Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Zamonasining mohir muhandislari tomonidan qurilgan bunday ajoyib hammomlarni XI-XII asrlarda Markaziy Osiyoning har bir shahrida uchratish mumkin edi. Yozma manbalarning guvohlik berishicha, Movarounnahr va Xurosonda IX- XII asr shaharlarini hammomsiz tassavur qilish qiyin bo‘lgan. Hammom bu davrda shahar hayotini belgilovchi asosiy o‘lchovlardan biri bo‘lgan. Ba’zi-bir yirik shaharlarda bir necha o‘nlab hammomlar faoliyat ko‘rsatgan. Hammom faqat yuvinadigan joy emas balki, xordiq chiqarib, dam oladigan va kerak bo‘lganda davolanadigan joy ham hisoblangan. Uzoq yurtlardan kelgan savdogarlar birinchi navbatda shahar xammomlaridan biriga kirib yuvinib, dam olish paytlarida savdo muzokaralarini ham olib borishgan. Ba’zida eng yirik oldi-sotdi ishlari hammomdayoq hal qilingan. Shuning uchun bo‘lsa kerak o‘rta asr adabiyotida biron-bir asar yo‘qqi, unda hech bo‘lmaganda bir-ikki marotaba hammom xaqida gap ketmagan bo‘lsin.
Marg‘ilonda olib borilgan arxeologik qazishmalar vaqtida X-XII asrlarga taalluqli bir necha o‘nlab badrablar (har-xil axlatlar uchun mo‘ljallangan o‘ralar) topilgan. Bu o‘ralar har bir xonadonda bir necha bo‘lib, ular har-xil oziq-ovqat chiqindilari hamda boshqa ahlatlar uchun mo‘ljallangan. Bu o‘ralarning ko‘rinishi, doira shaklida bo‘lib, diametri 0,85-0,95 m, chuqurligi 15-17 metrga yetgan. Ularni qo‘lda kovlanganligiga ba’zida "shubha" tug‘iladi. Chunki o‘ralarning devorlari tekis hamda to‘g‘ri doira shaklida. Shu bilan birga 15-17 metr chuqurlikkacha o‘ra devori bir santimetrga ham qiyshaymagan. Bu albatta ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan o‘z zamonasining buyuk injenerlik ishlaridan biridir. Bunday o‘ralarning biri meva-cheva axlati uchun bo‘lsa, ikkinchisi tashnav, uchinchisi xojatxona uchun ishlatilgan. Bu esa shaharni doimo tozalikda saqlashga imkon bergan”1. Shu o‘rinda Marg‘iloning Qizlartepa yodgorligida ko‘p yillar davomida arxeologik tadqiqotlar olib borgan yana bir qadimshunos, iste’dodli olim Farhodjon Maqsudovning Burhoniddin Marg‘inoniy yashagan davr yuzasidan keltirgan ma’lumotlariga e’tibor beraylik: “XI asrda Marg‘ilon Farg‘ona vodiysining o‘z zarbxonasiga ega bo‘lgan yirik shaharlaridan biriga aylanadi. Bu davrda Marg‘ilon Qoraxoniylar davlati ulusining poytaxti bo‘lganligi uning tez rivojlanib ketishiga sabab bo‘ladi. Bu davrda Marg‘ilon g‘arbni Sharq bilan bog‘lovchi Buyuk Ipak yo‘lining yoqasida joylashgan bo‘lib, bu savdo yo‘li Xo‘jand shaxridan o‘tgach ikki yo‘lga - shimoliy va janubiy — ajragan. Janubiy yo‘l Konibodomdan o‘tgach tog‘li So‘x hududiga va undan keyin Xaydarkon orqali O‘xna, Qadamjoy va nihoyat Marg‘ilonga olib borgan. 1Anorboev A.A. Marg‘ilonning uzoq o‘tmish madaniyatini izlab. Samarqand, 2007. – B. 32- 33. Shimoliy yo‘l esa Axsikent shahridan o‘tib yana ikkiga ajragan: biri "Miyon rudon" ("Ikki suv orasi", ya’ni Norin va Qoradaryo oralig‘i) orqali o‘zganga borsa, ikkinchisi Marg‘ilonga olib borgan Bu davrda Marg‘ilon shahri rabod (shahar atrofidagi hudud) hisobiga kengayadi. Bu yerda hunarmandchilikning barcha turlari intensiv rivojlanadi va Marg‘ilonlik savdogarlar xalqaro savdoda faol qatnashadilar. Natijada shaharda ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayot har tomonlama rivoj topadi va XI-XII asrlarda shaharni Markaziy Osiyoning eng mashhur shaharlaridan biriga aylantiradi”1. Marg‘ilon shahrining qadimiy me’moriy obidalari haqida so‘z yuritganimizda, biz, avvalo, elshunos olima Antonina Konstantinovna Pisarchikning bu borada olib borgan tadqiqotlariga to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Zero, uning samarali mehnati tufayli Marg‘ilon shahrining o‘tmish tarixi xususida keltirgan ma’lumotlari hozirga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda 2. 1938 yili O‘zbekiston hukumatining ko‘hna yodgorliklarni himoya qilish qo‘mitasi (Uzkomstaris) tomonidan Farg‘ona vodiysining milliy me’morchilik maktabi va uning o‘ziga xos an’analarini o‘rganib chiqish maqsadida uncha katta bo‘lmagan ilmiy ekspeditsiya uyushtirgan edi. Mazkur ekspeditsiya a’zosi bo‘lgan etnograf A. K. Pisarchik bir muncha vaqt Marg‘ilon shahrida bo‘lib undagi me’moriy obidalarni atroflicha o‘rganib, bu borada juda qimmatli ma’lumotlarni yig‘ishga muyassar bo‘lgan. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, A. K. Pisarchik Marg‘ilon shahridagi milliy-me’moriy obidalarni tadqiq etish davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratgan edi. Marg‘ilonning qadimgi mudofaa devorlari va darvozalari; Marg‘ilondagi qadimgi madrasalar me’morchiligi; Marg‘ilondagi masjidlarning me’morchiligi; Marg‘ilondagi qadimgi ziyoratgohlar me’morchiligi; Marg‘ilondagi milliy uslubda qurilgan xonadonlar me’morchiligi; Marg‘ilondagi milliy uslubda qurilgan hammomlar me’morchiligi. Olima A. K. Pisarchik milliy uslubda barpo etilgan me’moriy yodgorliklarni tadqiq etishda o‘sha davrdagi mohir me’mor ustalarning boy tajribasi, ularning og‘zaki xotiralariga tayangan holda ish olib borgan. Shu sababdan, A. K. Pisarchik Farg‘ona vodiysidagi milliy me’morchilik namunalari hisoblangan ko‘plab yodgorliklarni bunyod etgan ustalar haqida ko‘plab ma’lumotlar keltirgan3. Unga ko‘ra, XIX asrda yashab o‘tgan marg‘ilonlik 1 Maqsudov F. Qadimgi Marg‘ilon // Farg‘ona vodiysining qadimiy shaharlari. T.,2008. – B.67-68. 2 Bu haqda qarang: Pisarchik A. K. Polevoy otchet po ekspeditsii v Ferganskuyu dolinu 1938. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bosh boshqarmasining arxivi. № 1491; Pisarchik A. K. Stroitelnыe materialы i priemы masterov Ferganskoy dolinы// Sredneaziatskiy etnograficheskoy sbornik. M.: 1954; Pisarchik A. K. Nekotorыe dannыe po istoricheskoy topografii gorodov Ferganы// Sbornik stateyposvyashennыx isskussttvu. S., 1956. 3 Abdulahatov N. A. K. Pisarchik Marg‘ilon haqida // “Marg‘ilon shahri o‘tmishi, buguni va ertasi” mavzusidagi Respublika ilmiy seminar materiallari. Farg‘ona., 2007. 148-b. usta Muhammad Musoning farzandlaridan to‘qqiz nafari mohir ustalar bo‘lib yetishganlar. Uning usta Madusmon, usta Mamasiddiq, usta Yusufali ismli o‘g‘illari Marg‘ilondagi ko‘plab masjid va mozorlarni qurish ishlarida bosh- qosh bo‘lganlar. Hatto usta Mamasiddiq Farg‘ona shahrida bino qilingan general-gubernator uyining (hozirda teatr binosi) qurilishida faol ishtirok etgan. A. K. Pisarchik, shuningdek Marg‘ilonda yashab o‘tgan usta me’morlardan usta Turdimat (1850-1908), usta Is’hoq (1858-1933), usta Haydarali (1850-1923) hamda ustalardan Mahmud Azim, usta Hakimjon, Mirzo Alixo‘ja, Xo‘jali Solievlar tomonidan qurilgan me’moriy obidalar haqida ham qimmatli ma’lumotlar keltiradi1. Tarixiy manbalarda ko‘rsatilishicha, X asrdayoq Marg‘ilon Farg‘ona vodiysining savdo va madaniyat markazlaridan biri bo‘lgan. Istaxriyning “Kitob masolik ul-mamolik” kitobida Marg‘ilon shahri to‘g‘risida ma’lumotlar uchraydi2. XI – XIII asrlarga kelganda Marg‘ilon Markaziy Osiyoning buyuk shaharlaridan biriga aylanadi. Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davriga kelib, Marg‘ilon Farg‘ona vodiysidagi mavjud Andijon, O‘sh, Xo‘jand, Isfara, Koson, Axsi, Marg‘inon singari yetti qasaba (shahar)lardan biri sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa,3 Qo‘qon xonligi davrida Asaka, So‘x, Koson, Baliqchi, O‘sh, Marg‘ilon singari olti sarkorlikning biri sifatida mashhur bo‘ldi4. “Tarixi Rashidiy” asarining muallifi Mirzo Haydarning yozishicha, Umarshayx Mirzo hukmronligi davrida Xoja Ubaydulloh Ahror tez-tez Marg‘ilonga kelib turgan5. Uning so‘zlariga ko‘ra, Umarshayx Mirzo qayinotasi bo‘lmish mo‘g‘ul xoni Yunusxonga Marg‘ilonni hadya qilgan vaqti hazrat Xoja Ahror Marg‘ilonga keladi. Yunusxon bilan Xoja Ahrorning ilk uchrashuvlari aynan Marg‘ilonda yuz beradi. Yunusxon garchand hukmdor bo‘lsa-da, Xoja Ahrorni kutib olgani peshvoz chiqqan Marg‘ilon ahli orasida o‘zini kim ekanligini bildirmay, yuksak ehtiromini namoyish etgan holda boshini egib turaveradi. Hazrati Xoja Ahror valiyning muridlaridan bo‘lgan Muhammad Qozi Yunusxonni Xoja Ahrorga ko‘rsatgan payt ul zot otdan tushib Yunusxonni boshini ko‘taradi. Yunusxon shu tarzda o‘zining kamtarligi va ixlosi bilan Xoja Ahrorning ishonchini qozongan edi6. Bu haqda Hofiz Tanish al-Buxoriy o‘zining “Abdullanoma” asarida quyidagilarni keltiradi: 1 Pisarchik A. K. Polevoy otchet po ekspeditsii v Ferganskuyu dolinu 1938.–B.45. 2 Kitab Masalik al-mamalik al-Istaxri... S. 31. 3 Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma...-B. 35. 4 Nabiev R. N. Iz istorii Kokandskogo xanstva... S.109. 5 Azimdjanova S. A. K istorii Ferganы vtoroy polovinы XV v. T.: Izdatelstvo Akademii nauk. 1957. S.27-29. 6 Mirzo Muhammad Haydar Ko‘ragon. Tarix-i Rashidiy. Urumchi.: Shinjong xalq nashriyoti, 2008.(1) – B.251. “O‘sha vaqtda birodarlar: Sulton Ahmad Mirzo bilan Umarshayx Mirzo o‘rtasida bo‘lgan andak (bir) ko‘ngil qolishni daf’ etmoq uchun yo‘l topish doirasining qutbi va yo‘l ko‘rsatuvchilarnnng qiblasi, Tangri saropardasining mahrami Xoja Nosiriddin Ubaydulloh, unga Tangrining rahmatlari bo‘lsin, Marg‘inon viloyatiga yo‘l oldilar. Ul kishining bashoratasar xabari Andijon mardumiga va Marg‘inon xalqiga hamda Farg‘onaning boshqa shaharlariga yetgach, Umarshayx Mirzo Andijonning lashkari va (Yunusxon boshliq) Mo‘g‘ulistonning jami sipohi bilan hazrat eshonning istiqboliga chiqdi. (Hazrat eshonning) nihoyatda (zo‘r) savlati va g‘oyatda ulug‘vorliklaridan hech kim u kishining uzangilarini o‘pishga jur’at qilolmas edi. Er va ayollar to‘p-to‘p bo‘lib (u kishining) yo‘liga chiqib, otdan tushib (qo‘l qovushtirib) turardilar. (Ular) g‘oyatda ishtiyoqlaridan ko‘zlarini ul hazratning jamolini ko‘rishdan boshqaga tikmas edilar. U kishi (ularning oldidan) o‘tganlaridan keyin, o‘zlarini uning bosgan tuprog‘iga otardilar; ul hazrat ulog‘ining tuyog‘i tekkan tuproqni og‘rigan ko‘zlariga to‘tiyo qilib surardilar. Ammo Yunusxon ul hazratning mulozimati sharafi bilan tashrif topgandan so‘ng, boshqa lashkardan ajralib, yo‘l ustiga chopdi va g‘oyatda muhtojlik va ojizlik hamda benihoyat xoksorlik bilan (unga) bandalik ko‘rsatib, otidan tushdi va faqir yuzini ul ahli faxr muqtadosi otining oyog‘iga qo‘ydi. Hazrat eshon xonning muhtojligini anglab, peshvoz otdan tushib, uning bilan ko‘rishdi. Hazrat maxdum irshodpanoh mavlono Muhammad Qoziga, unga (Tangrinnng) rahmatlari bo‘lsin, dedilarki «Yunusxonni eshitganman va uning axloq va atvori barcha ko‘chmanchi turk xalqlari kabi bo‘lsa kerak, deb gumon qilardim. (Hozir) uni (o‘z ko‘zim bilan) ko‘rdim; (u) xushsuxan va tojik chehrali, Tangrining mehribonchiligi bilan musulmonchilik haqiqatidan bahramand (bo‘lgan) bir podshoh ekan”. Nihoyat, Yunusxon ul hazratning kimyoasar nazarlaridan o‘tgandan keyin, ul hazrat uning to‘g‘risida inoyat qilib Qoshg‘ar hududi va Dashti Qipchoqdan tortib (to) Xuroson va Iroqqacha (bo‘lgan) atrof va joniblarga maktub va elchi yubordilar. (Bu maktublarning) mazmuni bunday: “Yunusxonni ko‘rdik. Mo‘g‘ul xalqi (yashagan yerlar)ga yetdik; (u bilan) tanishdik. Hammala-ri ahli sunnat va jamoat mazhabida (bo‘lib), pok e’tiqodli va sof niyatli ekanlar; (bundan buyon) hech bir yo‘l bilan ularni qul qilish mumkin emas”. Shundan so‘ng hamma yerda uning buyruqlariga bo‘ysunib, mo‘g‘ul(lar)dan qul olmadilar va sotmadilar”1. Xoja Ahrorning Marg‘ilonga tez-tez kelib turishlari haqida XV asrning oxirida Marg‘ilonda yashab o‘tgan alloma mudarris Mavlono Shoh Husayn Chorkuhiyning keltirgan hikoyasiga e’tibor beraylik: “Ushbu muloqot vaqtida Hazrati Nosiriddin Ubaydulloh Xoja Ahror yaqinda Axsikentga Mirzo Umarshayx huzuriga borish niyatida ekanliklarini bildirdilar. Ul zot Marg‘inon yo‘li orqali o‘tdilar. Marg‘inonda butun shahar a’yonlari va diyor ahli istiqbollariga chiqdi. Men ham shu jamoa bilan birga edim. Parika mavzesiga yetganimizda Hazrati Eshon o‘z yaqinlari bilan ko‘rindilar. Hamma otdan tushib hazrati Xojani tavof qilishga oshiqdi. Men o‘zimga dedim; “Ey Shoh Husayn botiningda shuncha kamchiliklaring bilan bu aziz zotga yaqinlik davo qilasanmi? 1 Hofiz Tanish al-Buxoriy. Abdullanoma. T.: Sharq, 1999.– B. 71. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling