Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet109/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Quvada o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida ko‘plab nodir vanafis shisha buyumlar yig‘imi qo‘lga kiritildi. Bu shisha buyumlar rangi, shakli jihatidan xilma-xildir. Ular nihoyatda yupqa ishlangan qadah, atar sepkich, mushk-anbar taratgich, qon bosimini tushirgich-alambika, grafin, atir-upa idishlari, tibbiyog kolbalaridir. Bular ichida atir sepkich juda noyob bo‘lib, ulardan bizga ma’lumlari Qozog‘iston, Axsikent


1 Sheffer E. Zolotыe persiki Samarkanda. Kniga o chujezemnыx dikovinax v imperii Tan. M.,1981. S.312.
2 Ivanov G.P. Qadimgi Quva shahri // Farg‘ona vodiysining qadimiy shaharlari. T.,2008. – B.89-90.
va Moskvadagi Sharq xalqlari tarixi muzeyida saqlanadi. Bu idish nimaga atir sepgich bo‘lib xizmat qilgan? Gap shundaki, ota-bobolarimiz yuksak madaniyatli bo‘lib, hozirgi fransuz atir-upalaridan qolishmaydigan xushbuy suyuqliklar ishlab chiqarishgan va idishga solib mehmonxonaga qo‘yib qo‘yganlar. Yoki bo‘lmasa Quva shisha buyumlari ichida alambika deb ataluvchi, bemorning qon bosimini tushiradigan tibbiy asbobni olaylik. Uning ishlash usuli, foydalanishda qulayligi bilan hozir ham tibbiyot xodimlarini hayratga solsa, ajab emas. Chunki qon bosimini tushirish uchun qon olishda oddiy bo‘lib, qancha qon olinayotganligini bemor ham, tabib ham ko‘rib turgan. Qubo ustalari ishlagan shisha buyumlar shakli, bezalishi, rango-rangligi va nafisligi bilan hali xanuz odamlarni hayratda qoldiradi. Ustalar nafaqat maishiy sohalar uchun, balki qurilish oynalari ham ishlab chiqarishgan. Ular yasagan oynalar, derazalar, tuynuklarga qo‘yilgan bo‘lib, qora ranglilari ham uchraydi. Markaziy Osiyoning yoz iqlimi sharoitida qoraytirilgan oynalarga bo‘lgan ehtiyoj nihoyatda yuqoriligi ma’lum. Hozirda chet ellardan keltirilayotgan qoramtir deraza oynalari O‘zbekistonda bundan roppa-rosa ming yil oldin ham ishlanganligini quruvchilar bilarmikanlar?” 1.
TEMIRChILIK. Tarixdan ma’lumki turkiy xalqlar hunarmandchilikning ayrim sohalari, masalan, temirchilik bilan qadimdan shug‘ullanib kelganlar va temirchilarni inson aqlini hayratga soluvchi insonlar sifatida e’zozlaganlar2. Bu haqda Yusuf Xos Hojib shunday ta’rifni keltirib o‘tadi:
Temurchi, etukchi yana qirmachi,
Ya sirchi, bedizchi, ya o‘qchi, yachi.

Bu dunya etigi bulardin turur, Ajunda tang ishlar bulardin turur.


Mazmuni:



Temirchi, etikchi-kosib, duradgor, Suvoqchi, bo‘yoqchi, o‘q-yoychi me’mor.

Olamning bezagi shularda bo‘lar, Ajib barcha ishlar shulardan kelar3.


Qoraxoniylar davlati tashkil topishida muhim rol o‘ynagan qarluqlarni temirchilik borasidagi mahorati haqida akademik Karim Shoniyozov shunday yozadi:


Qarluqlar temirchi ustalarining mahsulotlari bozorga chiqarilgan. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, ustalar o‘z xo‘jaligini yoki qishloq aholisining ehtiyojlarini qondiradigan kosiblar bo‘lib qolmasdan, balki bozor uchun ham mahsulot
1 Matboboev B. Qadimgi Quva (Qubo)... – B.63-64.
2 Lipes R.S. «Mech iz redkostonoy bronzы…» (Otgoloski epoxi osvoeniya metallov v tyuko- monglskom epose) // SE. M., 1978. № 2. S.117.
3 Karimov Q. Ilk badiiy doston... 84-85.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling