Burilishlar tasnifi Texnika asoslari va tuzilishi


Download 127.5 Kb.
bet4/5
Sana28.03.2023
Hajmi127.5 Kb.
#1304339
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tik tayanch oyoqda burilishlar murakkabligini órganish

Tayyorgarlik bosqichi. 1-faza - «orqaga siltash» (1-2-kadr-lar). Tashlanish holatida turib chap oyoq oldinda, gimnastikachi chap qo'lini yelka balandligida qoldirib bukadi. Bir vaqtning o'zida o'ng qo'l ham bir oz orqaga harakatlanadi.
Asosiy bosqich. 2-faza - «qo 'liar bilan aylanma siltanish». Orqaga siltash holatida (2-kadr) gimnastikachi gavdani ham shu tomonga aylantirgan holda chap qo'lini tezkorlik bilan «otadi». Mazkur faza paytida o'ng oyoq qoilarni siltash bilan sinxron bo'lib itarilishni bajaradi. Itarilish shunday bo'lishi kerakki, u bir tomondan tana og'irligini chap tomonga o'tishini (burilish bajariladigan tomon atrofida) va ikkinchi tomondan zaruriy aylanma impulsini ta'minlasin.
3-faza - «qo 7 bilan siltashning tormozlanishi va о 'ng oyoqni qo'yib yuborish». Gimnastikachi gorizontal holatdagi qo'l harakatini yelka kamari mushaklari kuchi bilan tormozlantirib aylanma impulsni butun tanaga o'tkazadi (3-4-kadrlar). Bu fazada burilish tayanch oyoq hisobiga qimirlamaydigan oyoq kaftida baja-riladi. Shuni ta'kidlash mumkinki, burilishning asosiy harakatlarini keltirilgan harakatlar bilan ham chegaralash mumkin edi. Lekin tayanmagan oyoq bilan siltanishsiz burilish bo'lar edi. U holda o'ng oyoq qo'yib yuborilgandan keyin tana inertsiya bo'yicha berilgan holatning oxirigacha harakatlanishi mumkin.
4-faza - «tayanmagan oyoq bilan aylanma siltanish». Gim­nastikachi qo'llarai siltab, ularni yonga ko'tarilgan holda qoldirib (4-kadr) va shu zahoti tayanmagan oyoqda siltanishni boshlaydi. Gorizontalga yaqin holatda ko'tarib, o'ng oyoq orqadagi holatdan tezkor ilgarilash harakati bilan yonga (5-kadr) va keyin oldinga ko'tarilgan holatga o'tkazadi. Mazkur fazada shunisi o'ziga xoski, tayanch oyoq kafti tayanchga tirkalishni ta'minlab, qimirlamay turadi. Faqatgina shunday holatda oyoqni siltash gimnastikachi tanasiga burilishni tezlashtiruvchi qo'shimcha aylanma impuls to'g'risida habar berishi mumkin.
5-faza - «siltanuvchi oyoqning tormozlanishi va burilishning inertsiya boshlanishi». Oyoq harakatini tos kamari mushaklari kuchlanishi bilan to'xtata turib, gimnastikachi «o'ng oyoq oldinda» holatini saqlab turadi (5-6-kadrlar). Bunda oyoq bilan aylanma siltanish hisobiga olingan aylanma impuls burilish tezligini ko'tarib (yoki qo'llab quwatlab) oldingisiga qo'shiladi. Bu fazada (shu bilan birga yuqoridagi fazalarda) gimnastikachi harakatining boshqa natijasi oyoq uchiga o'tish hisoblanadi (6-kadr). O'ng oyoqda siltanish qat'iy gorizontal bo'lmaganligi va pastdan yuqoriga yo'naltirilganligi sababli (3-6-kadrlar) shu siltanishni tormozlantirish fazasida. Gimnastikachi tayanch oyoqni yana ko'taradi, tayanchga bo'lgan bosim kamayadi va sust (inertsion) burilishga to'sqinlik qiladigan tashqi ishqalanish kuchi vaqti kamayadi.

Download 127.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling