Xiva xonligi


Download 227.33 Kb.
bet1/13
Sana18.06.2023
Hajmi227.33 Kb.
#1580407
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Muassasalar tarixi javoblar


Xiva xonligi- oʻzbek davlatchiligi tarixi bosqichlaridagi Oʻrta Osiyoda mavjud boʻlgan uchta oʻzbek xonliklaridan biri (1512-1920 yillarda). Poytaxti- Vazir, Koʻhna Urganch, 16-asrning 70-yillaridan boshlab- Xiva shahri.  Xonlik tarkibiga Xorazmdan tashqari Mangʻishloq, Balxan togʻlari, Dehiston, Oʻzboy(Uzboy) va Oʻrta Xuroson hududlari kirgan.
Elbarsxon (1511-1516) davrida xorazmliklar Turkmanistonning janubiy qismi, Eron shimolidagi Saraxs, Orol va Mangʻishloqni egallashgan. Yangi yerlarni Elbarsxon oʻgʻillari va ukasi, qarindoshlariga boʻlib berishi natijasida mayda hokimliklar paydo boʻlgan. Elbarsxon vafotidan keyin uzluksiz oʻzaro nizolar sababli xonlar tez-tez almashib turgan. Buxoroliklar Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronlik davrlarida Xorazmga hujumlar qilib, qisqa vaqt Xiva xonligini Buxoroga boʻysundirganlar. Bu urushlar va 16-asrning 70-yillarida Amudaryo oʻzanining oʻzgarib, Kaspiy dengiziga oqmay qoʻyganligi ham Xorazm iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatgan. 17-asr boshlariga kelib, Xorazm taxti uchun boʻlgan sulolaviy kurashlardan soʻng, taxtga oʻtirgan Arab Muhammadxon davrida Xiva xonligida davlat parokandaligi oʻzining yuqori choʻqqisiga yetgan. Rus kazaklari, qozoqlar va qalmiqlarning talonchilik yurishlari, Arab Muhammadxonning oʻgʻillari Habash va Elbarslarning otalariga qarshi chiqishlari parokandalikni avj oldirgan. Bu kurashda ularning qoʻli baland kelib, otalarini qatl ettirishga erishadilar. Padarkush Elbars va Habash sultonlar (1621-23) akalari Asfandiyor (1623-43) tomonidan taxtdan tushirilib, qatl qilingan. Eron shohi Abbos I homiyligida taxtga chiqqan Asfandiyorxon davrida mamlakat siyosiy hayotidagi keskinlik saqlanib qoldi. Orol boʻyidagi oʻzbek qoʻngʻirotlari Asfandiyorga boʻysunmay qoʻyishgan. Mamlakatda tarqoqlik va zulm kuchaygan. Bundan foydalangan yirik mulkdorlar Abulgʻoziy Bahodirxonni 1643 yilda xon qilib koʻtarishgan. Abulgʻoziy Bahodirxon akasi vafotidan keyin 1644 yilda Xiva xonligi taxtiga oʻtirgan. U markaziy hokimiyatni mustahkamlab, Buxoro xonligining Chorjoʻy, Vardanza, Qorakoʻl, Karmana atroflariga bir necha marta harbiy yurishlar qildi. Abulgʻoziy Bahodirxon 1662 yilda Buxoro xoni Abdulazizxon bilan sulh tuzib, 1663 yilda hokimiyatni oʻgʻli Anushaxonga topshirgan. Shunga qaramay Xiva qoʻshinlari Buxoro, Samarqand, Qarshiga talonchilik yurishlarini davom ettirgan. 1685 yilda Xiva qoʻshinlari Gʻijduvon yaqinida magʻlubiyatga uchragach, Buxoroning Xiva xonligiga taʼsiri kuchaygan. Buxoro xoni Subhonqulixon Anushaga qarshi fitna uyushtirib, uning oʻgʻli Arang Muxammadxonga taxtni egallashga yordam berdi. Lekin uning hukmronligi juda qisqa boʻlgan.1740 yilda Eron shohi Nodirshoh Xiva xonligiga bostirib kirib, uni oʻziga boʻysundirgan.
1741-yilda xorazmliklarning qoʻzgʻoloni eroniylar tomonidan bostirilgan. Muhammad Amin (1770-90) 1770-yilda turkmanlarning qarshiligini sindirib, 1782-yilda Buxoro amirligi hujumini qaytarib, Xiva xonligida oʻzbek qoʻngʻirotlarning amaldagi hokimiyatini mustahkamlagan. Avaz Muhammad Inoq davrida Xiva xonligida markaziy hokimiyat mustahkamlanib, iqtisodiy ahvol birmuncha yaxshilangan. Boshlangʻich maktabda oʻqish, yozishni oʻrgangan bolalar madrasalarda oʻqitilgan. 19-asrda Xiva xonligida 1500 ga yaqin boshlangʻich maktab va 103 Madrasa mavjud boʻlgan. Xiva shahrining oʻzida 22 ta Madrasa boʻlgan. 19-asrda Xiva xonligida adabiyot, tarixnavislik, xattotlik, musiqa sanʼati, meʼmorlik va madaniyatning boshqa sohalarida muayyan yutuqlar qoʻlga kiritilgan. Munis, Ogahiy, Feruz, Komil Xorazmiy, Bayoniy, asarlari oʻzbek adabiyoti rivojida oʻziga xos oʻringa ega. Tanbur chizigʻi notasini yaratgan Komil Xorazmiy „Maqomi Feruz Shohiy“ asari va „Panjgoh“ maqomi bilan oʻzbek millati sanʼatiga katta hissa qoʻshgan. Abulgʻoziyxon „Shajarayi turk“, „Shajarayi tarokima“ asarlari bilan Xorazm tarixnavislik maktabini boshlab bergan boʻlsa, Munis va Ogahiylar tarixnavislik va tarjimonlik maktabini yaratib, „Firdavs uliqbol“, „Zubdat uttavorix“, „Gʻiyos uddavlat“, „Jome ulvoqeoti sultoniy“, „Shohid ul iqbol“ asarlari bilan tarix sohasini rivojlantirdilar. Bayoniyning „Shajarayi Xorazmshohiy“, „Xorazm tarixi“ asarlari Oʻzbekiston tarixini oʻrganishda asosiy manbalar hisoblanadi. Hozirgi Xiva shahrida saqlanib qolgan qadimiy meʼmorlik inshootlari, asosan, xonliklar davrida qurilgan. Bularga Anushaxon hammomi, Shergʻozixon madrasasi, Muhammad Aminxon madrasasi, Koʻhna Ark, Toshxovli, Karvonsaroy, Islomxoʻja minorasi, Qalʼa devori, Nurillaboy saroyi va boshqa kiradi.

Unvonlar orasida eng kattasi inoq edi. Odatda inoqlar eng qudratli o‘zbek urug‘laridan tayinlangan hamda hamda ular xonning eng yaqin maslahatchilari bo‘lgan. Inoqlar yirik amaldor, ya’ni urug‘ boshlig‘i hisoblangan. Abulg‘ozixon tantanali marosimlarda o‘tirish uchun inoqlarga o‘z yonidan to‘rtta joy ajratgan. Inoqlar biy, sulton, mingboshi kabi unvonlarni ham olganlar. XX asr boshlariga kelib inoqlar bek martabasiga tushib, oliy saroy amaldorlaridan ma’muriy mansab egalariga aylanadilar. Otaliq- urug‘ oqsoqoli. Inoq boshliq to‘pa (guruh) ga birlashgan urug‘ boshlig‘i. Xonning eng yaqin maslahatchilaridan biri bo‘lgan. Otaliq qilich va pichoq taqib yurgan. Biy- saroy unvoni. Inoq va otaliqdan keyingi martaba. Biy qabila va urug‘ning boshlig‘i hisoblanib, ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi turkiy xalqlarning, jumladan o‘zbeklarning urug‘ oqsoqollariga beriladigan unvon edi. XVII-XIX asrlarda biylar yirik o‘zbek qabila va urug‘lariga boshchilik qilib, faqat markaziy hokimiyatga itoat etganlar. Biy unvoni avloddan avlodga meros qilib qoldirilgan. Amir ul-umaro- Amirlarning amiri, Xiva xonligida XIX asrning o‘rtalarida ta’sis etilgan. Sayid Muhammadxon bu unvonni birinchi marta o‘zining akasi Sayid Mahmud to‘raga bergan edi. Muhammad Amin inoq hukmronligi davrida amir ul-umaro uning akasi Fozilbiy edi. O‘shandan keyin amir ul-umaro unvoni hech kimga berilmagan. Qo‘shbegi- Xiva xonligida saroyning oliy mansablaridan biri bo‘lib, moliya va soliq yig‘ish ishlarini bajargan.


Qo‘shbegining maxsus devoni hamda unga tobe etuvchi amaldorlari bo‘lgan. Mehtar- katta, ulug‘ degan ma’noni beradi. Mehtar saroy xizmatkorlarining boshlig‘i vazifasini bajarib, xonga yaqin kishilardan va xon urug‘iga mansub a’yonlardan tayinlangan. Mehtarning ham o‘z devoni bo‘lib, yer solig‘i “solg‘ut” to‘plash ham uning xizmatiga kirgan.

Download 227.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling