Xiva xonligi
Xorazm Xalq Sovet Respublikasi
Download 227.33 Kb.
|
Muassasalar tarixi javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hazorasp, Yangi Urganch, Toshhovuz, Xoʻjayli
- Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR hamda Qozogʻiston ASSR
- 1920-yil 8-oktabr
- BXSR Konstitutsiyasi
Xorazm Xalq Sovet Respublikasi- Xiva xonligi hududida xonlik tuzumi agʻdarib tashlangach yuzaga kelgan xalq respublikasi. Milliy tarkibi, asosan, oʻzbeklar (65%), qisman turkmanlar (26,8%), qoraqalpoqlar (3,8%), qozoqlar (3,4%) va boshqalardan iborat. Xorazm XSR maʼmuriy jihatdan 4 ta viloyat (Hazorasp, Yangi Urganch, Toshhovuz, Xoʻjayli) va 26 ta tumanga boʻlingan (1923). Xorazm XSR hududi Buxoro Xalq Sovet Respublikasi, Turkiston ASSR, Qozogʻiston ASSR bilan chegaralangan. Poytaxti Xiva shahri boʻlgan. Xorazm XSR 1920-yil 26-aprelda tuzilgan. 1923-yil 20-oktabrda Xorazm XSR nomi Xorazm Sotsialistik Sovet Respublikasi (Xorazm SSR) deb oʻzgartirilgan. Oʻrta Osiyo respublikalarini milliy-hududiy chegaralarini belgilash jarayoni ortidan Xorazm SSR hududi yangi tuzilgan Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR hamda Qozogʻiston ASSR tarkibiga kiritilgan.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi- Buxoro amirligida amirlik tuzumi agʻdarib tashlangach, yuzaga kelgan xalq respublikasi. Maydoni 182,193 ming km², aholisi taxminan 2,2 million kishidan ortiq boʻlib, asosan oʻzbeklar, tojiklar va turkmanlar, qisman qozoq, qoraqalpoq, tatar va buxoro yahudiylari yashagan. Buxoro XSR Xorazm Xalq Sovet Respublikasi, Turkiston ASSR va Afgʻoniston davlatlari bilan chegaradosh boʻlib, poytaxti Buxoro shahri boʻlgan. Buxoro XSR 1920-yil 8-oktabrda tuzilgan. 1924-yil 19-sentabrda Buxoro XSR nomi Buxoro Sotsialistik Sovet Respublikasi (Buxoro SSR) deb oʻzgartirilgan. Oʻrta Osiyo respublikalarini milliy-hududiy chegaralarini belgilash jarayoni ortidan Buxoro SSR hududi yangi tuzilgan Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR hamda Tojikiston ASSR (1929-yildan Tojikiston SSR) tarkibiga kiritilgan. Umumiy MIK oliy nazorat organi sifatida Buxoro Respublikasining hukumati Xalq Nozirlar SHo‘rosi ustidan ham faoliyatni amalga oshirgan. Xalq Nozirlar SHo‘rosi davlat boshqaruvining oliy organi bo‘lib, ijro-farmoyish sohasida keng vakolatlarga ega bo‘lgan. Mahalliy hokimiyat organlari viloyat, tuman, kent xalq sho‘rolarining kengashlari va ularning ijroya qo‘mitalaridan tashkil topgan. BXSRdagi qishloq, ovul doirasidagi mahalliy hokimiyat qishloq va ovul aholisining umumiy yig‘ilishi orqali amalga oshirilgan. U oqsoqol tomonidan chaqirilgan va oqsoqol qishloq, ovul aholisi umumiy yig‘ilishi tomonidan bir yil muddatga saylangan. 1921 yil 18-23 sentyabrda Butunbuxoro xalq vakillarining II qurultoyi bo‘lib o‘tdi va unda BXSR Konstitutsiyasi qabul qilindi. 1924 yil noyabrida BSSR tugatilib, uning hududlari O‘zSSR va TSSR tarkibiga kiritildi. Download 227.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling