Xiva xonligi


Download 227.33 Kb.
bet6/13
Sana18.06.2023
Hajmi227.33 Kb.
#1580407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Muassasalar tarixi javoblar

Turkiston muxtoriyati (ikkinchi nomi Qo'qon muxtoriyati) -Turkiston mintaqasidagi dastlabki demokratik hukumat (1917-yil 27-noyabr-1918-yil 19-fevral). Qoʻqonda boʻlib oʻtgan Butun Turkiston musulmonlarining favqulodda 4-qurultoyi (1917-yil 26-28 noyabr)da tashkil topgan. Qurultoy Turkiston oʻlkasini Rossiya Federativ Respublikasi tarkibida hududiy jixatdan muxtor deb eʼlon qildi. Shuningdek, taʼsis majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyatni Turkiston Muvaqqat kengashi va Turkiston Milliy Majlisi qoʻlida boʻlishi kerak deb hisobladi. Markazi- Qoʻqon shahri va unga jadidlar asos solgan. Qurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengashi aʼzolaridan Turkiston muxtoriyati hukumati (8 kishidan iborat) tuzildi. Yevropalik aholi vakillari orasidan nomzodlar koʻrsatilishi uchun ularga ham yana 4 oʻrin ajratildi. Hukumat tarkibiga Muhammadjon Tinishboyev (Bosh vazir va ichki ishlar vaziri), Islom Shoahmedov (Bosh vazir oʻrinbosari), Mustafo Choʻqay (tashqi ishlar vaziri), Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev (harbiy vazir), Hidoyatbek Agayev (yer va suv boyliklari vaziri), Obidjon Mahmudov (oziq-ovqat vaziri), Abdurahmon Oʻrazayev (ichki ishlar vazirining oʻrinbosari), Solomon Gersfeld (moliya vaziri) kiritildi. Keyinchalik hukumat tarkibida ayrim oʻzgarishlar yuz berdi. Hukumat aʼzolari chuqur maʼlumotli taraqqiyparvar ziyolilar boʻlib, ulardan 5 nafari huquqshunos edi. Turkiston Millat Majlisi 54 nafar (36 musulmon, 18 yevropalik) aʼzodan iborat boʻlishi kerakligi belgilandi. Qurultoy jarayonida 32 kishidan iborat Millat Majlisi saylandi.

Turkiston Muxtoriyati-milliy demokratik davlat edi. Muxtor xukumatni keng xalq ommasi qo‘llab-quvvatladi. Turkiston Muxtoriyati milliy qo‘shinni tashkil qilishga jiddiy kirishdi. 1918 yil boshida ularning soni 2000 askarga yetgan. Bundan tashqari, Qo‘qonda taxminan shuncha mirshab bor edi. Ularga Kichik Ergash qo‘rboshi boshchilik qilgan. Turkiston Muxtoriyati xukumatining xalq orasida obro‘-e’tibori va nufuzi oshib borishi bolsheviklarni tashvishga solib qo‘ydi. Turkiston o‘lka Sovetlarining IV s’ezdi (1918 yil 16-29 yanvar) Turkiston Muxtoriyati hukumati va uning a’zolarini qonundan tashqari holatda, deb hisobladi, hatto hukumat a’zolarini qamoqqa olish haqida qaror qabul qildi. Bu bilan sovet xukumati yerli xalq milliy demokratik davlatchiligining dastlabki tajribasi bo‘lgan Turkiston Muxtoriyatini qonga botirib tugatishga qaror qildi.
Syezd tugaganidan keyin uch kun o‘tgach, 1918 yil 30 yanvarda Turkiston o‘lkasi XKS muxtoriyat hukumatini tugatish uchun harbiy harakatlar boshladi. 1 fevralda (yangi hisob bilan 1918 yil 14 fevralda) Farg‘ona viloyatida harbiy holat e’lon qilindi.

1918 yil 29-30 yanvarda Qo‘qonda favqulodda vaziyat mislsiz darajada keskinlashdi. Ana shunday bir sharoitda 30 yanvarda Qo‘qon ishchi va askar deputatlari Sovetining majlisi bo‘ldi. Unda Turkiston muxtoriyatini ag‘daruvchi organ-inqilobiy qo‘mita (revolyutsion komitet) tuzildi. Uning raisligiga bolshevik Ye.G.Babushkin saylandi. Inqilobiy qo‘mita tarkibiga tub yerli aholi vakillaridan kiritilmadi. Qo‘mita o‘z qo‘lida cheklanmagan hokimiyatni mujassamlashtirdi, unga katta vakolatlar: favqulodda choralar ko‘rish, hamma narsani sovet hokimiyatini himoya qilishga bo‘ysundirish va safarbar etish xuquqi berildi. Inqilobiy qo‘mita oldidagi eng asosiy bosh vazifa muxtoriyat hukumatini tugatish, shahar aholisini qurolli kuch bilan sovet hokimiyatini tan olishga majbur qilish, «Inqilobiy tartib» o‘rnatishdan iborat edi. Bu esa ommaviy qatog‘onlar uchun keng yo‘l ochib berdi. Inqilobiy qo‘mita ishni yevropalik ishchilar va temiryo‘lchilarni qurol bilan ta’minlashdan boshladi. Ayniqsa bolsheviklarning Qo‘qon shahridagi arman millatiga mansub dashnoqlarni: baqqollar, sartaroshlar va vino sotuvchilarni qurollantirishlari ommaviy qirg‘inlarni yanada dahshatli tus olishlariga sababchi bo‘ldi. Toshkent, Skobelev, Andijon, Namangan va boshqa shaharlardan harbiy madad so‘rab murojaat qilindi.Aynan shu paytda, 1918 yil yanvari oxirlari-fevrali boshlarida Sovet hokimiyati tomonidan kuchli bosim ta’sirida Muxtoriyat tarafdorlari xatti-harakatlari xususiyati shahar soveti tuzulmalari bilan tinch-totuv yashashdan harbiy qarama-qarshilikka borishga tomon o‘zgara boshladi. Qo‘qon sovdeposi muxtoriyatchilarning qurolli qo‘zg‘olonga tayyorgarlik ko‘rayotgani belgilarini qayd etdi.
Shahar hokimiyati bunga sovuqqonlik bilan qarolmasdi, chunki undagi harbiy qal’a 16 kishilik rota tomonidan qo‘riqlangan edi, xolos. Bu qarama-qarshilik ochiqdan-ochiq jangovar harakatlarga aylana boshladi. 29 yanvardan 30 yanvarga o‘tar kechasi sovet hokimiyati tomonida turgan harbiy qismlar Qo‘qondagi muxtor respublika xukumati bilan kurashni boshlab, mohiyatan Rossiyada birinchi bo‘lib fuqarolar urushini boshladi.

Download 227.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling