1. Xiva xonligi davrida san’at tarixi. Qo’qon xonligi davrida san’at tarixi. Xorazm milliy liboslari tarixi Xiva xonligi
Download 72.14 Kb.
|
XIVA XONLIGI VA QO’QON XONLIGI DAVRIDA SAN’AT TARIXI. XORAZM MILLIY LIBOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘hna Ark saroyi
Ichan qalʼa — Oʻrta Osiyodagi yirik va noyob meʼmoriy yodgorliklardan biri. Xivaning ichki qalʼa (Shahriston) qismi. Ichan qalʼa shaharning Dishan qalʼa (tashqi qalʼa) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva rabotidan (Dishan qalʼadan) baland qoʻrgʻontepaga oʻxshab koʻrinadi. Ichan qalʼaga 4 darvozadan (Bogʻcha darvoza, Polvon darvoza, Toshdarvoza, Ota darvozadan) kirilgan.
Xorazm xalq meʼmorligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy va minoralar, asosan, Ichan qalʼada joylashgan. Undagi meʼmoriy yodgorliklarning yaratilish tarixi, asosan, 4 davrga taalluqli: birinchisi Xorazmning qadimgi davridan to moʻgʻullar istilosi davriga qadar, bu davrdan Koʻhna arkning gʻarbiy devori, qalʼa devorining shimoli-sharqiy burchagidagi qadimgi davrga mansub burj va qalʼa devori qoldiqlari saqlanib qolgan. Ikkinchisi Xorazmning 1220-yildagi moʻgʻullar istilosidan keyin tiklanish davri. Bu davrda Sayid Alovuddin maqbarasi va boshqalar mahobatli binolar qurilgan. Uchinchi davri XVI—XVII asrlarga toʻgʻri keladi. Shu paytda (Abulgʻozixon va Asfandiyorxon hukmronlik davrida) Ichan qalʼada Anushaxon hammomi (1657), peshayvonli Oq masjid (1675), Xoʻjamberdibiy madrasasi (1688) kabilar bunyod etildi, Koʻhna ark istehkomlari mustaqkamlandi, koʻrinishxona (xonning qabulxonasi) qurildi (1686—1688). Buxoro bilan Eron oʻrtasida Xiva xonligi uchun boshlangan urush natijasida (XVIII asrning 1-yarmi) Ichan qalʼa va, umuman, Xiva shahri qattiq shikastlandi (Xiva bir qancha vaqt Eronga tobe viloyat boʻlib turdi). Toʻrtinchi davri XVIII—XX asrlarni oʻz ichiga oladi. Bu davrda Oʻrta Osiyo mahalliy meʼmorligi anʼanalari asosida masjid, madrasa, tim va toqilar qurildi. Ota darvozadan Polvon darvozagacha katta yoʻl oʻtkazildi. XVIII-asr oxirida Juma masjid qayta qurildi va uning yonida baland minora qad koʻtardi. Ichan qalʼaning haroba devorlari tiklandi, bir qancha imoratlar taʼmir qilindi. 1840—1842-yillarda ikki qavatli Qutlugʻmurod inoq madrasasiga qaratib tim va toqilar qurildi. Muhammad Rahimxon I (1806—1825), Olloqulixon (1825—1842), Muhammad Aminxon (1845—1855) hukmronligi davrida Ichan qalʼada qurilish avj oldi. Muhtasham saroy, madrasa, maqbaralar barpo etildi: Koʻhna arkda saroy qurilishi tugallandi. Yangi va katta Toshhovli saroyi qurildi. Polvon darvozaga yaqin qoʻrgʻon devorining bir qismi buzilib, oʻrniga Olloqulixon karvon saroyi, madrasasi va timi qurildi, xalq ijodining ajoyib namunasi Pahlavon Mahmud maqbarasi qad koʻtardi. Arab Muhammadxon va Musa toʻra madrasasi ham shu davrda yaratildi. Muhammad Aminxon Ichan qalʼaning gʻarbiy qismiga — Koʻhna ark yoniga Kaltaminor nomi bilan mashhur boʻlgan minora qurdirdi. Bu minora garchi bitkazilmay qolgan boʻlsada, Ichan qalʼa mujassamotida katta oʻrin tutadi. Ichan qal'adek obidalarga boy shaharlardan dunyoda ikkitasi bor Ichan qalʼa qurilishida Xiva meʼmorlari Oʻrta Osiyoda qadimdan qoʻllanib kelgan uslub — inshootlarni roʻparama-roʻpara qurish uslubidan (qoʻshdan) foydalanishgan. Masalan, Olloqulixon madrasasi bilan Qutlugʻ Murod inoq madrasasi, Shergʻozixon madrasasi bilan Pahlavon Mahmud maqbarasi shu uslubda qurilgan. Ichan qalʼa meʼmorligining yana bir oʻziga xos xususiyati binolarning alohida ansambl holida qurilganligi. Masalan, Juma masjid yonidagi ikkita kichik madrasa, Muhammad Amin inoq va Matpanoboy madrasasi hamda Matniyoz devonbegi madrasasi ancha yirik ansambldir. Polvon darvoza oldidagi bir necha masjid va madrasalar, hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyi oʻziga xos ansamblni tashkil etadi. Qutlugʻ Murod inoq bilan Olloqulixon madrasasi, Tosh hovli bilan Oq masjid oʻrtasidagi maydoncha shu ansamblning mujassamot markazidir. Ichan qalʼa meʼmoriy yodgorliklari yogʻoch oʻymakorligi, sangtaroshlik, ganchkorlik, sirkor sopol va boshqalar rang-barang naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan. Ichan qalʼa ansambli meʼmoriy yodgorlik sifatida muhofazaga olinib, muzeyga aylantirilgan (1961). 1990-yildan Ichan qalʼa UNESCOning Butun jahon yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan. 1997 yilda Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan asosiy yoʻnalishlarda joylashgan yodgorliklarni muntazam ravishda taʼmirlash, tiklash ishlari olib borildi. 1920 yilgacha Xiva shahrining Ichan Qal'a xududida 33 ta mahalla (machitqo’m) va Dеshon Qal'a xududida 34 ta mahalla mavjud bo’lib, ularning har biri o’z nomiga ega edi. Mahalla nomlari u еrda istiqomat qilgan kishilarning kasb-koridan darak bеrib turgan. Shaharda 109 ta katta va kichik ko’chalar, 79 ta masjid, 120 ta qorixona, 64 ta madrasa bo’lgan. Xiva shahri Xitoydan Rimgacha olib boruvchi Buyuk Ipak yo’lining eng muhim chorraxalaridan birida joylashgan. Xiva shahri 1990 yil 12 dеkabrda YuNЕSKOning Markaziy Osiyoda birinchi bo’lib «Butun jahon mеrosi» sifatida ro’yxatga olingan. Xiva «Ichan-Qal'a» Davlat muzеy-qo’riqxonasi O’zbеkistonning eng ko’hna muzеylaridan biridir. Qo’riqxona xududida 54 ta qadimgi tarixiy mеmoriy binolar, 360 xonadon 2600 aholi istiqomat qiladi. Xiva «Ichan-Qal'a» tarixiy mе'moriy Davlat muzеy-Qo’riqxonasi bisotida Xorazmning 3000 yildan ko’proq uzoq tarixini, uning ma'naviy va moddiy madaniyatini yorituvchi 40.000 ga yaqin nodir, asosiy fond eksponatlari saqlanmoqda. Ko‘hna Ark saroyiArk so‘zi - “Ichon-qal’a”, “podshohning shahar ichidagi qo‘rg‘oni”, “hukmdorning qarorgohi”, “qasr” ma’nolarini bildiradi. Xivadagi xonlar qarorgohining yangi binolari Toshhovli saroyi va Nurullaboyda ko‘rinishxonalar qurilishi qadimgi xonlar qasrini Ko‘hna ark nomi bilan atalishiga sabab bo‘lgan. Xonning qarorgohi – Arkda davlat hayotiga tegishli siyosiy, iqtisodiy, diniy va boshqa barcha masalalar hal etilgan. Arkda xon va uning oilasidan tashqari xonlikning butun bosh mahkamasi joylashgan. Ark oldidagi maydonda xonlikning har xil bayram tantanalari o‘tkazilgan. Xon chiqishi marosimi o‘tkazilgan, hukmdorning farmoni oliylari xalqqa o‘qib eshittirilgan. Xon saroyi haqida 1863 yilda Xivaga kelgan venger olimi Arminiy Vamberi shunday yozadi:-“O‘rta Osiyodagi barcha hukmdorlarning saroyi kabi Xiva Arki ham juda mustahkam va ikkita qal’a devori bilan o‘rab olingan. Arkka kiraverishda ikkita to‘p turadi. O‘ymakor naqshlar bilan bezatilgan bu to‘plar, aftidan Dehlida ishlangan bo‘lsa kerak”. Xiva xonlarining qarorgohi-Arkning ichki maydoni bir gektardan ziyodroq bo‘lib, unga asosiy sharqiy darvozasidan kiriladi. Ark darvozasi mirshab boshliq o‘ndan ziyod navkarlar tomonidan qo‘riqlangan. Arkning darvozasi ham xuddi shaharning bosh darvozasi Polvon darvoza kabi mavqei baland bo‘lgani uchun bu erdagi mirshablarga ham ikki hissa ziyodroq haq berilgan. Xonlik davrida Ark ichiga kirilgach, to‘g‘ri dahliz orqali xon qabulxonasiga borilgan. Qabulxona oldida maxsus tekshiruvdan o‘tkazilib, qabulga qo‘yilgan. Xiva xonligida Arzxona, salomxona, ko‘rinishxona nomlari bilan atalgan Arkning qabulxonasi bitta katta ayvon, uning to‘rida hukmdor taxti o‘rnashgan qishgi qabulxonadan iborat bo‘lib, uning atrofi devonxona, xazina va boshqa xizmat xonalari bilan o‘rab olingan. Ayvon oldidagi dumaloq supa ustiga oq kigiz bilan bostirilgan o‘tov o‘rnatilgan. Bu oq uy – o‘tovda ko‘chmanchi qozoq, qoraqalpoq biylari va turkman sardorlari qabul qilinib, asosiy marosim tugagach, ziyofat berilgan. Yangi xonga toj kiygizib, taxtga ko‘tarish marosimi ham shu erda bo‘lib o‘tgan. Ko‘hna Arkning g‘arbiy qismidagi Oq Shayx bobo ko‘shki, rivoyatlarga ko‘ra, XIV asrda yashab o‘tgan Shayx Muxtor Valining qadamjosi bo‘lgan. Aytishlaricha, bu ko‘shkda oq yaktak kiygan mo‘ysafid chol yashagan ekan. Shuning uchun bu tepalik Oq Shayx bobo nomi bilan atalgan ekan. Aslida, bu tepalik xon saroyining kuzatuv joyi bo‘lib, undan shahar atrofi yaqqol ko‘rinib turadi. Tepalikning pastida erdan ikkinchi qavatda harbiy qurol-aslahalar saqlanadigan katta xona va uning pastida porox, o‘q-dori saqlanadigan ombor mavjud. Mana shu tepalik saroy g‘arbiy devorining qoq o‘rtasidan ikkiga ajratib turadi. Janub tomonida xon qabulxonasi va davlat idoralari, shimol tomonda haram joylashgan. Haramda xon oilasi yashagan va unda tug‘uruqxona ham mavjud bo‘lgan. Haram bilan qabulxona orasidagi qum to‘shalgan maydonda xon uchun har xil sport musobaqalari, otlar ko‘rgazmasi, ot sporti, qo‘chqor, tuya urishtirish tomoshalari ko‘rsatilgan. Zaruriyat tug‘ilganda shu erdan qurol-yarog‘ ham tarqatilgan. Arkning ichidagi alohida bir hovli ichida yozgi va qishgi masjid binolari, zarbxona joylashgan. Yozgi masjid devorlari Olloqulixon davrida chiroyli koshinlar bilan bezatilgan va she’riy ta’rixlar bitilgan. Ko‘hna Ark saroyida Qadimgi Xorazm muzeyi, Xiva – 2500 doimiy ko‘rgazmasi, Zarbxona va devonxona interьerlari joylashgan. Asfandiyorxon (1910—18) Rossiyadagi oʻzgarishlar sabab Xiva xonligida zulmni kuchaytirgan. Shu bilan birga Rossiya hukumati talabi bilan 1910—13 yillarda vazir Islomxoʻja boshchiligida islohotlar oʻtkazishga harakat qilgan. Meʼmoriy ansamblining yaxlitligi jihatidan shahar Oʻrta Osiyoda yagona hisoblanadi. 1967 yilda Oʻrta Osiyoda ilk bor Xivaning Ichan qalʼa (shahriston) qismi tarixiymeʼmoriy yodgorliklar qoʻriqxonasi deb eʼlon qilindi. Xivaning jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan oʻrni YUNESKO Bosh konferensiyasining (1995 yil oktabr–noyab.) 28sessiyasida alohida qayd qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 3 yanvardagi qarori bilan Xivaning 2500 yilligi 1997 yilda jahon miqyosida keng nishonlandi. Download 72.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling