Xiva xonligi
Download 227.33 Kb.
|
Muassasalar tarixi javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo‘jand, Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand
- 918-yil fevral oyi oxirlari
Devonxona boshlig‘ining vazifalari
Imkoniyat darajasida mahalliy aholi boshqaruvini olib borayotgan barcha tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga hamda mahalliy aholi ustidan ish olib borish uchun kerak bo’lgan statistik va boshqa ma’lumotlarga ega bo‘lish; harbiy gubernator tomonidan berilgan buyruqlarning so‘zsiz bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni harbiy gubernatorga yetkazish; zarur bo‘lganida viloyat hududlarini, muassasa-tashkilotlarini tekshirish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘g‘risida harbiy gubernatorga ma’lumot taqdim etish. 1877-yilda Toshkentda «Shahar nizomi» joriy etilgan bo‘lib, unga muvofiq shahar boshqaruvi Dumaga o‘tgan edi. Duma a’zolarining 1/3 qismi Eski shahar, 2/3 qismi esa Yangi shahar hududidan saylangan. Bunga ko‘ra shaharning 80 minglik mahalliy aholisidan 21 nafar deputat, 3 900 kishilik, asosan ruslardan iborat Yangi shahar aholisidan esa 48 nafar deputat qatnashgan. Shahar xo‘jaligiga oid barcha ishlar Duma qo‘lida bo‘lgan. Dumaga rahbarlik qiluvchi shaxs general-gubernator tav siyasi bilan harbiy vazir tomonidan tasdiqlangan. 1886-yil Aleksandr III tomonidan yangi «Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom» tasdiqlandi. Nizomga muvofiq Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga aylantirildi. Xo‘jand, Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand uyezdlari uning tarkibiga kiritildi. Qurama uyezdining nomi Toshkent uyezdi deb o‘zgartirildi. 1886yildagi «Nizom»ga muvofiq Turkiston generalgubernatorligining ma’muriy boshqaruvi yangi idora – Turkiston general-gubernatori Kengashi bilan to‘ldirilgan. 1885-yildan Buxoroda Rossiya imperatorining siyosiy agentligi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Uning ruxsatisiz Buxoro amiri tashqi va ichki siyosatda mustaqil ish olib bora olmagan. Vaqf yerlari (masjid, madrasa va boshqa diniy muassasalarga tegishli yerlar) ayni vaqtda yashab va yerga ishlov berayotgan kishilarga ijaraga berilar edi. Yangi vaqf hujjatlarini tasdiqlash faqat general-gubernator roziligi bilan davlat soliqlari va majburiyatlaridan ozod qilmasdan amalga oshirilgan. Vaqf hujjatlarini e’tirof etish, vaqf daromadlarining to‘g‘ri ishlatilishi ustidan nazorat qilish va ularni taftish qilish huquqi viloyat ma’muriyati ixtiyoriga o‘tkazildi. Vaqf mulklarini nazorat qilish mustamlakachi hukumat vakillari qo‘liga o‘tishi bilan masjidlar va maktablarning moddiy ahvoli yomonlashdi. Bosib olingan hududlarda mustamlakachilik siyo satining to‘liq amalga oshirilishida boshqaruv tartiblari muhim sanaladi. Hududlarni boshqarish harbiy zobitlar qo‘liga o‘tadi. Boshqaruv tizimi «harbiy-xalq boshqaruvi» nomi bilan gubernator qo‘lida harbiy va fuqarolik ishlarini mujassamlashtirgan. Viloyat bo‘limlarga bo‘linib, ularning boshliqlari bir vaqtning o‘zida harbiy komendant ham hisoblangan. Bo‘lim boshliqlariga mahalliy aholi ustidan to‘liq nazorat qilish vakolati berilgan. General-gubernatorlik devoni katta vakolatlarga ega bo‘lgan asosiy ijrochi organ hisoblangan. Turkiston o‘lkasi ma’muriy-hududiy jihatdan viloyatlarga bo‘linib, ularni o‘z qo‘lida fuqarolik va harbiy hokimiyatni birlashtirgan harbiy gubernatorlar boshqargan. Viloyatlar uyezdlarga bo‘linib, ular harbiy zobitlar boshqaruvida bo‘lgan. Uyezdlar uchast kalarga, volostlarga, qishloq va ovullarga bo‘lingan. Uchastkalarni uchastka pristavlari boshqargan. Yuqori organlar nazoratida bo‘lgan mahalliy aholi vakillaridan iborat quyi bosh qaruv organlari va soliq tizimi saqlab qolingan. Boshqaruv tizimining quyi bosqichida volost boshlig‘i (mingboshi), qishloq oqsoqoli, ovul boshlig‘i, xalq sudyalari (o‘troq aholida qozilar, ko‘chmanchi aholida biylar) va ularning yordam chilari, bosh mirob, mirob, yuzboshi, ellikbo shi, o‘nboshi kabi lavozimlarda mahalliy aholi vakillari ish olib brogan. 1879-yilning kuzida Farg‘onada, 1880-yilning noyabrida Xo‘jand va O‘ratepa tumanlarida, 1882-yilning boshlarida Namangan, 1885-yilning yozida Farg‘ona vodiysida mahalliy xalq harakatlari qaytadan avj olib, Andijonda Darvishxon boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Endi xalq norozilik harakatlari qatnashchilari o‘z usullarini o‘zgartirib, boylar va volost boshliqlarining qarorgohlariga hujum uyushtirdilar. Shu yillarda qo‘zg‘olon birin-ketin butun viloyatga yoyildi. 1892-yildan mustamlakachilar ma’murlarga qarshilik ko‘rsatgan oddiy fuqarolarni bevosita harbiy dala sudiga bera boshladilar. «Gunohkorlar»ni ochiqchasiga qatl etish orqali odamlarni qo‘rqitish endilikda mustamlakachilar quroliga aylandi. Turkiston jadidlari islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni, taraqqiyot va rivojlanishga faqat tinchlik yo‘li bilan, parlament orqali erishishni mo‘ljallagan edilar. Fevral inqilobi Turkiston o‘lkasi musulmon aholisini siyosiy jihatdan uyg‘otishda, demokratik o‘zgarishlarga boshchilik qilmoqchi bo‘lgan yangi kuchlarning siyosat maydoniga chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi. Jadidlar vujudga kelayotgan milliy demokratik kuchlarning o‘zagi bo‘lishdi. Ular mintaqa tub xalqlarining taraqqiyot va mustaqillik to‘g‘risidagi o‘z g‘oyalarini Fevral inqilobi g‘oyalari bilan bog‘lab, o‘zlari e’lon qilgan tamoyillarni amalga oshirishga faol kirishdi. 1917-yil fevral oyida Rossiya imperiyasi markazida yuz bergan davlat to‘ntarishi oqibatida 15-mart kuni Nikolay II taxtdan voz kechadi. Hokimiyat boshqaruviga Muvaqqat hukumat keldi. Shu tariqa, mazkur davlatda imperiya hukmronligiga chek qo‘yildi. Ushbu keskin siyosiy o‘zgarish qaram o‘lkalar hayotiga ham ta’sir o‘tkazishi tabiiy edi. Turkiston bo‘ylab har bir shahar, uyezd, volost va qishloqda eski ma’muriyat idoralari Muvaqqat hukumat tomonidan tugatilib, o‘rniga jamoat tashkilotlari ijroiya qo‘mitalari, ya’ni jamoat xavfsizligi deb nomlangan qo‘mitalar tashkil topa boshladi. 1917-yilning mart oyida tashkil topgan «Sho‘royi islomiya» tashkilotiga Munavvarqori Abdurashidxonov rahbarlik qildi. Undan 1917-yilning iyun oyida «Sho‘royi ulamo» va 1917yilning iyul oyida «Turk adami markaziyat firqasi» («Turkiston federalistlar partiyasi») ajralib chiqqan edi. Mazkur harakatlar Turkiston manfaatlarini himoya qilishni o‘z maqsadi deb bilgan tarqoq milliy siyosiy kuchlarni jipslashtirish uchun qilingan ilk urinishlardan biri edi. «Sho‘royi islomiya» tashabbusi bilan Toshkentda 1917-yil 16–23-aprel kunlari Butunturkiston musulmonlarining birinchi o‘lka qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda butun Turkistondan 150 ga yaqin delegat to‘plandi. 20 ga yaqin masalani ko‘rib chiqqan qurultoy o‘lkada mustamlakachilikni tugatish va musodara qilingan yerlarni mahalliy aholiga qaytarish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Mazkur yig‘ilishda Turkistonda musulmonlar Markaziy Sho‘rosini ta’sis etishga ham kelishilgan. Bu qaror keyinchalik Milliy markaz shaklida amalga oshirildi. Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi kurash 1918-yil fevral oyi oxirlarida boshlandi. Harakatning bosh g‘oyasi Turkiston mustaqilligi edi. Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati 1919-yil yozining oxiri va kuzida o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Madaminbek boshchiligidagi qo‘shinning sovet hukumatiga qarshi hujumi Farg‘ona vodiysini larzaga keltirdi. Download 227.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling