SAN’AT VA ME’MORCHILIK
Qo’qonda hattotlik san’ati va me’morchilik ham rivojlangan. Muhammad Latif, Mirzo SHarif dabir, Abdulg’ozixoja kabi hattotlarning kitob ko’chirishi borasida o’zlari amalga oshirgan hayrli ishlari bilan tarixda nomlari qoldi. Kitoblar shunday did bilan ko’chirilganki, harbiy mamlakatlar shahri uchun elchilarga ana shunday nafis ko’chirilgan kitoblarni tortiq qilish xonlikda odatga aylangan edi. Amir Umarxon Turkiston va uning atroflarini oroldan yettisuvgacha egallab, Oqmasjid (Qizil O’rda) Avliyo ota (Janbul), Pishpak (Bishkak) qal’alarini bunyod etdi. Uning davrida Qo’qonda va boshqa nohiyalarda ko’plab binoyi hayrlar qilingan. Norbutabiy madrasasi (1799), Muhammad alixon madrasasi, Madrasayi Kalon qozi (1820), madrasai Tunqator, Madrasai Moxlaroyim, Madrasai Haqquli Mingboshi (1825), Madrasai Miyon Xazrat, Madrasai Moxlaroyim, madrasai Xakim To’ra (1795), Madrasai Xonxoja eshon (1789), Madrasai Buzruqxo’ja (1801), Madrasai Pirmuhammad YAsovul (1802), Madrasai Xojabek (1805), Madrasai Oxund devonbegi Jome’ (1817), Madrasai Norbutabiy (1827) shular jumlasidandir.
Xorazm ayollari liboslari
Xorazm ayollari liboslari - uzining udumlari, milliy uziga xosligi, matolarning ranglari, kolaversa tikilish uslublari bilan boshka viloyatlar kiyimlardan fark kilgan. Kiyimlarda xozirgi kungacha kadimdan kolgan an’analar, uziga xosligi, tarkibi va rasm – rusmlarni davomiligi saklanib kolgan. Ayollar kiyimlari rang – barang, xilma xil va jozibali bulib, umumiy majmuasiga kuyidagilar kiradi:
–– tanaga kuylak (guynak) kiyilgan va lozim (ishton);
–– kuylak ustidan xalat (elak) kiyilgan. Unga yupka paxta kuyilib tikilgan;
–– paranja, chachvon;
–– taxya, rumol, lachak yoki bosh urov, xar xil takinchoklar.
Xotin kizlarning asosiy an’anaviy ichki kiyimi uzun kuylak va lozimdan iborat bulgan, kuylakning etagi kengayib borib tuppikgacha tushib turgan, yokasi yotik bulib chetlari boshka rangli matodan tikib bezatilgan, ayrim xollarda jiyak bilan bezatilgan, englari keng va uzun bulib, kullarinin yopib turgan. Englari kul kutarganda tortishmasligi uchun, usha kuylak matosidan yoki boshka matodan «kishtak» (og) tikilgan, kuylakning chekka kismlari jiyak bilan bezatilgan. Yoshi utgan ayollar kuylaklarining jiyaklari kora matodan bulgan. Kuylak yokasida tikilgan jiyakning oxirigi kismi sochokli bulib, bu sochoklar urilib bogich kilingan va yokani bir biriga boglash uchun ishlatilgan. Ayollar uy ichida bitta, kish paytida esa ustma ust kuylaklar kiyib yurishgan. Bayram kunlari yoki kuchaga chikishganda ustma ust uch kuylak kiyishgan, karindoshlariga, mexmondorchilikga borganda kuylaklarning kupligini bildirish uchun uzlari bilan bir necha kuylak olib yurishgan va almashtirib kiyishgan.
Kizlar va yosh ayollar kuylaklari xar xil rangli chitlardan va ipak matolardan tikigan. Yoshi utgan ayollar kuylaklari esa oddiy tuk kuk va yashil rangli matolardan tikilgan, yoshi utib kariyalikga etganda ayollar ok chit yoki kora rangli matodan kuylak kiyishgan.
Izlanishlar natijasida shu xulosaga kelindiki kiyimlarning uzliksiz uzgarishlari va rivojlanishi mamlakatlarni bir biri bilan savdo va madaniy alokalarda uzaro tasiri kuchli bulgan, kiyimlar moddiy yodgorliklar ichida iste’molda bulgan va oxirgacha foydalanilgan. Shuning uchun bizgacha etib kelgan kiyim kechiklar XIX asr oxiri XX asr boshlariga ta’luklidir. Xorazm Xotin kizlarining kiyimlar majmuasidagi «nikox» kuylagi aloxida urin egallaydi. Boy oilalarda bu kuylak ipak matodan tikilgan va bezaklar bilan bezatilgan. Ipak matodan tikish imkoni bulmagan oilalar, arzonrok gulli va rangli matodan kuylaklar tikilgan.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xorazmda Xiva, Xonka, Xazarasp shaxar va kishloklaridagi kariyalarni xikoyalariga karaganda - nikox kuylak ok ipak matodan tikilgan, ins jinslardan, gamu – andugdan saklashligi uchun kukrak yoki kultik kismlariga «tumor» osilgan. Nikox kuylagi tuy kechasi kelin kiygan, tuy utgandan 2 – 3 kundan keyin kaynonaga berilgan.
XX asr boshlariga kelib xotin kizlar kiyimlarida uzgarishlar sezila boshladi. Endilikda kuylaklarning englari va etaklari kaltarok, kengligi torayib yosh ayollar kuylaklarida tik yoka, tugmali yokalar paydo bula boshladi. Bu axvol asosan kizlar va yosh ayollar kiyim kechaklarida sezildi, lekin yoshi utgan va kishlok joylardagi ayollar avvalgi milliy andozani saklab koldi.
Ayollar ust boshining ikkinchi asosiy bulagi lozim (ishton) bulib, yukori kismi kayrilib baxiyalari orasidan ishton bog utkazilgan. Lozim ikki xil matodan tikilgan, pastki kurinadigan kismi kimmatrok va chiroylirok, yukori kismi tizzadan beligacha orzonrok matodan tayyorlangan. Lozimning chekkalari nafis kilib jiyaklar bilan bezatilgan. Lozimlarning kengligi va uzunligi turlicha bulgan, boshka kiyimlar kabi kulda tikilgan. Kelinchakning lozimi chiroyli gullar bilan bezatilgan rangli ipak matodan tikilib, tuy kuni buni onasi kiygizgan. Shu lozimni kelin tuy utgandan keyin besh kungacha kiyib yurgan.
Libos majmuasiga yana bir asosiy ust bosh «elak» (xalat)ni kirgizish joiz. Elak, tikish mashinalari kirib kelmasidan oldin kulda tikilgan. Uning ostari chiroyli gulli chit bilan yupka paxta kuyib ostarlangan. Elak turli gazlamalardan tikilgan, kundalik elaklar olacha matodan, bayram va tuylarda kiyiladigan elaklar ipak, partovus, shoyi matolardan tikilgan. Ayollar elaklari erkaklar chaponidan fark kilib, bichimi uzunrok, old kismi ochik va kengrok bulgan. Elakning englari erkaklarnikiga nisbatan kaltarok va kengrok tikilgan.
XIX asr oxiriga kelib Ovropa mamlakatlari bilan savdo sotik munosabatlari orkali kiyim kechaklarni tikish mashinalari olib kelina boshlandi va bu tikuvchilarga kulaylik yaratdi. Xalat, tunlar mayda yul – yul kilib baxyalanib tikilgan, ayrim elaklarda tirsak kismida kulni chikarib ish kilish uchun 7 – 10 sm. xajmda kesik joy koldirilgan, ung yoki chap yon tamonida chuntak uchun 20 – 25 sm. xajmda kesik joy koldirilib ichkari kismdan boshka matodan xaltacha tikilgan. Ayollar elaklari asosan ipak, shoyi, kizil yashil kuk rangli muralangan olacha matolardan tikilgan. Uziga tuk oilalardan chikkan xotin kizlar tuy bayram va mexmondorchilikga borganda baxmal, kimxob matolardan tikilgan elaklar kiyishgan. Yukorida ta’kidlanganidek ularning astari yupka paxta bilan kayilib, gulli chit bilan koplangan. Yoka, eng va ichki kismi ipak mato bilan 10 – 15 sm. kenglikda koplanib, chekka kismilari kizil, kuk, sarik jiyaklar bilan bezatilgan. Xorazmda elak ayollarning nafakat kundalik kiyimi, balki kelinchakga beriladigan tuy sarposi ichida kiyimlar tarkibining bir bulagi edi. Yigit bilan kizning fotixa tuyi utgandan keyin, kuyov tamonidan kelin tarafga xar xil gazlamalr bilan birgalikda elak uchun 2 – 3 bulak kimmat baxo matolar xadya kilingan. Bu elaklarni tuy kunigacha tikib bitkazilgan va kelinchak uzi bilan kuyov uyiga olib kelib xayot davomida kiyib yurgan. Ayol olamdan utgandan keyin shu elak bilan usti bosirilib kuyilgan.
XX asr boshiga kelib shaxar sharoitida elaklarni urnini kamzul egallab, elak, xalatlar fakat kishlok joylarda va yoshi utgan ayollarning ustki kiyimi sifatida saklanib koldi. Kamzullar asosan kora satin, baxmal va boshka matolardan tikiladi. Kamzulning ostari chit matolar bilan astarlanib old kismi tugmalr bilan yopiladigan buldi.
Ayol kishilarning libosi tarkibida yana bir ust bosh «paranja» xisoblanadi. Paranja, ayol kuchaga chikkanda nomaxramga yuzini kursatmaslik maksadida kiyilgan. Paranjining old tamoni, ayollar yuz kismi chachvon bilan yopilgan. Bu ust bosh urta Osiyo xududlarining xamma joylarida mavjud bulgan. Paranja asosan olacha, baxmal matodan tikilib, ostari chit bilan ostarlangan. Bu boshdan kiyiladigan bulib, oyok tavonigacha yopib turgan, yolgondagi englari orka tamoniga kayrilib, bir – biriga birkitilgan, yuzni yopadigan chachvon ot dumining sochlari va paxta iplari bilan igirilib tayyorlangan. Paranjani 15 yoshdan boshlab kiyib yurishgan. Kishlok joylarida esa paranjani boy oilalardan chikkan ayollar kiyib yurishgan. Oddiy oiladan chikkan ayollar kucha kuyda boshiga elak tashlab, chachvon takishgan yoki nomaxram uchrab kolsa kuylak englari bilan yuzini yashirishgan. Vakti kelib paranja kiyish odattdan chikib ketgan.
Xorazm ayollar bosh kiyimlari yoshi va etnik guruxiga karab bir biridan fark kilgan. Kizlar turmushga chikkuncha boshiga taxya (tayxa) kiyishgan. Taxya dumalok shaklida bulib, ichki kismi yupka paxta bilan kayilib, chit mato bilan astarlangan. Keyinchalik paxta urniga kattik kagoz kuyib tikilgan. Kup xollarda taxyaning ustki kismiga kora va gulli baxmal ishlatilgan. Taxyaning pastki kismining chekkalari kizil, kuk, sarik, ok ipak iplar bilan tasma tukilgan, tasmaning oxiri popuk (papak) shakliga keltirilgan. Taxyalarda popuklar orka tamoniga kuyilgan. Xotin kizlar taxyani ustidan ok, yashil ba’zida kizil rangdagi ipak rumollar bilan urab kiyib yurishgan. Odatda taxyani kizlar turmushga chikkuncha kiyishgan. Keyinchalik esa kelin kozma taxya kiygan. Kozma taxya xam shu andozada tikilib ustka kismi chiroyli rangdagi baxmaldan bulib, yukoriga karab uchlanib boradi. Bu taxyani kuyov tamonidan kelinga sovga kilingan, tuy kuni kozma taxya urnini chumakli taxya egallagan. Bu taxya ipak va parcha matolardan tikilib kurinishi konus shaklida buladi. Taxyaning ichki kismi yupka paxta kayilib, buz mato bilan ostarlangan. Chumakli taxya kelin kiyimlari majmuasiga kirib xar xil zargarlik takinchoklari bilan bezatilgan. Turmush kurgan ayol bu taxyani 3 – 4 yilgacha bayram kunlari kiyib yurgan.
Ayollar bosh kiyimi bulmish bu taxyalar xozirgi kunda kiyish udumdan chikkan, kozma taxyalar XX asr 30 – 40 yillargacha kiyilgan, chumakli taxyalar esa XIX asr oxirlarida foydalanishdan chikkan. Ayollar 2 – 3 bolali bulgandan keyin 20 – 24 yoshda boshlariga lachak urashgan. Lachak chumakli taxyaga uxshagan duppi ustidan uralgan. Bu duppining yukori kismi uchli bulib, boy oilalarda guli kimxob matodan, oddiy oilalarda kizil rangli chitdan tikilgan, duppining orka kismida ikkita bogichi bulgan. Bu bogichlar lachakni maxkam tutib turish uchun iyak tagidan boglab kuyilgan. Lachak maxsus ustalar tamonidan tayyorlangan, ularga «usta lachakchi» deb aytilgan. Lachak kiygizish udumi milliy marosimlarga kirib «lachak tuy» deb aytiladi. Lachak xar xil takinchoklar bilan bezatilgan. Eng asosiy takilishi kerak bulgan detallardan - boyugli «ukki» parini lachakga kistirishgan. Ayollar 50 – 55 yoshlariga etganda lachak kiyish uzgartirilib turma yoki kizil rangdagi rumol urniga ok yoki kuk rangdagi rumollar lachakga uralgan. Yoshi utgan ayollarning lachaklari uzun ok matodan uralgan, kish kunlari ustidan yung rumol (puta) uralgan.
Xorazmda 7 yoshdan 15 yoshgacha bulgan kizlar boshlariga ok, kizil chit yoki ipak rumol urab yurishgan. Bundan tashkari kizlar boshlariga taxyalar kiyib atrofini chalma kilib rumol bilan urab kuyishgan. Odatda bu rumollar chit yoki ipak matodan tayyorlangan. Boy uziga tuk oilalardan chikkan kizlarga turma olib berishgan. Yoshi utishi bilan ayollar boshidagi rumollar uzunligi 3 – 4 metrga etgan. Katta uglini uylantirgandan keyin (35 – 40 yosh) rangli rumollarni echib, ok rumol urashgan. Bu udumlar keyingi vaktlarda udumdan chikib, 70dan oshgan ayollar orasida shu rasmlarni ba’zi bir elementlari saklanib kolgan.
Xorazm ayollarini oyok kiyimlari maxsi va uning ustidan kiyadigan kuvushdan iborat. Yoz kunlari oyok yalang, kish kunlari esa poytava yoki yungdan paypok (jurab) bilan kiyishgan.
Ayollarning oyok kiyimlari kundalik, bayramona va tuy marosimlarga kiyadigan turlari bulgan. Tuyda kizil yoki gulli nakshli maxsi kiyilgan, kundalik etikka «sori» maxsi deb aytilgan. Bu maxsilar kuyning kayta ishlangan yupka terisidan tayyorlanadi. Poshnasi charmdan bulib, ipak ip bilan tikishgan. Maxsining ustki kismi xar xil rangdagi ipak iplar bilan gul va nakshlar kilinib bezatilgan, kuchaga chikkanda maxsi kuvush bilan kiyib yurilgan. Maxsining ikkinchi turi kizil maxsi bulib, kelin tuyda nikox kuni kiygan, tuydan keyin 5 – 6 yilgacha kiyib yurgan. Bu maxsi xam sarik maxsiga uxshab tikilgan, lekin charimi kizil rangda buyalgan. XX asr boshlarida shaxar joylarida kelinning kiyim majmuasiga kiradigan gulli maxsi charim bulaklaridan kurama kilib tikilgan, unga gulli kuvish xam tikilgan. Asosan bu maxsini boy oiladan chikkan kelinlar kiyishgan. Bu oyok kiyimlaridan tashkari ovrupa savdo munosabatlari orkali oyok kiyimlarining boshka turlari, kunjli etik, ukchasi baland etiklar, talatin kuvish, nugay kuvish, rezina kuvishlar kiyish rasm buldi.
Kelin nikox kuni maxsi bilan kiyadigan poytavaning tuy marosimida uz vazifasi bulgan, poytava ok matodan tayyorlanib nikox kechasi tushagi orasiga kuyilgan. Bu tuy ertasi kuni kelin tamonidan kaynonasiga kursatilishi shart bulgan udumlardan biri.
Kish kunlari yoshi utgan ayollar kuvish bilan yungdan tukilgan paypok (jurab) kiyishgan. Uyda ayol yakinlaridan biri olamdan utsa marosim kiymlarni kiyishgan. Ularning ust boshi ok matodan tikilgan bulishi kerak. Aza kunlari ayollar «aza kuylagi» kiyishgan. Bu kuylak bir xil rangda ok, kuk bulishi va uning chekka kismlari choklanmagan bulishi kerak. Aza kunlari ayollar takinchok takishmagan, olamdan utgan kishining 40 kunligi utmasdan uyda kir yuvilmagan, aza tutish bir yilgacha davom etgan. Bir yillik marosimi utkazilgandan keyin, ayollar odatdagi kiyim kechaklarni kiyishi mumkin bulgan.
Zargar ustalarning «Dunyoda bita – yu bitta ayol kolsa xam, zargarlarga olam jaxon ish topiladi» degan nakli bor. Xorazm ayollarining libos majmuasini zargarlik takinchoklari tuldirgan: bosh, buyin, chakka, kulok, burun, kultik, bel va boshka takinchoklarning butun bir majmuasini ishgol etadi. Bu xammasi xotin kizlarning libosini tuldirib, xonadonda tuy bayram va marosimlarda takiladi. Ba’zi bir zebu ziynatlar bir umr takilib yuriladi. Zargarlik buyumlari turli tuman bulib, uziga xos nomlanadi. Peshonaga takiladigan «osmaduziy», «tangaduziy», kulokka zirak, burunga «arabak», kukrakka «shavkala», ikki yon bosh chakkaga «butun tirnok», «bodomoy», sochga «sochpopuk», buyin bezagi «buyin tumor», bel bezagi «kalit bogi», «peshxolta», «kamar», bilakga «bila uzuk», barmok bezaklari «uzuk» va boshkalardan iborat. Bu bezaklarning asosiy kismi kumish va oltindan ishlangan bulib, xar xil toshlar bilan bezatilgan. Xorazmda bu bezaklar nikox kuni ertasi, «kelin kurar» da osilgan, chunki kelin mexmonlar oldiga juda jozibali bulib chikishi kerak bulgan. Bu takinchoklarning kup kismi tuydan keyin bir yilgacha kelin kiyimida takib yurish shart bulgan. Uy ichida takinchoklar mexmon kelganda va bir yilda uch bayram Ruza va ramazon xayiti yana yangi yilda navruz bayramida takib yurilgan. Bir bola tugilgandan keyin yosh ayol takinchoklarni ma’lum bir kismini takkan, boshka asosiy kismi juda extiyotkorlik bilan bolalari tuyigacha saklab kuyilgan.
Bu bezak va takinchoklar xar xil kimmatbaxo toshlar bilan bezatilgan. Feruza, marvarid va boshka toshli zargarlik buyumlari nixoyatda kadrlangan, chunki ular inson uchun fakat bezak buyumlari bulib kolmay, balki soglik uchun inson ruxiyatiga ijobiy ta’sir etgan. Masalan: marvarid inson organizmini mustaxkamlaydi, yurakdagi tushkunlik va istirobni xaydaydi, kuz kurish kobiliyatini oshiradi, jinlardan saklaydi, ogizdagi kulansa xidlarni yukatadi, oshkozondagi, jigardagi toshlarni maydalaydi. Feruza esa, kudratli tumor sifatida takilgan, oshkozon, kuz kasalligiga shifobaxsh, ilon chakkanda eng yaxshi davo xisoblangan. Sadaf, sharkda xam, Ovropada xam yukori baxolangan, undan boldok, ilma tugmalar yasalgan, uni oshiklar maxbubasiga sovga kilgan, uni takkan kishini ajin va sepkildan asragan, zexinni ravshan kilgan, ruxiyatni kutargan. Ayollar bu bezaklarni takib yurishidan maksad, takinchok va toshlar xam bezak sifatida xam turli ofat balo kazolardan, yomon kuzdan saklagan.
XX asr boshlarida tugilgan keksa ayollar xikoyalaridan yukorida kursatib utilgan xotin kizlar kiyim kechak majmuasi xakikatdan xam shu andozada bulganligi tasdiklangan. Ta’riflab berilgan ayol kishi liboslari XIX – XX asrda Xorazmda shu rusmda bulgan, lekin boy oilalardan chikkan ayollarning kiyim kechaklarining nisbatan boy va takinchoklarning kupligi bilan fark kilgan. Shunday kilib Xorazm ayolining XIX – XX asrlarda kiyib yashagan liboslari urganilar ekan, bu bizga manaviy va moddiy madaniyatimizni urganishda yangi bir saxifa buldi. Bu ijtimoiy xayotning urf odatlari ba’zi bir diniy etikod, nafosat va estetik normalarini uzida aks ettirgan, ularning yashagan joyi xayotdagi kuvonch yoki kayguli kunlari va umr fasllari namoyon buladi.
Odilbek Ibragimov. Xorazm amaliy san’at muzeyi bulim boshligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |