1. Xiva xonligi davrida san’at tarixi. Qo’qon xonligi davrida san’at tarixi. Xorazm milliy liboslari tarixi Xiva xonligi


Download 72.14 Kb.
bet6/10
Sana17.06.2023
Hajmi72.14 Kb.
#1529806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
XIVA XONLIGI VA QO’QON XONLIGI DAVRIDA SAN’AT TARIXI. XORAZM MILLIY LIBOSLARI

Kaltaminor — Xivadagi meʼmoriy yodgorlikMuhammad Aminxon madrasasining old tomonida joylashgan. Oʻrta Osiyoda eng katta va baland qilib qurish moʻljallangan (taxminan 70–80 m). 1852 y. qurila boshlanib 1855 y.da xonning vafoti tufayli chala qolgan (nomi shundan). Hozir K.ning bal. 26 m, asosining diametri — 14.2 m. Bezagida oq, yashil, feruza rangli koshinlar qoʻllanilgan (feruza rangli koshin koʻp ishlatilganidan koʻkminor deb ham ataladi). Xiva sh.ning 2500-yilligi arafasida (1996—97) K.ning koshinkori bezaklari toʻliq taʼmirlandi va undagi "nastaʼliqyozuvlari qayta tiklandi.[1]
Pahlavon mahmud, Puryoyvaliy, Qitoli (1247, — 1326, Xiva) — shoir va mutafakkir. Futuvvat-juvonmardlik guruhining ulug peshvolaridan biri. Fors tilida ijod qilgan. Postindo'zlik, telpakdo'zlik bilan shug'ullangan. Hindiston va Eronda polvonlikda dong taratgan. Shunga ko'ra, Paxlavon Mahmud deb atalgan. Fors va turkiy xalqlar adabiyotida Umar Xayyomdan so'ng faqat ruboiy yozgan shoir P.M.dir. U Xayyomning oddiy taqlidchisi bo'lmay, mushohada kuchi jihatidan u bilan barobar turgan. P. M. shahar hunarmand kosiblarining futuvvat-juvonmardlik harakati (13—14-asrlar) tashkilotchisi, ma'naviy rahnamosi bo'lgan. Ko'pchilik ruboiylari mardlik, marhamat va shavqat, saxovat va oli-janoblik kabi juvonmardlik prinsiplari asosida yozilgan. Asarlarida tasavvuf ta'limotining nazariy g'oyalari bilan juvonmardlik tariqatining amaliy qoidalari o'zaro omuxta holda bayon qilingan. Unga ko'ra, xudo diydori koinotdagi barcha mavjudotlarda aks etadi. P. M. moddiy borliqning manguligi, inson va tabiat, yor vasli va uning lazzati haqida fikr yuritadi. Ruboiylari fikrning ravshanligi, mazmunning teranligi, obrazlarning rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ularda "yor", "do'st", "ma'shuqa", "jonona" kabi so'zlar turli manolarda, so'fiyona she'rlarida "xudo" manosida keladi. P.M.ga nisbat beriladigan "Hazrati Paxlavon ruboiylari"ning qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
"Qomus ul-aʼlom" (Sh. Somibek) va "Otashkadai Ozariy" (L. Alibek) va "Haft-iqlim" (A. Roziy) nomli asarlarda xabar berilishicha, P. M. "Kanz ul-haqoyiq", ("Haqiqatlar xa-zinasi", 1303—04) nomli masnaviy ham yozgan, lekin asar hali topilmagan. Xorazmda yozilgan qoʻlyozma mano-qibdya shoir hayoti haqida maʼlumotlar bor. Uning vasiyatiga koʻra, jasa-di oʻzining poʻstindoʻzlik ustaxonasiga dafn etilgan. Vaqt oʻtishi bilan maqbara atrofida Pahlavon Mahmud majmuasi vujudga kelgan. Ruboiylari Toʻxtasin Jalolov, Muinzoda, Vasfiy, Matnazar Abdulhakimov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Download 72.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling