1. Xiva xonligi davrida san’at tarixi. Qo’qon xonligi davrida san’at tarixi. Xorazm milliy liboslari tarixi Xiva xonligi


Download 72.14 Kb.
bet5/10
Sana17.06.2023
Hajmi72.14 Kb.
#1529806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
XIVA XONLIGI VA QO’QON XONLIGI DAVRIDA SAN’AT TARIXI. XORAZM MILLIY LIBOSLARI

Islom xo‘ja minorasi
Islom xo‘ja madrasasi oldida qurilgan minora o‘zining hashamati va chiroyi bilan tomoshabinni hayratga soladi. Minoraning balandligi 51 metr bo‘lib, uning qurilishiga yarim million g‘isht ishlatilgan. Minoraning tepasi bejirim karniz va qubbali fonus bilan tugallangan. Fonus yuzasi turli shakldagi sopol-g‘ishtchalar bilan hoshiyalangan, ularning orasi esa rang- barang sirkor koshinlar bilan to‘ldirilgan. Fonus va karniz yashil-zangori, lojuvard (moviy) va oq rangdagi sirkor g‘ishtchalar bilan qoplangan. Xivaliklar “Xo‘jani minorasida to‘rt fasl va o‘n ikki oyning bezagi bor” –deb ta’riflaydilar. Minoraga aylanma zinapoya orqali (balandligi 35 – 40 sm., 118 ta zinapoya) ko‘tariladi. Ichkariga yorug‘lik tushib turishi uchun aylana bo‘ylab 10 ta tuynuk ishlangan. Yuqorisining umumiy kuzatuv maydonchasida 6 ta panjarali deraza o‘rnatilgan. Minorani 14 ta koshinli belbog‘i bezab turibdi. Uning tepasiga balandligi ikki yarim metrlik misdan ishlangan qubba qo‘yib, ustiga shamol harakatiga qarab aylanib turadigan hilol oy tasviri o‘rnatilgan. 1997 yilda bu o‘nta bo‘lakdan iborat bo‘lgan qubba erga tushirilib, tilla suvi bilan qoplandi va o‘q teshib o‘tgan joylari ta’mirlandi. 
Minoraning qurilishiga shoir Niyoziy tarix bitgan va uni xonning buyrug‘i bilan marmarga yozib, minoraning erdan chamasi o‘n metr balandligida o‘rnatishgan.
Dishan qalʼa (tashqi qalʼa)— Xivaning rabod qismi. 1842 y.da Xorazm xoni Olloqulixon Xivani tashqi hujumdan saqlash uchun devor (uz. 6250 m, bal. 7—8 m, devor qalinligi 5—6 m.) bilan oʻratgan. Qurilishga koʻp aholi jalb qilinib, qalʼa 6 haftada bitkazilgan. D. q.da 10ta darvoza boʻlgan: Hazorasp (Qoʻy), Pishkanik, Bogʻi shamol, Shayxlar, Tozabogʻ, Shohimardon, Doshoyoq, Qoʻsh, Gadoylar va Gandumiyon (Hazorasp va Qoʻsh darvozalaridan boshqalari saqlanmagan). D. q.ning bosh koʻchalari (Hazorasp, Bogʻi shamol, Shohimardon, Qoʻsh) Nurullaboy saroyi, Sayidboy madrasasi va masjidi, Sayid Mohi rui jahonToʻrt ShabbozAbdolbobo majmualari kabi koʻpgina obidalar saqlanib qolgan. D.q.da hozir maʼmuriy va maishiy binolarxiyobonlar barpo etilgan.

Download 72.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling