Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet88/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   147
Bog'liq
02 (3)

O‘Sh


O‘rta asr yozma manbalarida O‘sh shahri Farg‘ona vodiysining darvozasi, ya’ni strategik shahar sifatida tilga olinadi. Xususan ibn Havqal O‘sh haqida quyidagilarni keltiradi: “Qubodan keyin kattalagi jihatdan O‘sh [shahri] turadi. Unda shahriston va qo‘rg‘on mavjud bo‘lib, [ularning] ikkalasi ham buzilmagan. Hukmdorning saroyi bilan kamoqxona qo‘rg‘onda [joylashgan]. Shahriston yonida rabad joylashgan, uning atroflari devor bilan o‘ralgan. Bu [devor] toqqa borib taqaladi, tog‘ [usti] da esa turklarning [islom] dini uchun jang qiluvchilarning jangovar harakatlarini kuzatuvchi soqchilari joylashgan. Shaharning uchta darvozasi bor: Tog‘ darvozasi, Daryo darvozasi va Mug‘kada darvozasi. Shahar darvozalari mustahkam [qurilgan]”5.


Yoqut Hamaviy O‘sh haqida jumladan shunday yozadi: “O‘sh – Farg‘ona tomonda Quboga yaqin bir katta shahar. Uning bitta qo‘rg‘oni va to‘rta darvozasi bor. Bu shahar bir toqqa yopishgan bo‘lib, unda turklardan qo‘riqlab turuvchi qorovullar turadi. O‘sh juda serunum joy”6.
Yana bir tarixchi Jamol Qarshiy O‘shni ziyoratgoh joylarga boy shahar sifatida ta’riflar ekan: “O‘sh shahri. Unda katta bo‘lmagan Baroko‘h va Xanaf




1Ilyosxon G‘oziy. Maxdumi A’zam Imom al-Kosoniy. T.: O‘zbekiston, 1996. – B. 34.
2 Drakon i bogatыr Uzgendskiy // Kirgizskie narodnыe skazki. Frunze.: Kыrgыzstan, 1981. S. 335.
3 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. II tom...– B. 163.
4 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 330.
5 Mamadaliev H. IX-X asrlar arab manbalarida Farg‘ona shaharlarining tavsifi... – B.143.
6 Hikmatullaev H., Shoislomov Sh. Yoqut Hamaviy... – B. 28.
tog‘lari bor. Baroko‘h etagida avliyolar va ulamolar mozorlari joylashgan. (Xuddi shu yerda) boshqalar qatorida Sulaymon ibn Dovud (a.s.)ning vaziri Osaf ibn Barhayoning qabri bor”degan ma’lumotni keltiradi1. Jamol Qarshiyda tilga olingan Baroko‘h keyinchalik Taxt-i Sulaymon nomi bilan mashhur bo‘lgan. Chunki XVII asrda yashab o‘tgan Mahmud ibn Vali aynan shu nom bilan tilga oladi. Unga ko‘ra, u yerda O‘shni zabt etishda ishtirok etib shahid ko‘plab arab sarkardalarining qabrlari mavjud bo‘lgan2. Albatta bunday ko‘hna qabrlar bog‘liq rivoyatlar Taxt-i Sulaymon tog‘ini o‘ziga xos ziyoratgoh sifatida e’zozlanishiga va u haqda turli qarashlarni paydo bo‘lishiga zamin yaratgan. Natijada O‘sh shahri va undagi Taxti Sulaymon tog‘ining ziyoratgoh sifatida dovrug‘i butun Markaziy Osiyoda mashhur bo‘lib ketgan va XIX–XX asrda O‘shga tashrif buyurgan ko‘plab sayohlar va tadqiqotchilarning asarlarida mashhur ziyoratgoh sifatida ta’kidlab o‘tilgan3.
Jumladan, XX asrning boshlarida O‘shga kelib Taxti Sulaymon tog‘ini
ko‘zdan kechirgan V.I. Kushelevskiy quyi holatni tasvirlab bergan edi:
Taxti Sulaymon tog‘iga nafaqat Farg‘onadan balki qo‘shni malakatlardan ham odamlar dardiga davo izlab keladilar. Bu yerda turli kasalliklarni davolovchi yoriq toshlar bor. Shunday toshlarning biriga boshini suqsa bir necha daqiqadan so‘ng bosh og‘rig‘idan xalos bo‘ladi. Qo‘l, oyog‘ va tananing boshqa a’zolarining kasalliklari ham shu joyda o‘sha vaqtni o‘zida yoki bir oz vat o‘tgach tuzala boshlaydi. Ayniqsa, bu yerda ayollarni befarzandlik kasalligidan davolovchi tosh juda mashhurdir. Ushbu tosh deyarli katta tosh bo‘lib yuzasi silliqlangan. Shu maqsaddagi ayollar toshni ko‘tarilgan yuqori qismiga yotib boshqa birovning yordami bilan pastga sirg‘alib tushishadi. Bunday ekspirement uch marta bajarilgandan so‘ng kerakli natijaga erishganligiga to‘la ishonch bilan qaytib ketishadi. Bu toshning yuza qismini o‘ta silliqlanib, xuddi zavodlaridagi sun’iy granit toshlardan qolishmas bo‘lib ketganligi uni farzandli bo‘lish maqsadida chin yurakdan ziyorat qilinganligi va hozirda ham bu davoi etib keoayotganligidan dalolat beradi. Erkaklar ham jinsiy


1 Djamal al-Karshi. Al Mulxakat bi-s-surax. Istoriya Kazaxstana v persidskix istochnikax. I tom. Almatы.: Dayk–Presss, 2005. S. 149.
2 Maxmud ibn Vali. More tayn...S.19.
3 Bu haqda qarang: Mushketov I.V. Puteshestvie na Alay i Pamir // Zapiski Imp. Russkogo geograficheskogo obщestva po obщey geografii. SPb., 1912. T. XXXIX. Vыp 2. 1877; Щerbina- Kramarenko N. N. Po musulmanskim svyatыnyam. Spravochnaya knijka Samarkandskoy oblasti, 1896, vыp. IV, otd. IV; Zimin L.A. Musulmanskoe skazanie o gorode Osh. T., 1913; Fedchenko A.P.Puteshetviya v Turkestan. M.: Geografgiz, 1950; «Zapiski o nekotorыx narodax i zemlyax Sredney Azii» Filippa Nazarova (1813-1814)// Istoriya Uzbekistana v Istochnikax. T.: Fan, 1988. Puteshestvie Mir Izzet ullы v Kokandskogo xanstvo (1812) // Istoriya Uzbekistana v Istochnikax. T.: Fan, 1988; Petrash Yu.G. Nesvyaщennaya «svyatost». Tashkent, 1988. Ogudin V.L. Strana Fergana. M., 2002; Ogudin V., Abashin S. Taxt-i Sulayman // Islam na territorii bыvshey Rossiyskoy imperii. Vыp 4, M.,2003; Ogudin V.L. Kult peщer v narodnom islame // Etnograficheskie obozrenie. M.: 2003. №4;Ogudin V.L. Tron Solomona // Podvijniki islama. M.,2003.Ogudin V.L. Gora Taxti-Suleyman // Sakralnaya geografiya. Yekatirinburg, 2005; Ogudin V.L. Mesto pokloneniya v islame // Sredneaziatskiy etnograficheskiy sbornik. Vыpusk V. – M., 2006.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling