Burilishlar tasnifi Texnika asoslari va tuzilishi


Texnika asoslari va tuzilishi


Download 127.5 Kb.
bet2/5
Sana28.03.2023
Hajmi127.5 Kb.
#1304339
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tik tayanch oyoqda burilishlar murakkabligini órganish

Texnika asoslari va tuzilishi


Texnik nuqtai nazardan olib qaraganda burilishlarning barcha turlari tayanchdan depsinishga asoslanadi. Bunda burilish o'qiga nisbatan zarur aylanma harakatni chaqiruvchi tashqi kuch vaqti paydo bo'ladi. Ko'p hollarda buning uchun oyoq bilan yoki tayanchdan depsinish qo'llaniladi. Lekin, burilishlar turlarida depsinishning umumiy mexanizmi turlicha amalga oshiriladi. Bu yerda tayanchning xarakteri, tayanmagan a'zolar bilan siltanish harakatlarini mavjudligi va jadalligi, tanani vertikal o'q atrofida tekis burilishga erishish zarurati va imkoniyati va boshqa omillar rol o'ynaydi. Quyida burilish texnikasiga taalluqli bo'lgan ba'zi asosiy holatlar ko'rib chiqiladi.
Burilishdagi depsinish mexanizmi sakrashdagi depsinishga juda o'xshash {27-rasmga qarang). Farqi shundaki, burilishda gimnastikachi tanasini harakatga keltiruvchi tayanch reaksiyasi kuchi yelkalarga ta'sir etadi va tanaga ko'chuvchi yoki ulama
emas (sakrashdagi kabi), balki berilgan o'q atrofida aylanma harakat to'g'risida habar beradi. Gimnastikachi tanasiga tayanch reaksiyasi kuchi vaqtining ta'sir jarayoni 34-rasmda oddiyroq qilib ko'rsatilgan. Gimnastikachi qo'l bilan chapga aylanma harakat qila turib va bir vaqtning o'zida gavdani aylanishga tortib, o'ng oyoqda o'ngga-orqadan depsinadi. Bunda oyoq qandaydir, kuch (F) bilan tayanchga ta'sir ko'rsatadi, tayanch esa unga reaksiya (Ft) bilan «javob beradi».
34-rasm
Oxirgi bo'lg'usi burilish tomoniga yo'naltiriladi va tayanch a'zosiga qo'llaniladi. Gimnastikachi bunday depsinish jarayonida chap oyoqda aylanishga tayyorlanib tana og'irligini unga o'tkazadi. Shunday qilib tayanch reaksiyasi Ft vektori yelkaga R ga ta'sir ko'rsatadi va o'q О atrofida aylanishga chaqiradigan tayanch reaksiyasi kuchi vaqtini Ft-R hosil qiladi.
Shunday burilishlar borki, na u, na boshqa oyoq tana aylanishda o'q bilan to'g'ri keladi. Bularga misol, chalishtirilgan holatdan ikkala oyoqda burilish. Bunday holatda oyoq kafti orasida joylashgan o'q atrofida aylanishga chaqiradigan qo'shaloq kuch vaqti vujudga keladi.
Aylanma depsinish samarasi kuch vaqti impulsiga bog'liq. Kuch vaqti impulsi (S) kuch vaqtini (M) uning harakat qilish vaqti (t) ko'paytmasiga teng: S=M-t
Shunday qilib, gimnastikachi oyog'i bilan qancha kuchli va uzoq depsinsa, burilish ham shuncha faol bo'ladi.
Ta'riflangan depsinishni tuzilishga ko'ra ikkita harakat fazasiga bo'lish mumkin: ulardan bir - tayanmagan a'zolar bilan burilish tomonga siltash bilan bir vaqtda «aylanma harakat» beruvchi oyoq bilan depsinish. Ikkinchi fazada siltanuvchi a'zolar harakati tor-mozlanadi va harakat (harakat soni vaqtini saqlash qonuni bo'yicha) unga yaqin a'zolarga o'tadi, undan keyin burilishga tayangan a'zolar jalb qilinadi.
Tayanmagan a'zolaming siltanish harakatlari burilishda muhim rol o'ynaydi. Tayanmagan a'zolar bilan harakatlanish tayangan a'zolar harakati bilan o'zaro bog'liq holda ko'rilishi kerak va siltanib burilish mexanizmining ajralmas bo'lagidir: siltanuvchi a'zolaming harakati (qo'l, tayanmagan oyoq, shu bilan birga mazkur holatga safarbar qilingan tana segmentlari) burilish-ning tanani aylanishi boshqa, tayanchga yaqin joylashadigan a'zolarga o'tgandan keyingi birinchi faol fazasi hisoblanadi. Siltanuvchi a'zolar ishga tushgandagi burilish jadalligi birdan o'sadi.
Burilishdagi siltanuvchi harakatlar samarasi nafaqat harakat quwatiga, balki siltanish harakatining joylashish harakteriga ham bog'liqdir. Aylanma siltanishda tayanmagan a'zolar harakati burilishni bajarishga qancha ta'sir ko'rsatsa, siltanishda a'zolar harakati tekisligi burilish tekisligiga shuncha mos keladi. Gorizontal tekislikda aniq bajariladigan siltanishda siltovchi a'zolardan tayanch a'zolarga aylanma harakatni o'tishi maksimal bo'ladi. Buni amalga oshirish uchun, masalan qo'l bilan tezroq siltanishni (depsinishning 1 fazasiga qarang) qo'llar yonda bo'lgan holatdan bajarish. Xuddi shunga o'xshab oyoqni ham gorizontal holatgacha ko'tarib (oldinga, yonga) bajarish mumkin.
Bunday holatlarda, qachonki siltash vertikal tekislikda baja-rilganda, tayanmagan qo'l yoki oyoq harakatidan burilish chun to'g'ridan-to'g'ri foydalanib bo'lmaydi. Bu yerda impulsning o'tishi nolga teng. chunki siltashda tayanmagan a'zolaming aylanishi va burilishda tananing aylanishi bir-biriga nisbatan 90 burchakda joylashgan o'q atrofida amalga oshiriladi.







Real holatda vertikal o'q atrofida burilishning faol qismi bilan bog'liq qo'l va oyoq bilan siltanish harakatlari xech qachon gorizontal yoki vertikal tekislikda bajarilmaydi. 35-rasmda silta­nuvchi chap oyoq burilishda oraliq tekislikda harakatlanib pastdan yuqoriga siltanib ko'tarilmoqda. «Idealga yaqin» mazkur holatda qo'l harakati deyarli har doim gorizontal tekislikda joylashadi. Yakuniy xulosada siltash samarasi gorizontal tekislikdagi silta­nuvchi a'zoning aylanma harakati vektor-vaqti chizig'i bilan aniqlanadi.
35-rasm
Burilishdagi aylanish impulslarining «almashinish» siltanib burilishda gimnastikachining holati faol holat hisobiga bir necha marta o'zgarishi mumkin. Bunday holatlarda tana a'zolarining aylanma harakati tezligi ham o'zgaradi va «aylanish impulslari bilan almashadi». Impulslar bilan bunday almashinish harakat soni vaqtini saqlash qonuni natijasi hisoblanadi. Ya'ni: «Agar gimnastikachining tanasi ajralgan holda va tashqi kuch vaqti uning o.m.o' (og'irlik markazi o'qi) ga nisbatan nolga teng bo'lsa, unda butun tananing harakat soni vaqt o'tishi bilan uning asosiy markaziy o'q inertsiyasiga nisbatan o'zgarmaydi»
Keltirilgan qonun tayanib burilishni ijro etishda aniq ko'ri-nishda bajarilmaydi, chnnki tayanch a'zolari orqali butun sistemaga ta'sir etuvchi ishqalanish kuchi vaqti burilishni asta-sekin «so'ndiradi». Shunga qaramasdan harakat soni vaqtini saqlash qonuni yordamida harakat qiluvchi «hnpulslarni almashi-nishi» mexanizmi shu holatda ham o'zini ko'rsatishga ulguradi. Buning eng yorqin shakli siltanuvchi a'zolar ishida kuzatiladi. Burilish yo'nalishda qo'llar bilan siltanish boshida tezkorlik bilan o'tadi, keyin esa faol tormozlanadi shu tufayli aralash a'zolar asosiy yo'nalish bo'yicha tezlik bilan burilishni boshlaydi.
Burilishni ijro etish mobaynida bunday mexanizm bir necha marta ishlashi mumkin. Masalan, qo'llar va oyoqlar bilan siltanish bajarishda oldin qo'llar bilan siltaniladi, keyin esa burilish tezligini oshiruvchi xuddi shunday harakat siklini siltanuvchi oyoq bajaradi.
Keyinchalik, burilish paytida «impulslar bilan almashinish» ham ishtirok etishi mumkin (masalan, burilish paytida holat o'z-garganida). Lekin, u odatda harakatning yugurib kelish bosqichidagi kabi muhim rol o'ynamaydi.
Gimnastikachi tanasi shaklining burilish tezligi bilan bog'-liqligi. Burilish jadalligi kinetik vaqtda itarilishdan olingan itarilishi samarasiga bog'liqdir. Kinetik vaqt (K), yoki harakat soni vaqti. berilgan aylanish o'qi va tizimning burchak tezligi (w) nisbatan olingan gimnastikachi tanasi inertsiyasi vaqtining (I) ko'paytmasiga teng: K=Iw
Ghnnastikachi tanasining kinetik vaqti burilishda o'zgarishsiz qolishga harakat qilganligi sababli (kinetik vaqtni saqlash qonuniga qarang), tana inertsiyasi vaqti kattaligi va burchak tezligi orqaga qaytish majburiyati bilan bog'liq bo'ladi: gimnastikachi tanasi inertsiyasi vaqti vertikal o'qqa nisbatan qancha kam (ko'p) bo'lsa, tananing aylanish tezligi shunchalik ko'p (kam) bo'ladi. Gimnastikachi tana inertsiyasi vaqti burilish bajarishda uning holati va tanasining shakliga bog'liq bo'lar ekan, u burilish paytida tananing aylannish tezligiga ataylab yoki ongsiz ravishda ta'sir ko'rsatish mumkin. Ginastikachining tana
og'irligini aylanish o'qiga yaqinlashishini ta'minlovchi va shunday qilib tana inertsiyasi vaqtini burilish o'qiga nisbatan kamaytiruvchi harakati burilishni tezla-shishiga olib keladi. Aksincha, tana og'irligini aylanish o'qiga nisbatan uzoqlashishi bilan bog'liq holatni o'zgartirish burilishni sekinlashtiradi.
Bu nuqtai nazardan burilish qo'llarni yuqoriga ko'tarib butunlay to'g'irlangan holatda bo'lsa juda yaxshi bo'lgan bo'lar edi. Bu holatdan chetlashishning har qanday (masalan, tayan-magan oyoqni ko'tarish, qo'l yoki qo'llarni tushirish, tanani bukish yoki yozish) bukilishni darhol sekinlashishga olib keladi. Bu sabab bilan ayniqsa, tana gorizontal holatda joylashib bir oyoqda muvozanat saqlash kabi holatlarda aylanib burilishlar sekinlashadi.
Burilishda holatni bir necha marta o'zgarishda tananing ayla­nish tezligi shunga muvofiq o'zgaradi, lekin badiiy gimnastikada bu unchalik yorqin ko'rinmaydi, figurali uchishda muzga ishqalanish gimnastikachi oyog'ining polga ishqalanishidan kamroq.



Download 127.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling