Xiva xonligi


-yil 12-oktyabrda Pomirning Ergashtom ovulida


Download 227.33 Kb.
bet11/13
Sana18.06.2023
Hajmi227.33 Kb.
#1580407
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Muassasalar tarixi javoblar

1919-yil 12-oktyabrda Pomirning Ergashtom ovulida bo‘lgan anjumanda Madaminbek boshchiligida Farg‘ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzildi. Hukumat tarkibiga 16 nafar mahalliy aholi vakili kiritilgan edi. Madaminbek hukumat boshlig‘i bo‘lish bilan birga qo‘shinning Oliy bosh qo‘mondoni etib ham tayinlandi. 1919-yilning kech kuziga kelib Madaminbek qo‘l ostida 30 000 nafarga yaqin yigit qizil armiyaga qarshi istiqlol janglarini olib bordilar. Bu paytda Shermuhammadbek qo‘l ostida 20 000, Katta Ergash qo‘rboshida 8 000 nafar askar bo‘lgan. Ana shu uchta lashkarboshi vodiydagi jangovar harakatlarni yo‘naltirib turdilar. 1920-yil yanvar oyining o‘rtalariga kelib jangovar tashabbus qizil armiya qo‘liga o‘tdi. Katta Ergash qo‘rboshining qo‘shini mag‘lubiyatga uchragach, Shermuhammadbek asosiy kuchlarini olib, Oloy vohasiga chekindi. Madaminbek vaqtdan yutish uchun Farg‘ona fronti qo‘shinlari qo‘mondonligiga yarashish muzokaralarini boshlashni taklif qildi. Natijada Madaminbek bilan 2-Turkistono‘qchi diviziyasining boshlig‘i Veryovkin-Roxalskiy o‘rtasida 1920-yil 6-martda Skobelev shahrida yarash bitimi imzolandi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, 1920-yil mayda sovet qo‘mondonligi tomonidan qo‘rboshilar o‘rdasiga yuborilgan Madaminbek noaniq vazi yatda o‘ldirildi. Turkistondagi harakat 1920-yilning yozi va kuzida o‘zining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Farg‘ona vodiysi va Samarqand viloyatidagi vatanparvarlar bilan bir qatorda endilikda Buxoro va Xorazmda ham qizil armiyaga qarshi kurash boshlandi. BXSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi Usmon Xo‘ja, harbiy ishlar noziri Abdulhamid Oripov hamda Muhiddin Maxsum Xo‘jayev, Ali Rizo Afandi, Surayyo Afandi, Qulmuhamedov va boshqa milliy rahbar xodimlar o‘z lavozimlarini tark etib, muxolifatdagi qurolli harakat saflariga o‘tib ketgani ko‘p narsadan dalolat beradi. 1920-yil sentyabr oyida Sharqiy Buxoro (Ko‘lob, Kalif, Baljuvon viloyatlari)ga kelgan sobiq amir Olimxon katta kuch to‘plab, qizil armiyaga qarshi kurashga rahbarlik qildi.

Download 227.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling