlarga portlatish ishlari rahbari kuzatuvida va faqat portlatuvchi kutib oladigan post orqali oʼtishlariga ruxsat etiladi. 10. Portlatish ishlarini olib borishda odamlarni ogohlantirish uchun tovushli, bundan tashqari qorong`i paytlarda nurli signalni ham berish zarur. Tovushli singallar xavfli zona chegaralarida yaxshi eshitiladigan boʼlishi kerak. Signallarni uzatish va tayinlash usullari portlatish ishlarini oʼtkazish vaqti majburiy ijro etish chorlarini koʼrsatish bilan karyerning barcha tuzilmaviy boʼlinmalari xodimlari, portlatish ishlari taʼsir etadigan hudiddagi korxonalar va tashkilotlar eʼtiboriga yetkazilishi kerak. Bunday hollarda odamlarni xavfli zonadan (hududdan) chiqarish yuzasidan masʼuliyat karyerning tuzilmaviy boʼlinmalari rahbarlari va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi. Portlatish oʼtkazish vaqti haqidagi xabarni berish va odamlarni xavfli hudiddan chiqarish haqidagi tasdiqni olish tartibi korxona rahbari tomonidan belgilanadi. Odamlarni xavfli hudiddan chiqarish haqidagi tasdiqni olmasdan portlatish ishlari rahbariga portlatishni bajarish taqiqlanadi. 11. Odamlarni karьerga kirishi uchun ruxsat yoppasiga portlatish bajarilganidan keyin, portalatish zaharli mahsulotlari kontsentratsiyasining belgilangan meʼyorgacha pasayishi haqidagi xabarini olinganidan keyin, ammo portlatishdan keyin kamida 30 daqiqa oʼtganidan soʼng, karyerda chang bulutlari tarqalishi va koʼrish toʼliq tiklanganidan keyin, portlatish joyiga esa bevosita portlatish ishlari yuzasidan raqbarlikni amalga oshirgan muqandis-texnik xodim, yoki uni farmoyishi bilan portlatuvchi tomonidan portlatish joyida ishlash xavfsiz ekanligi aniqanganidan keyin beriladi. Portlashning gazsimon mahsulotlari bilan ifloslanish darajasini nazorat qilish uchun ni jalb qilish zaruriyati korxona raqbari tomonidan belgilanadi. Manba: Foydali qazilma konlarini ochiq usul bilan qazib olishda xavfsizlik qoidalari Download 25.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling