Xiva xonligi


Download 227.33 Kb.
bet12/13
Sana18.06.2023
Hajmi227.33 Kb.
#1580407
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Muassasalar tarixi javoblar

1921-yil mart oyida bir qator janglarda mag‘lubiyatga uchragan Olimxon Afg‘oniston davlatiga o‘tib ketdi. G‘arbiy Buxoro hududida Mulla Abdulqahhor, Sharqiy Buxoro hududida Ibrohimbek va Davlatmandbek kabi qo‘rboshilar harakatga rahbarlik qilishdi. Qisqa muddat davomida Mulla Abdulqahhor boshchiligida poytaxt Buxoro tumanlarida lashkar to‘plandi va qizil armiyaga qarshi jangovar harakatlar olib borildi. Uning qo‘l ostida Buxoroning g‘arbiy qismida 20 nafar qo‘rboshi birlashgan. Mulla Abdulqahhor qo‘rboshi 1924-yilning oxirida Qizilqumda qizil askarlarga qarshi bo‘lgan janglarning birida halok bo‘ldi. Ibrohimbek qo‘l ostidagi Sharqiy Buxoro hududida yangi Buxoro hukumati tugatilib, uning o‘rniga amirlik davridagi boshqaruv usuli joriy qilingan. Turkiston fronti siyosiy boshqarmasi tomonidan Ibrohimbek bilan boshqa qo‘rboshi guruhlari o‘rtasida nizo chiqarish uchun tavsiyalar beriladi. Shunga qaramay, Ibrohimbek qo‘rboshi ko‘p yillar davomida Sharqiy Buxoroda qizil armiyaga qarshi fidokorona kurashdi. Buxorodagi istiqlolchilik harakati rahbarlari o‘rtasida Turkiyadan kelgan generallar- Anvar Posho va Salim Posho alohida ajralib turadi. Anvar Posho 1921­yilning kuzida Mulla Nafis qo‘rboshi bilan uchrashib, maxsus bayonot bilan chiqadi hamda turkistonliklar va buxoroliklarning sovet rejimi va qizil armiyaga qarshi kurashiga qo‘shilganligini e’lon qiladi. Anvar Poshoning sa’y-harakatlari bilan Sharqiy Buxoroda birlashgan qismlar tashkil etildi va u turk zobitlari bilan mustahkamlandi, g‘arbcha qo‘mondonlik uslubi joriy qilindi. Anvar Posho 1922­yil avgustda Sharqiy Buxoroning Baljuvon atrofidagi Obidara qishlog‘ida qizil askarlarga qarshi bo‘lgan jangda halok bo‘ldi. Ko‘hna Urganch, Toshhovuz, Mang‘it, Qo‘shko‘pir, Chimboy, Qo‘ng‘irot va To‘rtko‘lda harakat qilgan o‘nlab sardorlarning guruhlari qizil askarlarga jiddiy zarba bergan. Junaydxon avval Rossiya imperiyasi va
Download 227.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling