XIVA XONLIGI VA QO’QON XONLIGI DAVRIDA SAN’AT TARIXI. XORAZM MILLIY LIBOSLARI
Reja
1.Xiva xonligi davrida san’at tarixi.
2. Qo’qon xonligi davrida san’at tarixi.
3.Xorazm milliy liboslari tarixi
Xiva xonligi — oʻzbek davlatchiligi tarixi bosqichlaridagi Oʻrta Osiyoda mavjud boʻlgan uchta oʻzbek xonliklaridan biri (1512—1920 yillarda). Poytaxti — Vazir, Koʻhna Urganch, 16-asrning 70-yillaridan boshlab — Xiva shahri.
Tashkil topishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Temuriylar tasarrufida boʻlgan Xorazm hududini Shayboniyxon 1505 yilda bosib olgan. Shayboniyxon vafoti (1510 yil) dan keyin Xorazm Eron safaviylari qoʻl ostiga oʻtdi. Ularga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib, unga Vazir qalʼasi qozisi Umar va Baqirgʻon qishlogʻidan mulla Sayd Hisomiddin boshchilik qildi. Ikki yil davom etgan kurashlar natijasida eroniylar mamlakatdan quvib chiqarilgan va xorazmliklar taklifi bilan 1511 yilda Vazir shahrini egallagan shayboniylardan Elbarsxon Xorazm hukmdori deb tan olingan.
1512 yilga kelib xonlik hokimiyati koʻchmanchi oʻzbeklarning boshqa urugʻi (shajarasi) rahbari Ilbarsxon qoʻliga oʻtadi. Shu vaqtdan boshlab Xiva xonligi yuzaga keladi, uning poytaxti turli yillarda Vazir, Qoʻhna Urganch va Xiva shaharlari boʻlgan. Xonlik tarkibiga Xorazmdan tashqari Mangʻishloq, Balxan togʻlari, Dehiston, Oʻzboy(Uzboy) va Oʻrta Xuroson hududlari kirgan.
Elbarsxon (1511—16) bilan birga Dashti Qipchoqdan Xorazmga kelgan qabilalar oʻtroqlashganlar. Uning davrida xorazmliklar Turkmanistonning janubiy qismi, Eron shimolidagi Saraxs, Orol va Mangʻishloqni egallashgan. Yangi yerlarni Elbarsxon oʻgʻillari va ukasi, qarindoshlariga boʻlib berishi natijasida mayda hokimliklar paydo boʻlgan. Elbarsxon vafotidan keyin uzluksiz oʻzaro nizolar sababli xonlar tez-tez almashib turgan. 16-asrda Xiva xonligini Sulton Hojixon (1516), Husaynqulixon (1516), Soʻfiyonxon (1516—22), Bujaqaxon (1522—26), Avaneshxon (1526—38), Alixon (1538—47), Akatoyxon (1547—56), Yunusxon (1556—57), Doʻstxon (1557—58), Hoji Muhammadxon (1559—1602) lar boshqarganlar. Bu davrda xalq, Elbarsxon avlodlari oʻrtasidagi oʻzaro qirgʻinlaridan tashqari Buxoro va Xiva xonligi oʻrtasida urushlar azobini ham tortishga majbur boʻlgan. Buxoroliklar Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronlik davrlarida (1537—38; 1593; 1595—98) Xorazmga hujumlar qilib, qisqa vaqt Xiva xonligini Buxoroga boʻysundirganlar. Bu urushlar va 16-asrning 70-yillarida Amudaryo oʻzanining oʻzgarib, Kaspiy dengiziga oqmay qoʻyganligi ham Xorazm iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatgan. MUSHTARIY ESHONQULOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |