Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet100/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Imom Abulmaoliy Qays ibn Is’hoq Muhammad ibn Amir (Kabir) al-Marg‘inoniy fozil kishilar jumlasidan edi. Samarqandda yashagan va shu yerda dars bergan. Undan Mahmud ibn Abdulloh al-Jurjoniy dars tinglagan. U haqda Abu Hafz Umar an- Nasafiy rivoyat qilgan. Samarqand jome’ masjidida juma kuni munozarada gapirib bo‘lgandan keyin vafot etganda, u ro‘zador edi. Bu voqea shavvol oyining 19- kuni 526 (31 iyul 1132 yil) sodir bo‘lgan. Uning jasadi uyiga olib ketilgan va shanba kuni imomlar ko‘miladigan Chokardiza qabristoniga dafn etganlar”.1 Shuni aytib o‘tish kerakki, Chokardiza qabristoniga Samarqandda yashab o‘tgan o‘z davrining buyuk allomalarining aksariyati dafn etilgan edi.
Imom Abul Hasan al-Marg‘inoniy ham mashhur imom ulamolardan bo‘lib, zohidlik va hikmat, hamda malih, latif she’rlar yozgan va bu she’rlar yurtma- yurt odamlar orasida og‘izdan-og‘izga ko‘chib yurgan. U Ahmad ibn Muhammad ibn Ahmaddan rivoyatlar qilgan va Muhammad ibn Yusuf al-Aziziyning do‘sti bo‘lgan. U haqda Abdurazzoq ibn Ma’sud rivoyat va she’rlar to‘plagan. U haqda sharqshunos O.Qoriev jumladan shunday yozadi: “Abu-l-Hasan Nasr ibn al- Hasan al-Marg‘inoniy mashhur imom va ulamolar sirasidan. Zuxd va hikmat mavzusida ajoyib she’rlar bitgan. Ulamolardan hadis eshitgan va ulamolar undan hadis rivoyat ham qilishgan”
Ta’kid joizki, Abul Hasan Marg‘inoniyning she’rlari asosan arab tilida yozilgan. Shu bois Boharziyning (1075 yilda vafot etgan) shoirlar tazkirasidagi nomlari zikr etilgan 22 nafar arabiy zabon shoirlar orasida uning ismi ham tilga olingan va she’rlaridan namunalar keltirilgan. Agar Boharziyning XI asrda yashaganligini inobatga olsak, Abul Hasan Marg‘inoniy u bilan zamondosh ekanligi ma’lum bo‘ladi. Agar Abul Hasan Marg‘inoniy avvalroq yashaganida uning vafot etgan yili ham ko‘rsatilgan bo‘lar edi. Aniqroq qilib aytsak, Boharziyning shoirlar tazkirasi yozilgan vaqtda Abul Hasan Marg‘inoniy hayot bo‘lgan2.


1 Najmuddin an- Nasafiy. Samarqandiya... – B. 239.
2 Musaev O. Abu Xasan al-Marginani – predstavitel araboyazыchnoy poezii Sredney Azii XI veka. SNTTGU, №497. Vostokovedenie. T., 1977. S. 85.
“Almuto” kitobini yozgan faqih al-Hasan ibn Ali ibn Abdulaziz al Marg‘inoniy( 1203 yil) ham marg‘ilonning mashhur alamalaridan biri bo‘lgan.1 Vasiyatlar haqidagi kitobning muallifi ham faqih Shoh Vali Marg‘inoniy bo‘lib Samarqandda yashagan2.
Tojimuhammad Foziljon o‘g‘lining keltirgan ma’lumotlariga ko‘ra, islom olamida butun oilalari bilan tanilib mashhur bo‘lgan va o‘zlaridan keyin yirik asarlar qoldirgan marg‘ilonlik allomalar quyidagilardir:
Sadrlar oilasidan chiqqan faqix Hisom ad-in as-Sadr ash-Shahid al- Buxoriy al-Marg‘inoniy Buxoroda hokimlik darajasiga ko‘tarilgan qoraxitoylar bilan Samarqanddagi Qatvon dashtida bo‘lgan jangda 1141 yili shahid bo‘lgan. Ul zot yigirmadan ortiq asarlar muallifidir. Toj-ad-din Ahmad as-Sadr as-Sa’id al Buxoriy al-Marg‘inoniy alloma islom olamida mashhur. Lekin uning hozirgacha biror asari aniqlanmagan. Burhoniddin Marg‘inoniy o‘zining mashhur ustozlari qatorida allomaning ismini ham keltirib o‘tadi.
Zahiruddin al-kabir Ali in Abdulaziz al-Marg‘inoniy mozori Marg‘ilon shahrining Mashad mahallasida joylashgan3. Sharqshunos O.A.Qoriev u haqda jumladan quyidagilarni keltiradi:
“Al-Hasan ibn Ali Zahiruddin al-Kabir ibn Abdulaziz al-Marg‘inoniy (vaf. XII asr). Fiqh ilmining Zahiruddin Abu-l-Mahosin nomi bilan tanilgan namoyandasi. Bu zot faqih va muhaddis bo‘lib, shu ilmlarning mintaqada ravnaq topishi va tarqalishiga katta hissa qo‘shgan. “Kitob al-Aqdiya” (Qozilik haqidagi kitob), “Kitab ash-Shurut” (Shartlar bayoni haqidagi kitob), “Kitob al- Fatovo” (Fatvolar kitobi), “Kitob al-Favaid” (Foydali narsalar haqidagi kitob) va boshqa asarlar muallifi bo‘lgan. Allomaga Abdulaziz ibn Umar ibn Moza, Shamsulaimma Mahmud al-O‘zgandiy, Zakiyuddin al-Xatib Mas’ud ibn al-Hasan al-Koshoniylar ustozlik qilgan. Shogirdlari qatorida esa Iftixoruddin Tohir, Zahiruddin Muhammad ibn Ahmad, Faxruddin al-Hasan ibn Mansur al-O‘zgandiy kabi taniqli faqihlar bo‘lganlar. Allomaning oila a’zolari ichidan ham ko‘plab islom olimlari yetishib chiqqan”4.
Imom Zahiruddin to‘g‘risida Shayx al-Laknaviyning (vafoti 1304 yil) “al- Favoid ul-bahiya fi tarojimil hanifiya” nomli kitobida ham ma’lumotlar keltirilgan: “Al-Hasan ibn Ali Zahiriddin al-Kabir ibn Abdulaziz al- Marg‘inoniy “Zahiriddin Abulmaxosin” nomi bilan mashhur bo‘lib, u Burhoniddin al-Kabir Abdulaziz ibn Umar ibn Moza, Shams al-Ayma Muhammad al-O‘zjandiy va Zakiyuddin al-Xatib ibn Hasan al-Koshoniylardan fiqh ilmini o‘rgandi. Undan bo‘lsa, singlisining o‘g‘li, “al-Xulosa” kitobining muallifi Zahiriddin Muhammad ibn Ahmad al-Buxoriy va Fahriddin al-Hasan ibn Mansur al-O‘zjandiylar fiqh ilmini o‘rganganlar.


1 Sobranie Vostochnыx rukopisey Akademii Nauk. Tom VIII. T.: Izdatelstvo Akademii Nauk, 1967. S. 264.
2 Sobranie Vostochnыx rukopisey Akademii Nauk. Tom VIII. T.: Izdatelstvo Akademii Nauk. 1967. S. 457.
3 Dala tadqiqotlari. 2005 yil. Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri, Mashad mahallasi.
4 Qoriev O.A. Farg‘ona fiqh maktabi va Burhoniddin al-Marg‘inoniy... – B.58.
Al-Hasan al Marg‘inoniy ibn Abdurazzoq Zahiriddin al-Kabir al - Marg‘inoniy fiqh ilmini otasi Abdulaziz ibn Abdurazzoqdan, as-Sayyid ibn Mujoo Muhammad abn Ahmad ibn Hamzadan, Burhoniddin al-Kabir Abdulaziz va boshqalardan o‘qib o‘rgandi. U ona tomonidan “al-Xulosa” kitobining muallifi Tohir ibn Ahmadning otasi Qavomuddin Ahmad ibn Abdurashidlar fiqh ilmini o‘rganganlar. “Al-Javohir ul-Mu’jizi” (Nurli javohirlar) kitobida yozilishicha, u sunnat ilmi fozillaridan biri Fahruddin Qozixoning ustozi bo‘lgan. U 506 (1112) yilda olamdan o‘tgan.
Abdulloh ibn Ali ibn Soin ibn Abduljalil ibn al-Xalil ibn Abu Bakr al-Farg‘oniy Abu Bakr ibn Abu-l-Hasan ibn Abu Bakr (551/1156- 616/1220)-marg‘ilonlik yirik faqih, Samarqandda istiqomat qilib, imom xatiblik vazifasida bo‘lgan. Bag‘dodga 600/1204 yilda haj safaridan qaytib kirib kelgan.U yerda Abu Ahmad al-Amin, Abu Muhammad ibn al- Ahdar, Abu- l-Qosim ibn al-Hasin va Abu G‘olib ibn al-Banna, Abu Bakr al-Ansoriy va boshqalardan hadis eshitib, o‘z qo‘li bilan yozib borish bilan bir qatorda movarounnahrlik ulamolardan olib kelgan qirqqa yaqin hadisni rivoyat qilgan1.
Alloma o‘z mazhabining yirik imomi, jadal, xilof va hadis ilmlari, tilshunoslik, nasr va nazm bobida tengi yo‘q bilimdon olim bo‘lgan. Manbalar uni xushsuratli, go‘zal axloqli, taqvodor va tavoze’li inson bo‘lganligi haqida xabar beradi. Bu zot islom ilmlari qatorida nazm va nasrda ham sermahsul ijodkor bo‘lgan. Shunga qaramay, olim ilmiy merosi hali aniqlanib tadqiq qilinmagan. Olim Buxoroda tutqinda shahid bo‘lgan2.
Alloma Mahmud ibn Tojuddin Ahmad al-Marg‘inoniy (1156-1219)ning o‘nga yaqin asarlari mavjud bo‘lib, ular ichida “Al-Muhit al-Burhoniy” asari islom olamida juda mashhurdir.
“Tazkira-al Atqiyo” asarining muallifi Muhammad Amin ibn Muhammad Azim al-Marg‘inoniy mo‘g‘ullar istilosi davrida shahid bo‘lgan.
Homid ibn Qosim al-Marg‘inoniy allomaning ruh tarbiyasiga oid “Jome’ al-Haqiyqa” asari mavjud bo‘lib, 1130 yilda vafot etgan. Ahmad Nosiriddin al-Marg‘inoniy tasavvuf shayxlaridan bo‘lganlar. Tabaqot asarlarida ul zotning nomi Shayx Amir Ahmad nomi bilan zikr qilinadi.
Mo‘g‘ullar davrida yashagan va ijod qilgan yana bir marg‘ilonlik alloma bu Muhammad ibn Muhammad al-Marg‘inoniy bo‘lib, ul zot 1326 yilda vafot etgan. U fiqh va adabiyot sohasida zamonasining mashhur olimlari darajasiga erishgan edi. Laknaviy Muhammad al-Marg‘inoniyni o‘z zamonida dunyodagi jamiki ilmlarning sarvari bo‘lgan deya uning bilimiga yuksak baho bergan edi. Muhammad al-Marg‘inoniy “Sharh al jami’ ul kabir”, “Nazm al jami’ ul kabir” singari asarlarning muallifi bo‘lgan.


1 Qoriev O.A. Farg‘ona fiqh maktabi va Burhoniddin al-Marg‘inoniy... – B.61.
2 O‘sha asar. – B.62.



Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling