Burilishlar tasnifi Texnika asoslari va tuzilishi


Download 127.5 Kb.
bet5/5
Sana28.03.2023
Hajmi127.5 Kb.
#1304339
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tik tayanch oyoqda burilishlar murakkabligini órganish

Amalga oshirish bosqichi. 6-faza - «o'ng oyoq oldinda holatida aylanish». Harakat inertsiya bo'yicha sodir bo'ladi. Gimnastika-chining tanasi to'g'ri va yuqoriga «cho'zilgan». Burilish paytida (6-9-kadrlar) qo'llar yonda bo'lgan holatidan yuqoriga ko'tariladi. Jismoniy nuqtai nazardan qaraganda bu harakat burilish tezligini ushlab turishga yordam berish bilan foydalidir: qo'llarni yuqoriga ko'tarish aylanish o'qiga nisbatan gimnastikachi tanasining inertsiya vaqtini kamaytiradi. Burilish paytida gimnastikachining boshi tanasiga nisbatan harakatsiz bo'ladi, nazar to'g'riga qaratilgan.
7-faza - «aylanib burilib attityude holatiga kelish». Bu fazaga kirish mashqga murakkab va original xarakter beradi. Bu yerda tos-son bo'g'imi bukilishi hisobiga bajariladigan qo'shimcha burilish (9-11-kadrlar) sust burilishga «qo'yiladi». Mexanizmi bo'yicha bu burilish to'g'ri silta burilish bilan bog'liq keltirilgan harakatlarga tegishlidir (tayanchsiz burilish texnikasi to'g'risida 56-betga qarang). Gimnastikachi o'ng oyoqni tos-son bo'g'imidan

38-rasm







bukib. tayanmagan oyog'ini orqada «qoldiradi» va yelkalari bilan chapga burilib hamda kerishib attityude holatiga o'tadi. Mazkur burilish butun tananing inertsion harakatim yig'ib mashqni yaxlit ijro etishni tezlashtiradi, shu tufayli inertsiya harakati orqali burilishning bilinarli 720° ga qaraganda kamayishi ko'rinadi.
8-faza - «attityuda holatida aylanish». Bu fazada asosiysi yana tananing inertsion harakati hisoblanadi. Gimnastikachi attityuda holatini saqlagan holda (yoki muvozanat holatida) burilishni davom ettiradi (11-12-kadrlar). Bunda qo'l holati bir oz o'zgaradi va tayanmagan oyoq bukiladi; bu harakatlar texnik tomondan muhim emas va harakatning ifodali tomoni bilan bog'liqdir. Faza oxirida jami burilish 720° ga etadi.
Yakuniy bosqich. Keltirilgan burilish fmali turlicha bo'lishi mumkin (37-rasmda u ko'rsatilmagan). Gimnastikachi butunlay oyoq kaftiga tushib chap oyoqda muvozanat saqlab tugatishi mumkin; o'ng oyoqni tushirib qadam bosishga o'tishi ham mumkin va boshqalar.
Keltirilgan burilish texnikasi va tuzilishini tahlil qilish bunday turdagi burilishlarni, bundanda oddiy yoki murakkab burilish-larning mohiyatini tushunishga yordam beradi. Ular orasida faqat qo'llarni aylanma siltash yoki faqat oyoqlarni aylanma siltash bilan bajariladigan burilishlar, oyoqni orqaga yoki oldinga siltash bilan burilish, turli holatlarda burilish, katta va kichik burilish elementlarini birlashtiruvchi kombinatsiyalashtirilgan burilishlar, to'g'ri siltanish biian burilish va boshqalar.
Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Achilov A. Badiiy gimnastika.: Т., G'ofur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010

  2. Бирюкова Л. Хореографическая подготовка в спорте. Киев: КГИФК, 1990.

  3. Бирюк Э.В., Ovchinnikova N.A. Хореографическая подготовка в спорте. Киев: КГИФК, 1990.

  4. Борбова Г.А. Художественная гимнастика в школе.-М.: FIS, 1984.

  5. Венгерова П.Н. Федорова О.С. Средства классического экзерсиса на уроках хореографической подготовки в сложно-координационных видах спорта. O'quv-uslubiy qo'llanma -SPb.:SPbGAFK,2000.

  6. Вербова З.Д. искусство произвольных упражнений. -М.: FIS, 1967.

  7. Гавердовский Ю. Техника гимнастических упраж­нений- М: Terra-sport, 2002.

  8. Karimov М.К. Xoreografiya mashqlari va badiiy gimnastika. O'quv qo'llanma. T.:2003.

  9. Каримов М.К. Упражнения хореографии, художествен­ной гимнастики и народные игры. O'quv qo'llanma. Т.:2005.

Download 127.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling