Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Ikki tomondagi yon qo‘shnimizning kulol ekanligi to‘g‘risida yuqorida zikr qilingan edi. Goho bulardan, ayniqsa, Mirqayyum kulolning oldiga kirib, uning hunarini “tomosha” qilishni yaxshi ko‘rar edim. Mirqayyumning aytishiga qaraganda, uning otasi, bobosi, hatto, bobosining bobosi ham kulol o‘tgan. Darhaqiqat, kulolchilik g‘oyat qadimiy hunarlardan biri bo‘lib, tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, uning charxlik dastgohi Markaziy Osiyoning janubida eramizdan ilgarigi ikki minginchi yil boshida mavjud bo‘lgan.
Kulolning dastgohi tepada bir tuynukchasi bo‘lgan qorong‘i uyga o‘rnatilgan edi. Dastgohning o‘zi esa yog‘ochdan qilingan va o‘zaro ma’lum masofada turgan ikkita charxdan va ularning markazlaridan tikka bo‘lib o‘tgan o‘qdan iborat. Uning ostidagi katta charx oyoq bilan aylantirilsa, ustidagi kichik charx ustiga qo‘yilgan loy ham aylanar va kulol ikki qo‘li bilan ushlab turib, unga istalgan shakl berardi. Dastgoh charxini yalang oyoq bilan aylantirish shart bo‘lgani uchun, hatto, qish kunlarida ham kulol yalang oyoq ishlar edi (faqat bunday hollarda loyga isitilgan suv qo‘shilardi). Kulolga uning hunari to‘g‘risida men ko‘p savol berar edim va u ishlab turgan holda erinmasdan menga javob qaytarar va kiziq, ibratli hikoyalar aytib berar edi. Mana, shulardan, xususan, ushbu hikoya hech esimdan chiqmaydi: Yosh yigit bir kulolda ko‘p yillar shogird bo‘lib ishlagan. Nihoyat kulolchilik hunarini egallagandan keyin, ustaning fotihasini olib, o‘zi mustaqil kulollik qila boshlagan. Biroq xuddi ustadan o‘rgangan tarzda ishlasa-da, uning mahsuloti ustanikidek bo‘lmagan. Oxiri bir kuni ustozining oldiga kelib, unga voqeani aytib beradi. Shunda ustozi shogirdidan: Qani, qiladigan ishlaringni menga birma-bir aytib bsrchi, – deydi. Shogirdi javob bera boshlaydi: Oldin loy qilaman. Yaxshi! Undan keyin nima qilasan? Keyin yaxshilab loyni oyoq bilan pishitaman. Yaxshi! Undan keyin nima qilasan? Loy yetilgandan keyin, undan idish yasay boshlayman. Juda yaxshi! Undan keyin nima qilasan? Ularni quritish uchun oftobga olib chiqib, terib qo‘yaman. Yaxshi! Undan keyin? Ular yaxshi qurigandan keyin tarashlab, silliqlayman. Yaxshi! Undan keyin nima qilasan? Xumdonga solib pishiraman. Juda yaxshi! Undan keyin? Ular pishgandan keyin xumdondan olib, yana ochiq havoga chiqarib qo‘yaman. Yaxshi! Undan keyin? Shundan keyin gul (rang) bera boshlayman. Ana xolos! Axir, “puf” qolib ketibdi-ku! So‘zingizga tushunmadim, usta! Axir, sopolga rang berishdan oldin, uni puflab, changdan tozalash kerak edi. Ana shuni qilsang ishing joyida bo‘ladi! Haqiqatan ham, ustaning aytganini kilgandan keyin mahsulotning sifati yaxshilanib, ustozining mahsulotidek bo‘lgan. Demak, hamma gap “puf”da ekan. Shuning uchun bu voqeani bilganlar, odatda ishda biror nuqson bo‘lib qolsa: “Bunda biror “puf” yetmasa kerak”, deydilar. Xalqning “Chumchuqni so‘ysa ham qassob so‘ysin» degan maqoli tasodifiy emas. Hikoyadagi “puf” zohiran naqadar “mayda detal” bo‘lsa-da, lekin amalda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, chunki kulolchilik sharoitida sopolga doimo chang o‘tirib qoladi va u tozalanmasa, chang ustiga bo‘yoq yaxshi yopishmaydi”1. Qoraxoniylar sulolasi davridagi kulolchilik hunar-san’at jihatidan kamolotga yetibgina qolmasdan joylarda keng ko‘lamda ishlab chiqarilgan. Hatto shaharlardan juda uzoqda joylashgan tog‘lik hududlarda ham yaxshi ishlangan sopol buyumlarni uchratish mumkin. Bu holat hunarmandchilik sohasida ilgari kuzatilmagan edi deyish mumkin. Sirlanmagan sopol buyumlar ham bu vaqtlarda ko‘p ishlab chiqarilgan bo‘lib, g‘oyatda nafis buyumlar sanalar edi. Ular uy-ro‘zg‘ordagi “marosim buyumlari” ichida muhim o‘rinda turgan. Oddiy aholi turmushida keng qo‘llaniladigan sirlanmagan sopol buyumlar asosan g‘oz bo‘yin va noksimon ishlangan har xil katta-kichik sopol ko‘zalar edi. Ba’zi ko‘zlar aksincha maymoq-saymoq yasalishiga qaraganda bunday buyumlarni ishlashda kulollar metall buyumlarga taqlid qilgan bo‘lsalar kerak. Sirlanmagan sopol buyumlarning ba’zilariga naqshlar qolibni bosish orqali chiqarilgan. Sirlanmagan sopol buyumlardagi naqshlar xilma xil bo‘lib, geometrik nusxalar, islimiy va qushlarning nusxalaridan boshqa yana odam va mifologik qahramonlarning obrazlari ham mavjud edi. Bunday sopol buyumlarga tasvirlashni chizishda oddiy tashqi chiziq bo‘yicha bo‘laklarga bo‘lib tasvirlash usuli qo‘llanilgan. Yuqoridan pastga qarab birinchi bo‘lakka o‘xshash bir so‘z qayta-qayta tushirilgan. Ikkinchi bo‘lakka o‘simliklarning murakkab nusxas shakllari chizilgan. Uchinchi bo‘lakka uchinchi bo‘lakka yovoyi hayvonlarni ovlash tasvirlari chizilgan. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, hunarlar orasida albatta, kulolchilik yetakchi o‘rinda bo‘lib, sopol ishlash texnologiyasining turli yo‘llari qo‘llanila boshlangan. Bu davrdagi Farg‘ona sopollarida Shosh, Qashqar, Samarqand Yettisuv, Taroz hamda shimoliy-sharqiy o‘lkalardan kelgan qabilalarning ta’siri ham yaqqol sezilib turgan. Shunisi ajablanarliki, bu davr sopol idishlarida Somoniylar davr sopol idishlariga taqlid qilish odatidan voz kechilgan. Sopol idishlarda turli zoomorfik shakllar, o‘simliklar va mifologik mavjudotlarning tasvirini uyg‘unlashuvi, ranglarning turli tumanligi, mahsulot xom ashyosini turlicha tayyorlash usullari ko‘payib ketdi. Ayniqsa, ustalar o‘z mahsulotlarini ta’sirchan chiqishi uchun turli rivoyat va afsonalarni o‘zida mujassamlashtirgan rang- barang tasvirlar bilan bezashga katta ahamiyat qaratishgan. 1 T.N.Qori-Niyoziy. Hayot maktabi. T.: Fan, 1970. – B. 36-38. Axsikent va Qubo shaharlarida biz yuqorida aytib o‘tgan shaklli sopol idishlarni ko‘plab uchratish mumkin. Arxeologlarning ko‘plari aynan shu xususiyatlarga e’tibor qaratib, Farg‘ona vodiysida o‘ziga xos kulolchilik maktabi mavjudligini e’tirof etishadi. Hatto, sopoldagi tasvirlarning nafisligi, rang-barangligi va takrorlanmasligi bilan Farg‘ona sopollari nisbatan jozibaliroq ishlaganligini ta’kidlaydilar. Bu davrlarda kulolchilik charxi yordamida sopol idishlarning o‘nlab yangi shakllari ishlab chiqildi. Ayniqsa, kulrang sopollarning ko‘payishi bu davr uchun alohida xususiyatlidir. Suv saqlanadigan uncha katta bo‘lmagan xajmdagi ko‘zachalarni ishlashda aynan shu rangdagi loydan ko‘proq foydalanilgan. Oyoqli, jumrakli yoki jumraksiz ko‘zachalarga o‘yma, chizma va bo‘rtma tasvirlar tushirish, kulrang loydan foydalanish bu davrning usuli hisoblanadi. Bu davrida kulolchilikning taraqqiy etishi xususida akademik Karim Shoniyozov quyidagicha ta’riflaydi: “Ettisuvda IX—X asrlarda hunarmandchilikning boshqa sohalari, jumladan kulolchilik taraqqiy etgan. Bu asrlarda oyoq bilan aylantirib loyga ishlov berib idish yasashda ishlatiladigan dastgoh Yettisuvda keng qo‘llanilgan, bu esa o‘z navbatida ish unumini va ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilashga olib kelgan. Endiliqda ro‘zg‘or ashyolari; sopol tovoqlar va kosalar, tosh chiroqlar, ko‘za va boshqalar silliq va nafis ishlanadigan bo‘ladi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling