Xiva xonligi


Download 227.33 Kb.
bet9/13
Sana18.06.2023
Hajmi227.33 Kb.
#1580407
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Muassasalar tarixi javoblar

1921-yil 18-23 sentabrda boʻlgan Butun Buxoro xalq vakillarining II qurultoyida demokratik ruxdagi BXSR Konstitutsiyasi qabul qilindi. Buxoro tarixidagi dastlabki Konstitutsiya fuqarolarning demokratik huquq va erkinliklarini qonun yoʻli bilan mustaxkamladi. Konstitutsiyada davlatni idora etish uchun xalqning barcha tabaqa vakillarining ishtiroki taʼminlandi. Xususiy mulk va savdosotiq erkinliklari Konstitutsiyada oʻz ifodasini topdi. Buxoroda oʻrnatilgan tuzum xalq demokratik respublikasi edi. BXSRning Konstitutsiyasi barcha fuqarolarga teng siyosiy huquq berdi, milliy tengsizlikni yoʻqotdi. Konstitutsiyaga koʻra, BXSRning oliy organi- Butun Buxoro xalq vakillari qurultoyi boʻlib, u har 2000 saylovchiga bir vakil saylanadigan 350 aʼzodan iborat edi. Qurultoy yiliga bir marta chaqirilar va unda respublika konstitutsiyasini qabul qilish, oʻzgarishlar kiritish, hukumatning hisoboti va davlat byudjetnыy tasdiqlash kabi muhim masalalar koʻrilar edi. Konstitutsiyaga koʻra, qurultoylar oʻrtasida qonun chiqaruvchi va nazorat qiluvchi oliy organ- Butun Buxoro MIK xisoblanadi. Qurultoyda Butun Buxoro MIK raisi qilib Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev saylandi (1922-yil avgust da boʻlgan 3qurultoyda bu lavozimni Porso Xoʻjayev egalladi). Konstitutsiyaga muvofiq Xalq Nozirlar Shoʻrosi davlat hokimiyatini ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi sifatidagi oʻz vazifasini saqlab qoldi. Qurultoyda milliy masalaga katta eʼtibor berildi. Buxoro MIK huzurida Omongeldi Omonov boshchiligida Turkman boʻlimi tuzildi. Keyinchalik shu asosda Turkman avtonom viloyati tashkil qilinib, unga milliy muxtoriyat huquqi berildi. Turkman va tojik xalqi uchun madaniy maʼrifiy va boshqa muassasalar ochildi.

Muvaqqat Fargʻona hukumati- Fargʻona vodiysida Madaminbek boshchiligida tuzilgan hukumat (1919.22.10-1920.6.3). Sovet rejimiga va qizil armiyaga qarshi kurashayotgan Fargʻona harbiy muxolifati tomonidan Pomirning Ergashtom ovulida boʻlgan anjumanda tashkil topgan. Hukumat tarkibiga Madaminbek bosh vazir va oliy bosh qoʻmondon, krestyanlar armiyasining raxbari polkovnik K. Monstrov unga oʻrinbosar, general mayor Muxanov harbiy vazir, yirik savdogar Hakimjon Azizxonov moliya vaziri, advokat Nensberg ichki ishlar va adliya vaziri, shuningdek, Sulaymon Kuchukov, Plotnikov, Fenin va boshqa (16 musulmon va 8 rus) vazir sifatida kiritilgan. 1919-yil oktabrda Madaminbekning qarorgohida koʻp davlatlarning rasmiy vakillari boʻlgan.
1919-yil oktabrda 150 tacha qoʻrboshi dastalari 4 ta yirik lashkarboshi: Madaminbek, Katta Ergash, Shermuhammadbek, Xolxoʻja Eshon boshchiligida birlashtirilgan. Mazkur dastalarning har birida sobiq podsho armiyasi ofitserlari va turk zobitlaridan tashkil topgan harbiy yoʻriqchi lavozimi joriy qilindi. Shuningdek, istiqlolchilar qoʻshini orasidan mustaqillik gʻoyasiga sadoqatli, mard va jasur yigitlar tanlab olinib, ular qoʻrboshilarni tayyorlash maxsus kurslarida oʻqitildi. Ular tajribali qoʻmondonlardan Sharq harbiy sanʼatini oʻrgandilar. Oʻsha davr voqealarining bevosita shohidi Alixontoʻra Sogʻuniyning yozishicha, bu kurslarda harbiy mashgʻulotlar "Temur tuzuklari" asari asosida oʻrgatilgan. Muvaqqat Fargʻona hukumati, huzurida xorijiy mamlakatlardan qurol-yarogʻ sotib olish bilan shugʻullanadigan maxsus idora, shuningdek, hukumatning maqsad va vazifalarini xalqqa tushuntirish bilan shugʻullanuvchi gʻoyaviy uyushma ham tashkil etilgan. Uyushma, asosan, varaqalar, chaqiriqlar, murojaatnomalar va bayonotlar nashr qilish hamda ularni qoʻshin va xalq oʻrtasida tarqatish bilan shugʻullangan. 1920-yil boshlarida Rossiya markazidan Fargʻona vodiysiga qizil armiyaning yangi qismlari tashlangach, bir qator janglarda Madaminbek yigitlari magʻlubiyatga uchragan. Monstrov va Muxanov qizil armiya tomoniga oʻtgan. Madaminbek bilan bolsheviklar oʻrtasida sulh tuzilgach (1920.6.3), Muvaqqat Fargʻona hukumati oʻz-oʻzidan tarqalib ketdi.
1810-1917 yillar davomida faoliyat olib borgan Rossiya imperiyasi 
Davlat Kengashi huzuridagi davlat devonxonasi (kanselyariya)ning bo‘limlari quyidagilar:
 qonun yaratuvchilik
harbiy
 fuqarolik ishi
 davlat iqtisodiyoti
 qonunlar to‘plamini yaratish
 yangilab borish

 Turkiston general-gubernatorligi devonxonasi ish yuritish hujjatlarini o‘rganish 


natijasida ularni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 
eslatma (pamyatka)
 reskript
 ko‘rsatma (predpisaniye)
 promemoriya
 bildirishnoma (raport va bildirgi)
 memoriya

Download 227.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling