1. Xiva xonligi davrida san’at tarixi. Qo’qon xonligi davrida san’at tarixi. Xorazm milliy liboslari tarixi Xiva xonligi
Download 72.14 Kb.
|
XIVA XONLIGI VA QO’QON XONLIGI DAVRIDA SAN’AT TARIXI. XORAZM MILLIY LIBOSLARI
Islomxoʻja (1872-1913.9.8, Xiva) — Xiva xonligining bosh vaziri. Xo-razmda jadidchilik harakati oʻng oqimi rahbarlaridan biri. I. Muhammad Rahim II va Asfandiyorxon xukmronligi davrida Xiva xonligi delegatsiyasi tarkibida Sankt-Peterburg va Moskva sh.larida bir necha marta boʻlgan (1907— 12). Ilgʻor Yevropa madaniyatini targʻib qilgan. Xudoybergan Devonovga Xorazmda kino va surat olish ishiga asos solishida homiylik qildi. Uning tashabbusi bilan Xiva va b. shaharlarda Islom-xoʻja madrasasi va minorasi, Nurulla-boy saroyi, kasalxona, elektrostansiya qurildi, jadid maktablari, hatto rus maktablari ochildi (1908—12). Asfandiyorxon hukmronligi davrida bosh va-zir (1910—13) boʻlib, xonlikning jan. qismini idora etgan hamda xorijiy davlatlar bilan boʻladigan aloqalarni boshqargan. Xonlikni idora etishdagi xizmatlari uchun "vaziri akbar" unvoni berilgan. 1910-yil u xonlikda islohot oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmonni ishlab chiqishda faol ishtirok etdi. Sugʻorma dehqonchilikka asoslangan Xorazmda dehqonlarning ahvolini yengillatish uchun yer soligʻini kamaytirishga harakat qilgan. Yosh xivaliklar partiyasining asoschisi Polvonniyoz Hoji Yusupovning yozishicha, taraqqiyparvarlik gʻoyalari uchun oʻz kuyovi Asfandiyorxonning buyrugʻi bilan vahshiyona oʻldirilgan[1]. Ushbu madrasa va minora XX asr boshida Vaziri Akbar Islom xo‘ja tomonidan qurilgan. Madrasa 42 ta hujradan iborat bo‘lib, unda 100 ta talaba o‘qigan. Uning old tomoni ikki qavatli bo‘lib, baland peshtoqi madrasani hashamatli qilib ko‘rsatib turibdi. Islom Xo‘ja madrasa vaqfi uchun o‘z mulkidan 14451 tanob (5780 gektar) er ajratgan.
Madrasa kirish eshigining ustiga marmar namoyon mahkamlanib, unga madrasaning qurilish tarixi bitilgan. Madrasa koshinlarini tayyorlagan usta o‘z nomini kirish eshigining chap tomonidagi koshin plitkalardan bittasiga yozib qoldirgan. “Esh Muhammad ibn Xudoy Berdi 1328”. (1910 yil). Madrasada hozirgi vaqtda Xorazm Amaliy San’ati muzeyi joylashgan. Unda XIII - XX asrlarga oid bo‘lgan bebaho san’at durdonalaridan yog‘och o‘ymakorligi, to‘qimachilik, gilamchilik, mis o‘ymakorligi, zargarlik buyumlari kabi to‘plamlarning namunalari namoyishga qo‘yilgan. Download 72.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling