Xiva xonligi


Bek- XIX asrda Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy hayotida beklar ancha katta rol o‘ynaganlar. Bek


Download 227.33 Kb.
bet2/13
Sana18.06.2023
Hajmi227.33 Kb.
#1580407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Muassasalar tarixi javoblar

Bek- XIX asrda Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy hayotida beklar ancha katta rol o‘ynaganlar. Bek -xon va davlat arboblarining qarindoshlariga, farzandlariga beriladigan faxriy unvondir. Parvonachi- xon saroyidagi oliy vazirlardan biri. Parvonachi saroyning ichki va tashqi ishlarida ham faol qatnashishi mumkin bo‘lgan. U arzu-shikoyatlarni xonning huzuriga olib kirib, javobini qaytargan. Shuningdek, parvonachi xonning formonlarini saroy a’yonlariga yetkazib turgan. Mahram-ishonchli xizmatkor, sidqidildan xizmat qiluvchi saroy ichkarisidagi xodim ma’nolarini anglatadi. Mahramlar xonga yaqin kishilar hisoblangan. Davlat boshqaruvida ular bevosita xonning maslahatchilari bo‘lishgan. Mahramlar xonning oromxonasiga kirish huquqiga ega bo‘lganlar. Xiva xoni saroyida yana quyidagi unvon, mansab va vazifalar mavjud bo‘lgan: oftobachi, soatbardor, kitobdor, mo‘zabardor (xon poyabzalini beruvchi), sharbatdor, mahram boshi (yuqori lavozim hisoblangan), devon (mirza), mushrif (ozuqa yig‘uvchi), bojbon (zakotchi) va boshqalar.
Saroydagi umumiy tartib-niarbobnazorat qilgan.

Qo'qon xonligi - o'zbek xonliklaridan biri O'zbeklarning minglar urug'idan bo'lgan Shohruxbiy 1709-yilda asos solgan. Abdurahimbiy davrida Buxoro xonligiga harbiy yurish qilinib, Samarqand egallanadi (1732). Abdulkarimbiy davrida (1746-yil) qalmoqlar Farg'ona vodiysiga hujum qilib, O'sh, Andijon, Marg'ilon shaharlarini egallab, Qo'qonni qamal qilgan. Qo'qonliklarga yordamga kelgan O'rtepa hokimi Fozilbiy qo'shinlari bilan birgalikda ularni Farg'ona vodiysidan quvib chiqarishgan. Norbo'tabiy davrida Chust va Namangan beklarining mustaqillik uchun ko'targan g'alayonlari bostirilgan. Mamlakatda sug'orish inshootlari barpo qilinadi, savdo va hunarmandchilik, qishloq xo'jaligi birmuncha rivoj topadi va nisbatan arzonchilik bo'ladi.


Shayxulislom -dindorlarning eng oliy unvonlaridan bo'lib, Umarxon tomonidan 1818-yil joriy etildi. Birinchi shayx ul-islom Ma'sumxon to'ra bo'lgan. keyin Zokirxo'ja eshon, Sulaymonxo'ja eshonlarning bu unvonga sohib bo'lganliklari ma'lumdir. Xojai Kalon- fiqh olimining faxriy unvoni. A'lam- faqih olim va shariat rejalashtirishning bilimdoni. Oxund- bilimli va madrasada ta'lim olgan kishi. Sadr- vaqf mulklarining daromadlariga va hisob-kitobiga voqea kishi. Naqib-oqsoqol, olim faqihlarning talablarini.

Download 227.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling