Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet89/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   147
Bog'liq
02 (3)

zaif kasaliklari vaqti bu mo‘jizaviy toshdan foydalanadilar. Biroq toshni ziyorat qiluvchilarning asosiy qismini ayollar tashkil etadi1”.
O‘shning havosi va o‘ziga fazilatlari haqida o‘rta asrlardayoq ushbu shaharga nisbatan aholi orasida turli ta’riflarni keltirib chiqargan. Shu boisdan Mirzo Bobur “O‘shning fazilatida xeyli ahodis (hadislar) vorid (paydo) bo‘lubtur” degan edi. Aynan shu singari ahodislar asosida XIX asrning boshlarida O‘sh shahrining fazilatlari va ziyoratgohlari haqida “Xayrul buldon O‘sh shahri” nomli asar paydo bo‘ldi. Bu asar XX asrlarning boshida Toshkentda Orifjonov bosmaxonosida litografiya usulida ko‘p nusxada nashr etilib, butun Markaziy Osiyo bo‘ylab tarqatilgan edi. Biroq Farg‘ona vodiysi xalqlarining sevimli ziyoratgohi va uning fazilatlari haqida hikoya qiluvchi ushbu risola sobiq sovet tuzumi davrida ayovsiz qattiq tandqid ostiga olindi2. Natijada ko‘p o‘tmay Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan Taxti Sulaymonda barpo etilgan tarixiy yodgorlik ham hukumat qarori bilan buzib yuborildi.
Burhoniddin Marg‘inoniy yashagan davr bilan yaqindan tanishar
ekanmiz, Farg‘ona vodiysining boshqa shaharlari singari O‘sh ham ilm- ma’rifatni markazlaridan biri sifatida mashhur bo‘lganligini guvohi bo‘lamiz. Shu o‘rinda sharqshunos olim O. Qoriev “O‘sh shahridan yirik muhaddis olimlar, katta ulamolar va yirik tasavvuf namoyandalari yetishib chiqqan. “Hudud al-Olam” asarining muallifi O‘sh shahri ko‘pgina hadis olimlarining vatani bo‘lgani, ularning aksariyati O‘shiy deb atalgan nisba bilan dong taratganliklarini zikr qiladi. O‘rta asrlarda u yerda O‘shiy laqabli ko‘plab olimlar ijod qilgan” deya ta’kidlar ekan o‘shlik allomalar xususida quyidagi ma’lumotlarni keltiradi:

  1. “Mas’ud ibn Mansur ibn Mursal al-O‘shiy (vaf. 518/1125 y) - mashhur faqih. O‘shda tug‘ilib voyaga yetgan va keyinchalik Samarqandda yashagan. Rabot Hamza madrasasida mudarrislik qilgan. Alloma ilmiy merosiga oid ma’lumotlar yo‘q. Umar ibn Ahmad an-Nasafiyning xabar berishicha, olimning o‘zi, ahli oilasi va farzandi - barchalari 518/1125 yil zu-l-hijja oyining o‘rtalarida bir kunda vafot etishgan.

  2. Muhammad ibn Ahmad ibn Xolid Abu Abdulloh al-O‘shiy (vaf. 612/1216)

  • faqih. Hozircha manbalardan alloma ilmiy merosiga aloqador bo‘lgan bir asar ”al-Manasik” (Marosimlar) haqida ma’lumot topdik, xolos. “Mu’jam al-Buldon” asarida O‘sh shahridan chiqqan allomalar qatorida zikr qilingan. Buxoroda yashagan, 612/1216 yili haj safari davomida Bag‘dodda bo‘lgan. Haj ibodatini ado etgandan keyin bir yil o‘tgach, 1216 yilning safar oyida vafot etgan.

  1. Abu-l-Hasan Ali ibn al-Hasan al-Hofiz Imron ibn Muso al-O‘shiy. Bu alloma haqida “Ansob” asarining O‘shiylar nisbasidagi allomalarga bag‘ishlangan qismida uning ham O‘shdan chiqqan allomalardan ekanligi xususida





1 Kushelevkiy V.I Materialыdlya meditsinskoy geografii i sanitarnogo opisaniya Ferganskoy oblasti. Novыy Margelan, 1891. S .144-115.
2 G‘afurov T. Mo‘jiza, karomat va ilmiy dalillar. Frunze,1969. – 55.
qisqa ma’lumot keltirilgan, xolos. Shu sababdan hozircha bu alloma tarjimai holi va ilmiy merosi haqidagi ma’lumotlarga ega emasmiz.

  1. Muhammad ibn Sulaymon Abu Abdulloh al-O‘shiy-Shayxulislom, Nasiruddin nomlariga sazovor bo‘lgan alloma. Manbalarning xabar berishicha, nihoyatda zohid insonlardan biri bo‘lgan. Burhonud-din al- Marg‘inoniyning ustozlaridan biri. Alloma “Kitob al-Mashoyix” (Shayxlar haqidagi kitob) da bu zotni zikr qilar ekan, u zot barcha o‘zi eshitgan narsalarni Burhonuddin al-Marg‘inoniy ham rivoyat qilishiga ijozatnoma berganliklarini aytgan” 1.

O‘rta asrlarda yashab o‘tgan o‘shlik olimlar to‘g‘risida yozma manbalarda qiziqarli ma’lumotlar uchraydi. Masalan, Faxriddin Ali Safiy “Latofatnoma” asarida o‘shlik mashhur voiz bilan bog‘liq quyidagi hikoyani naqil qiladi:
Qozi O‘shiy ham zabardast va mashhur voizlaridan biri edi. Uning nutqi shu qadar fasohatli ediki, har qanday ko‘ngilning qulfini ocha olardi... Qozi O‘shiy ham ajoyib nutq so‘zlar va nutqi xaqini olishda ajoyib usullarni ishlatardi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling