Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Jangchilar kiyimi bilan bog‘liq atamalar


Download 1.2 Mb.
bet111/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Jangchilar kiyimi bilan bog‘liq atamalar:


Ashuq – temir qalpoq dubulg‘a. Ostam – kamar.


Qazish – hayvon terisidan qirqib ishlangan qayish kamar .


  1. Jang qurollari bilan bog‘liq atamalar:


Tolum – urush quroli. Bukda – xanjar.


Kesma – eni ensiz uzun nayza.
Koba jaruq – temirdan qilingan ko‘ylak2.
Tura – tura qalqan – dushmandan saqlanish uchun yopinchiq o‘rnida qo‘llaniladigan qalqon, sipar
Quri – temirdan qilingan uch butoqli bir xil jang asbobi (qipchoqlar tilida).
Basu – to‘qmoq. Bir tilda. Songo – nayza.
Shebin –yo‘g‘on temir so‘yil (chigilcha) 3. Qatutlug oq – tig‘i zaharlangan o‘q4.
Oqluq – o‘q solinadigan asbob. Sog‘doq Il kokan – o‘q, yoy 5.
Chirguj – o‘q temirning qalin shishgan joyi.
Sapladi – er qilich sapladi – odam qilichning dastasiga kumush yoki temir o‘rnatilgan sop yasadi 6.
Ol oq joklatti – u o‘qqa pat taqtirdi7.
Ekdo – qilich qini va bunga o‘xshash narsalarni o‘yish uchun qo‘llanilgan pichoq.
Chigilwar oqi – kichik, kalta o‘q.
Qugush – o‘q yasovchilarning o‘q o‘rnatadigan yog‘ochi.


1 Ivanov G.P. Qadimgi Quva shahri...–B.90.
2 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 97, 131, 350, 377, 395, 407.
3 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. III tom...– B. 240, 242, 243, 379, 381.
4 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. II tom...– B. 328.
5 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 126, 392.
6 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. III tom...– B. 259, 311.
7 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. II tom...– B. 411.
Soqim –yog‘ochni archa bujuri shaklida qirqib olib, ichini o‘yiladi va uch tomonidan teshib o‘qlarning ustiga kiygiziladi, shunda o‘q uchgan vaqtda hushtak chaladi.
Churam – yengil o‘q bilan otish. Bu oddiy bir o‘q otilishidan uzoqroqdir. O‘q uzoqroq borsin uchun kishi uni chalqancha yotib otadi, bu xilda otilgan o‘qqa churam oqi–deyiladi.
Qamchi – qamchi, qilichlik qamchi, ichida qilichi bor qamchi. Baldu – bolta.
Tugru – qilich, pichoq, xanjar dastalariga kirgiziladigan bandlari. Qalwa – temirsiz, uchi dumaloq yog‘ochdan qilingan o‘q.
Batraq – uchiga maxsus ipaklik osilgan yog‘ochki askar jangda shu bilan o‘zini belgi qilib oladi.
Bashaqlig sono – tishli nayza, temirli o‘qqa ham bu so‘z qo‘llaniladi1.
O‘quvchilarimizga ma’lumki o‘zbek xalq ertaklarida jangchi bahodirlar safarga ketganlarida ularning yaqinlari bahodirning uyda qoldirgan qilichidan ko‘zlarini uzmaganlar. Agar uning qilichini zang bosa, yoki qilichdan qon tomsa, demak bahodir jangchining hayoti qil ustida turganligidan xabar topganlar. Masalan, “Bektemir botir” ertagida Bektemir botirning uyida qoldirgan qilichidan qon tomganini ko‘rgan onasi yig‘i solib, motam tutadi2. “Qilich botir”, ertagida bo‘lsa, zanglab qolgan qilichi charxlangach, jonsiz yotgan Qilich botir shu zahoti o‘rnidan turadi3. Chunonchi, Mahmud Qoshg‘ariyga ko‘ra, turkiy xalqlarda xuddi ertaklardagi kabi temirga nisbatan turli qarashlar mavjud bo‘lgan. Bu jangchilarni temir bilan qasamyod qilganliklarida o‘z ifodasini topgan.
“Temur – temir, kok temur kero turmas – ko‘k temir bekor turmaydi, yetgan joyini yaralaydi. Buning boshqa bir ma’nosi ham bor. Qirg‘iz, yaboqu, qipchoq, va boshqalar biror kishiga qasam ichirganda yoki undan biror narsa va’da olganda, qilichni uning oldiga ko‘ndalang qo‘yib: kok kirso‘n, qizil chiqsun deydilar, ya’ni va’da buzilsa, bu ko‘k kirsin, qizil chiqsin, ya’ni qonga bellanib chiqsin. Bu ahd buzilsa, temir seni o‘ldirsin, o‘ch olsin demakdir. Chunki ular temirni hurmat qiladilar”.
Bunday ahdlashuvlar keyinchalik Markaziy Osiyo xalqlarida Hazrat Alining afsonaviy qilichi zulfiqor bilan almashgan ko‘rinadi. Chunki, qadimda kishilar “Ahdini buzsam, yoki va’damga vafo qilmasam illoyo Alini tig‘iga uchrab juvonmarg bo‘lay” deya so‘z berganlar.
Mahmud Qoshg‘ariyga ko‘ra, boshdan-oyoq qurollangan kishi – tulumlug er4. deb atalgan. Bahodir jangchilar jangga kirishdan oldin o‘zlarning botirlik


1 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 131, 155, 350, 378, 391, 395, 397, 402,
432, 457.
2 Bektemir-batыr. Skazochnik Mamayusuf Baltabay-oglы // Uzbekskie narodnыe skazki. I. tom. T.: Izdatelstvo literaturы i iskusstva im. Gafura Gulyama, 1972. S.337.
3 Klыch-batыr. Skazochnik Yuldash Ganiev // Uzbekskie narodnыe skazki. I. tom. T.: Izdatelstvo literaturы i iskusstva im. Gafura Gulyama, 1972. S.241.
4 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 342, 458.
alomatlarini dushmanga ko‘rsatish uchun otining dumini ipak bilan o‘ragan bunday odat – alp er atin chermatti1 deb atalgan.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki turkiy xalqlarning ayovsiz janglardagi muvafaqiyatlari bir jihatdan ularni zamonasining ilg‘or temir qurollarga ega bo‘lganliklari bilan ham bog‘liq bo‘lgan. Bu haqda Usmon Turonnnig quyidagi so‘zlarini qo‘shimcha qilmoqchimiz:
Turklarning tarix maydoniga jahon hokimyati mafkurasi bilan chiqishlaridagi dastlabki omil ma’naviy emas, balki askariy quvvat edi. Moddiy sohada ko‘zga tashlangan avvaliy unsur – ot. Darhaqiqat, otdan birinchi bo‘lib jang vositasida foydalanish va o‘qchi suvori qo‘shinlarini vujudga keltirish Markaziy Osiyo vohalaridagi Turklarning ijodidir. Shundan keyin ularning harbiy ustunliklari ham to‘la ta’minlangan. Darhaqiqat turklar birinchi bo‘lib egar- jabduq, uzangi va tizgin kabi anjomlarni kashf etganlar. Shu bilan birga, suvori uchun mo‘ljallangan cholvor, belbog‘ va oyoq kiyimning ijod etilishi ham turklar bilan bog‘liq. Shu paytga kelib, uzun qilichdan foydalanishgan. Ko‘rinadiki, ot va qurol turklarning qo‘shin quvvatini ortirib, dunyo hokimyati da’vosiga doxil etgan”2.
“Devonu lug‘otit turk”da bayon etilishicha turkiy xalqlarining jangchilari urush kunlarida jang belgisi tarzida ipakli narsa yoki yovvoyi sigirning dumini bechkam ya’ni belgi, nishon sifatida taqib olganlar. O‘g‘uzlar bunday belgini parcham deb ataganlar3.“
Devonu lug‘otit turk”da shuningdek turkiy xalqlarning jangdagi mahorati va ularning qay tarzda g‘alabaga erishganliklari haqida qiziqarli ma’lumotlar hikoya qilinadi.
“Boka – katta uzun ilon... Yaboqularning eng ulug‘ kattalarini bu so‘z bilan Bo‘ka budraj deb atalgani kabi, ba’zi bahodirlarni bu so‘z bilan ataydilar. Yaboqular yetti yuz ming askar blan qirq ming askarga ega bo‘lgan Arslon Tegin G‘oziyga qarshi qattiq jangda Xudo ularni mag‘lubiyatga uchratdi. Mahmud Qoshg‘ariy aytadi: men bu jangda ishtirok etganlardan: kofirlar shuncha ko‘p bo‘lgan holda nega yengildi.?– deb so‘radim; urushda kofirlar shuncha ko‘p bo‘lgan holda nega qochishdi?– dedim. U aytdi: biz ham bunga hayron qoldikda, kofirlardan so‘radik, ularga shuncha ko‘pchilik bo‘la turib, qanday qilib yengildingizlar, dedik. Ular aytdilar: jang nog‘orasi chalinib, hamla boshlangach, boshlarimiz tepasida osmonni to‘sib turgan turgan yashil tog‘ni ko‘rdik. Uning sanoqchiz eshiklari bor edi, har bir eshik ochiq edi. U yerdan bizga do‘zax o‘tlarini yog‘dirishar edi. Biz undan xavda qoldik, sizlar yendingizlar. Bu payg‘ambarning musulmonlar himoyasi yo‘lidagi mo‘jizalaridandir, dedim”4.
Eran arig urpashur, Ochin kekin irtashur, Saqal tutub tartishur,


1 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. II tom...– B. 402.
2 Usmon Turon. Turkiy xalqlar mafkurasi...– B. 90.
3 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. I tom...– B. 446.
4 Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. II tom...– B. 247.
Koksi ara ot tutar.



Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling