Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- KULOLChILIK .
g‘o‘zasini topmoq (qiyin) emas. Odamlari butunlay paxtadan kiyim kiyishadi. (Samarqand ahli) oq ranglik kiyimni hayotning, qora ranglik kiyimni o‘lumning belgisi deb qaraganliklaridan hammasi oq kiyim kiyishadi.
Samarqandning g‘arbidan 600-700 chaqirim yiroqda Buxoro shahri bo‘lib, yeri unumdor, mahsuloti nihoyatda ko‘p, hamda shaharlari ham Samarqandagidan ko‘proq”1. Ikkinchi asar Li Chijichonga tegishli bo‘lib “Avliyo Chu Chujanning g‘arbga sayohati” deb nomlanadi: “11 oyning 18 kuni daryodan o‘tib, Samarqandning shimoliga keldik… Sharqi- shimoliy darvozadan o‘tib shaharga kirdik. Shahar daryo bo‘yiga joylashgan. Shaharda yoz va kuz kunlari yomg‘ir yog‘mas ekan. Shahar xalqi ikki daryoni suvining suvini shaharga olib kelib hammalari ko‘chadagi ariqlardan foydalanadilar. Sulton hukmronligi tanazzulga yuz tutmagan zamonda shaharni 10 tumandan ortuq (hududi) bor ekan. Shahar vayronchilikka uchragandan keyin ularning... biri qolibdi... Bu yerda o‘rmonlar bir-biriga tutashib ketgan bo‘lib 100 chaqirimdan oshadi… Movarounnahrning tuprog‘i unumdor bo‘lib, ziroat yetishtirishga nihoyatda mos keladi. Faqat qora bug‘doy va mosh yetishtirilmaydi. 4 – oyning o‘rtalarida bug‘doy pishadi. (Samarqandliklar) bug‘doylarini yig‘ib... lozim bo‘lganda ishlatadi”2. Yelyuy Chu Soy 1219 yili Chingizxonga ergashib G‘arbga kelib, 1224 yilda Sharqqa qaytgan edi. U safari chog‘ida bir muncha uzoq vaqt Samarqandda turgan va u yerning tabiat manzarasi va aholisi turmushini o‘zida aks ettirgan ko‘plab she’rlar yozib qoldirgan bo‘lib “Chanran chushi asarlari” da saqlanib qolgan. “G‘arbga sayohat xotirasi” 1229 yili yozilgan. Avliyo Chu Chuji farmonga binoan Chingizxon bilan ko‘rishish uchun g‘arbga borgan bo‘lib, Li Chijichon uning shogirdi sifatida unga hamrohlik qilgan. Ular Samarqandda bir yilga yaqin turib 1223 yili yurtiga qaytib kelganlar. “G‘arbga sayohat” 1228 yildan 1230 yilgacha bo‘lgan oraliqda yozilgan. Bu ikki asar ba’zi o‘xshashliklarga ega. Birinchidan, har ikki asarning mualliflari shu holatlarni boshidan kechirgan bo‘lib, ko‘rgan-kechirganlarini yodga olib yozganlar. Ikkinchidan, mualliflar Movarounnahrga borganlarida Qoraxoniylar sulolasining tanazzulga yuz tutganiga xali uzoq vaqt bo‘lmagan, ya’ni oradan hali 10 yil ham o‘tmagan edi. Shuning uchun ular keltirgan ma’lumotlar ishonchli bo‘lishi bilan birga bir-birini to‘ldiradi. Shunday ekan yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib quyidagicha xulosa chiqarsa bo‘ladi: Birinchidan, Movarounnahr hududida taraqqiy topgan suv inshoot qurilmalari bo‘lgan... Bu esa Qoraxoniylar sulolasi davrida suv inshooti qurilmalariga katta ahamiyat berilganligini anglatadi. Chunki Xorazm shohi Movarounnahrda bir necha yil hukmronlik qilgan bo‘lsa ham bu vaqt ichida mamlakatdagi barcha suv inshootlari qurilishlarini to‘liq amalga oshirishi mumkin emas edi. Qolaversa, mazkur suv inshootlari mo‘g‘ullar bosqinidan 1 Qoraxoniylar tarixidan bayon... – B.252-253. 2 O‘sha asar. – B. 254. keyin ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va ulardan bog‘larni sug‘orishda, shahar aholisini suv bilan ta’minlashda foydalanib kelingan. Ikkinchidan, bog‘dorchilik nihoyatda taraqqiy etgan. “Shahar atrofini bir necha o‘n chaqirimgacha bog‘lar o‘rab turgan”, “shaharni g‘arbida bog‘lar – biriga tutashib ketgan bo‘lib, 100 chaqirimdan oshgan” singari jumlarlar fikrimizning yaqqol ifodasidir. Barchamizga ma’lumki, katta bog‘lar 8–10 yil ichida barpo bo‘lib qolmaydi. Uning ustiga bu bog‘lar manbalarda ta’kidlanganidek shahar atrofida necha o‘n chaqirimgacha cho‘zilgan va bir–biriga tutashib 100 chaqirimdan ham oshib ketgan. Bundan ko‘rinadiki dehqonchilik madaniyati Qoraxoniylar sulolasi vaqtida ham o‘zining rivojlangan davrini boshidan kechirgan edi. Uchinchidan, bu davrlarda g‘allachilik ham rivojlangan. “Movarounnahning yeri nihoyatda unumdor bo‘lub, ziroat yetishtirishga mos keladi”, “Erdan taxminan ikki marta atrofida hosil olinadi. Oshliq ziroatlardan tariq, guruchdan boshqalarining hammasi yetishtiriladi” singari jumlalarga e’tibor beraylik. Modomiki urush vaqtida ham dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish mana shunday darajada yuqori bo‘lgan ekan, Qoraxoniylar sulolasi davrida dehqonchilik naqadar rivoj topganligini tasavvur qilish qiyin bo‘lmasa kerak. Dehqonchilik mahsulotlarini mo‘lligini ta’minlash uchun yerning unumdorligi, suvning yetarli bo‘lishi va yerga kerakli darajada ishlov berishni taqozo etgan. Ya’ni, bu sohadagi boy tajriba va ma’lum bir mablag‘ miqdori ham shart edi. Shunday ekan Qoraxoniylar sulolasi davrida dehqonchilik izchil rivojlangan deyish mumkin. To‘rtinchidan, yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, uzum, qovun-tarvuz singari poliz ekinlarini yetishtirish ham yaxshi bo‘lgan. Binobarin, “Uzum, qovun-tarvuz nihoyatda mo‘l”, “qovunning kattaligi otning kallasidek keladi”, “nihoyatda shirin” singari jumlalar poliz va uzumchilikni rivojlanganligidan dalolat beradi... Yuqorida keltirilgan tahlillarga asoslanib shuni aytish mumkinki, Qoraxoniylar sulolasi davrida Movarounnahrda dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq hamda shaharsozlik singari sohalarda taraqqiyotga erishgan. Hech bo‘lmaganda Somoniylar sulolasi davriga nisbatan rivojlanish ortga ketmagan1. Ma’lumki, IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati ilm- fani va ijtimoiy turmushida yangi taraqqiyot yo‘nalishi ochilib, dunyo sivilizatsiyasiga ulqan hissa qo‘shgan olimlarning soni ortib bordi. Aniqlar fanlargina rivojlanib qolmasdan ijtimoiy, diniy-falsafiy fanlar ham o‘z taraqqiyot cho‘qqisiga ko‘tarildi. Mazkur holat xalq turmushi va milliy hunarmandchilikning ham rivojlanishida ham ko‘zga tashlanadi. Farg‘ona vodiysida yuqorida nomlari tilga olingan shaharlarning barchasida hunarmandchilik yuqori darajaga ko‘tarilgan edi. Ular orasida 1 Qoraxoniylar tarixidan bayon... – B.253. Axsikent, Qubo, Marg‘ilon, Koson, O‘sh, O‘zgand, Rishton, Pop va boshqa shaharlarda o‘ziga xos hunarmanchilik maktablari vujudga keldi. KULOLChILIK. Somoniylarda bo‘lgani kabi Qoraxoniylar sulolasi davrida ham kulolochilik o‘zining rivojlangan davrini boshda kechirishda davom etgan1. Buning o‘ziga xos bir qancha omillari mavjud bo‘lib, shulardan biri musulmon ahlini sopol idishlarda taom tanovvul qilishi lozimligi hadislarda ham o‘z ifodasini topgan edi. Shu sababdan Movarounnahrda sopol idishlarga o‘zgacha munosabatda bo‘lib kelganlar. Movarounnahr kulolchiligining bu davrlarda naqadar taraqqiy etganligi sabablari xususida misrlik olim doktor Kavsar Abul Futuh al-Laysiy shunday yozadi: “Kulolchilik ilm-fan, madaniyat va san’at taraqqiyotining bosqichlarini Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling